Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet9/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Тayanch iboralar


Vazifa, davlat, ijro etuvchi hokimiyat, ustuvorlik, hokim, sud, davlat tashkiloti, davlat boshqaruvi, Vazirlik Mahkamasi, vakolat.
Nazorat savollari

1. Respublikada jamoa tarzi nimalar asosida rivojlanadi?


2. Oliy Majlisning muhim vakolatlarini sanab o‘ting.
3. Respublika Prezidenti bo‘lib kimlar saylanishi mumkin?
4. Respublika Prezidentining muhim majburiyatlarini sanab o‘ting.
5. Respublika Sud hokimiyati qanday huquqlarga ega?


3 bob. MENEJMENТ NAZARIYASI
VA AMALIYOТINING RIVOJLANISHI

3.1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.


3.2. Menejmentning turli xorijiy maktablari.
3.3. Menejment nazariya va amaliyotini Rossiyada rivojlanishi.
3.4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.


3.1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi

Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo‘lgan boshqaruv mehnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asosini yaratilishida ehtiyoj o‘sishi yuz berdi.


Menejment nazariyasining asoschilari Тeylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo‘nalishi „klassik“ (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tad­qiqotchi Frederik Тeylorning xizmati katta.
Тeylor xizmat pog‘onasining barcha darajalarini AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmat­chisidan boshqaruvchisigacha bo‘lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondashishni qo‘lladi. Uning „Korxonani ilmiy boshqarish asoslari“, „Bosh­qarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari“, „Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish“ kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo‘yicha adabiyotlarning katta to‘plamiga asos soldi. Тeylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan tomonidan ishlangan sxemada o‘lda-jo‘lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan o‘ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida aniq, belgilangan bo‘lishi aks ettirilgan.
Тeylor kishining aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi to‘qqiz sifatga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan:
aql-zakovatga;
ma’lum ma’lumotga;
ish tajribasiga;
odobga;
g‘ayratga;
ziyraklikka;
halollikka;
to‘g‘ri fikr yuritishga;
yaxshi salomatlikka.
Shu bilan birga Тeylor bu sifatlarning barchasiga ega bo‘lgan kishini topish juda mushkul ekanligini aytgan. Ko‘pchilik faqat uchta sifatga ega bo‘ladi — ular oddiy ish haqi to‘lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to‘rttasiga ega bo‘lgan kishi nisbatan ko‘p haq to‘lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o‘zida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo‘lmaydi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan to‘qqiz sifatga ega bo‘lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Тeylor ayniqsa ish joylarini tashkil etish-u ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash, kishilarni to‘g‘ri tanlash va ishga qo‘yishga alohida ahamiyat berardi. U tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo‘yicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko‘rsatgan:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling