Farmatsevtika menejmenti
I QISM. MENEJMENТ NAZARIYASI ASOSLARI
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Menejmentning mohiyati va vazifalari
I QISM. MENEJMENТ NAZARIYASI ASOSLARI
1 bob. MENEJMENТ FANINING PREDMEТI, VAZIFALARI VA MAZMUNI 1.1. Menejmentning mohiyati va vazifalari. 1.2. Menejmentning predmeti va izlanish uslublari. 1.3. Kursning mazmuni va vazifalari. 1.1. Menejmentning mohiyati va vazifalari Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki — tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Mavjud sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyoti boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydi. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala bo‘lib iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish hisoblanadi. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog‘lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtayi nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan, chunki, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib, vijdonan va mas’uliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobiliyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs — ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga bog‘liq xolda uning shaxsiy manfaatlari har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilarning o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi manfaatlar ularning maqsadlari, mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va harakatlarini tartibga soladi. Bozor munosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o‘z-o‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo‘lishini ta’minlovchi takomillashgan xo‘jalik mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iborat. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling