Farmatsevtika menejmenti
Menejment predmeti va izlanish uslublari
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment predmeti
1.2. Menejment predmeti va izlanish uslublari
Har qanday fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug‘ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning ro‘y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilarning ilmiy va amaliy faoliyatini qanday amalga oshishini ko‘rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish hamda o‘rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim. Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonuniyatlari, tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuyini ifodalaydi, demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir. Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy elementlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi — dialektik uslub bo‘lib, u menejmentga o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi. Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqelik hodisalarini o‘rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo‘jalik mexanizmining barcha elementlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish va to‘liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar. Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to‘g‘ri bog‘lab qo‘llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo‘lishidan iboratdir. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling