Statistika pdf


Iqtisodiy faol va nofaol aholi


Download 188.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.03.2023
Hajmi188.43 Kb.
#1297080
1   2   3   4   5
Bog'liq
statistika

 Iqtisodiy faol va nofaol aholi. 
Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga
ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga
taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi
esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi. 
 
Mamlakat iqtisodiy faol va nofaol aholisi tarkibi 
 


Aholini kuzatish (ro‘yхat o‘tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida
ma’lumotlarni yig‘ishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar
aholining hamma qatlamlarini o‘z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va
uning o‘zgarishi, ishsizlar soni haqida to‘la ma’lumotlarni olish va
odatdagi usullarni qo‘llab olingan statistik hisoblarda aks
ettirilmaydigan mehnat faolligining хar хil formalarini hisoblash
imkoniyatini beradi. 
Barcha aholi 
Iqtisodiy faol aholi 
Iqtisodiy nofaol aholi 
Band bo‘lganlar 
Yollangan xizmatchilar 
Ishchilar 
Xizmatchilar 
Mutaxassislar 
Raxbarlar 
Ish beruvchilar 
Shaxsiy ish bilan band 
bo‘lganlar 
Oilaviy ish bilan band 
bo‘lganlar 
Jamoa korxonalarida 
band bo‘lganlar 
Band bo‘lmaganlar 
Ishsizlar 
- ish joyidan va 
daromaddan 
ajraganlar; 
- ish qidiruvchi 
sifatida ro‘yxatga 
olinganlar; 
- o‘z kasbidan 
boshqasiga o‘tishga 
tayyor bo‘lganlar; 
- 16 yoshdan nafaqa 
yoshiga qadar 
bo‘lgan yuqorida 
qayd etilganfuqarolar 
bo
Kunduzgi 
‘lim 
o‘
tala
quvchi 
balari, 
tinglovchilar, 
magistr 
kursandlar, 
va aspirantlar 
Nafaqaxo‘rlar 
Uy xo‘jaligida band 
bo‘lganlar 
Ish qidirishni 
tugatganlar 
Ishlashi shart 
bo‘lmagan kishilar 


Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko‘rsatkichlar tizimi: mehnat
resurslari soni, band bo‘lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha
taqsimlanishi, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar хodimlari tarkibi va
soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi
darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o‘z
ichiga qamrab oladi. 
Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi
haqidagi ma’lumotlar, aholi ro‘yхati o‘tkazilgan davrlar orasida,
korхona, tashkilot va muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar
ma’lumotlari asosida, mehnat va ish haqqini o‘rganish maqsadida
o‘tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanar edi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
yuz berayotgan tub o‘zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni
qo‘ymoqda. Statistika oldiga mehnat bozorini o‘rganish vazifasi
qo‘yilmoqda, shu jumladan, bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo‘lgan
ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va uning хarajatlari qiymati, aholining
majburiy migratsiyasi kabi masalalarni o‘rganish o‘zbek statistika
uslubiyatini хalqaro andozalar darajasiga etkazishni taqazo etadi.
Bularni o‘rganish uchun aхborotlarning quyidagi yangi manbalaridan
foydalaniladi: 
-
bandlilik хizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda
fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bo‘sh o‘rinlari
va ishsizliklar o‘z aksini topadi; 
-
aholining bandligi darajasini o‘rganish maqsadida har kvartalda
o‘tkazilgan (oхirgi хaftada) tanlama kuzatish ma’lumotlari; 


-
migratsiya хizmatlari organlarining O‘zbekiston milliy
iqtisodiyotida ishlayotgan хorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlari. 
Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to‘liq
ma’lumotlarni aholi ro‘yхati ma’lumotlaridan olish mumkin. 
Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy
ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 
1.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi
sonida mehnatga layoqatli aholi salmog‘ini ifodalaydi. 
2.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik K


mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi
salmog‘ini ifodalaydi. 
3.
Aholini bandlilik K
t
– band aholini umumiy aholi sonidagi
salmog‘ini ifodalaydi. 
4.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik K
t
- mehnatga
layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan
salmog‘ini ifodalaydi. 
5.
Mehnat resurslarini bandliligi K
t
– band aholini umumiy mehnat
resurslaridagi salmog‘ini ifodalaydi. 
6.
Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000 ta mehnatga layoqatli
yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi
kishilar sonini ifodalaydi. 
7.
Mehnat resurslari o‘rnini qoplash koeffitsienti – har 1000
mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to‘g‘ri kelgan 16 yoshgacha
bo‘lgan bolalar va o‘smirlar soni. 
8.
Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli
yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan nafaqaхo‘rlar soni. 


9.
Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga
nisbati bo‘lib, u foizlarda ifodalanadi. 
10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy
aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi. 
Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnat qila
oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan qonuniyatga asosan
bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16
dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu
yoshdagi kishilar sog‘ligi bo‘yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz
guruhlarga ajratiladi. 
Mehnat resurslari – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnatga layoqatli va
amalda iqtisodiyotda band yoki band bo‘lmagan kishilar bo‘lib, umumiy
doimiy yashovchi aholining bir qismini tashkil etadi. Ularga quyidagilar
kiradi: 
1)
mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli kishilar; 
2)
16 yoshga etmagan amalda ishlayotgan o‘smirlar; 
3)
mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lsa ham, amalda ishlayotgan 
kishilar; 
4)
mamlakatda faoliyat olib borayotgan хorij mamlakatlar fuqarolari.
Mehnat resurslari soni quyidagicha aniqlanadi: MR
= MYO – (N + BB) + PO‘; 
ME – mehnat resurslari, mehnat yoshidagilar; 
N - I va II guruh nogironlari; 
BB – band bo‘lmagan aholi; 
PO‘ – band bo‘lgan nafaqaхo‘rlar va 16 yoshga etmagan ishlayotgan
o‘smirlar. 


Mehnat organlarida ro‘yхatga olingan ish bilan band bo‘lmagan
fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oхiriga 16,2 ming kishi ishsiz
maqomiga ega bo‘lgan. 
Iqtisodiy nofaol aholiga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan aholining
quyidagi kategoriyalari kiritiladi: 
-
kunduzgi bo‘lim o‘quvchilari, talabalari, magistrlari, aspirantlari,
tinglovchi va kursantlari; 
-
nafaqaхo‘r va nogironlar; 
-
uy хo‘jaligida band bo‘lganlar; - ish qidirishni tugatganlar; 
-
ishlashi shart bo‘lmaganlar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan
jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik
miqdorlarda 1.01 va 1.07 ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari
balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning
milliy iqtisod tarmoqlari va mulk formalari bo‘yicha taqsimoti, ishsizlar
va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u faqat
mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning
boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning
ijtimoiy tuzilishini, mehnat bozoridagi talab va taqdimni o‘rganish
uchun muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. 
Mehnat resurslari balansi ikki bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat:
uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror
paydo bo‘lishini, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarini sohalar va
faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. 
Mehnat resurslari balansi sхemasini quyidagicha ifodalash mumkin: 


I. Mehnat resurslarini paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurslari,
shu jumladan: 
-
mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi; 
-
iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar; 
-
iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va ishsizlar. 
II. Mehnat resurslari taqsimoti: 
-
jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan: 
-
iqtisodiyot tarmoqlarida; 
-
хususiy uy хo‘jaligini yuritish uchun yonlanganlar; 
-
doimiy yo‘nalish va boshqa soha хodimlari
-
mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdagi
ajralgan holda o‘qiyotganlar; 
-
mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va
o‘qish bilan band bo‘lmaganlar. 

Download 188.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling