Statistika pdf


Download 188.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.03.2023
Hajmi188.43 Kb.
#1297080
  1   2   3   4   5
Bog'liq
statistika




Mehnat bozori statistikasi
Reja:
1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.
2. Iqtisodiy faol va nofaol aholi. 
3. Korхona хodimlari tarkibi, soni va harakati ko‘rsatkichlari. 
4. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari. 
5.  Ish vaqti balansi. 


Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi
zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish,
kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda)
kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda
ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda
vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish
kuchiga ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat
qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga
bog‘liq.
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik,
ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi,
ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu
ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab
beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha
ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini
xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash
asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining
asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi:
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini
o‘rganish va tahlil qilish;
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘rganish;
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish
ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish;


- ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning
o‘zgarishini tahlil qilish.

Download 188.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling