14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI



14-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI 
1. 
Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari 
Mustaqillikning dastlab yillaridanoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng 
ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida aholi bandligini oshirish va yangi ish o’rinlarini 
yaratish masalasiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, respublikamiz 
bo’yicha mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish, modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash kabi ko’rilayotgan 
barcha chora-tadbirlar aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. 
Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda mehnat bozori mavjud resurslarning bir 
qismini sotuvchi yoki bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi va unda amal qiluvchi xom 
ashyo va materiallar, qimmatli qog’ozlar, valyuta, sug’urta, investitsiya va boshqa 
bozorlardan biri sifatida qaraladi. Uning mavjudligiga qarashlar turli tuman bo’lib, 
ularni quyidagilarga bo’lish mumkin: 
1) Yangi klassik nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Perri, P.Samuelson, 
R.Xoll, D.Tilder va boshqalarning qarashlari mehnat bozori boshqa bozorlar singari 
bahoning muvozanati asosida harakat qiladi; 
2) Keynscha nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Keyns, R.Gordon va 
boshqalarning fikricha baho (mehnat bozorida ish haqi) bozorni asosiy regulyatori 
bo’la olmaydi; 
3) Monetaristik nazariya tarafdorlari M.Fridman, R.Lukas, J.Mutlarning 
yondashuvlari bozor muvozanatini saqlash uchun pul-kredit siyosati vositalarini 
qo’llashni taklif etadi; 
4) Institutsionalistlar maktabi vakillari J.Gelbreyt, R.Meydner va boshqalar 
kontseptsiyasiga asosan ishchi kuchi va tegishli ravishda ish haqining tarkibida 
kasbiy va tarmoq farqlarini tahlil qilish kerak; 
5) Sotsialistlarning (K.Marks, F.Engels va boshqalar) fikriga ko’ra ishchi 
kuchi mehnat jarayonida qiymat yaratsa, boshqa resurslar mehnat orqali yangi 
qiymatga o’tadi. 
Ushbu yondashuvlar bir–birini to’ldiradi va ularning har biri mehnat 
bozorini alohida tarkibiy qismlarni ifodalaydi. Uning mavjudligini to’liq va aynan 
baholash qiyin, chunki mehnat bozori maxsus bozor bo’lganligi bilan boshqa 
bozorlardan farqlanadi va unda regulyator vazifasini nafaqat makro va 
mikroiqtisodiy omillar, balki ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik omillar ham bajaradi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, fikrimizcha, umumiy ko’rinishda 
mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga 
talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor 
iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil 
topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; 
raqobat. 
Mehnatga bo’lgan talab mamlakatda ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni 
ifodalaydi. Talab ishchilar soni bilan baholanadi. Mehnat taklifi ishchi kuchining 
umumiy sonidir. Mehnatning bozor narxi ish haqi bo’lib, yollanib ishlovchilarga
ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to’lanadi. 
Ishchi kuchi qiymati uni takror ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar 


bilan, ya’ni iste’mol qilinadigan moddiy va nomoddiy mablag’lar hajmi bilan 
aniqlanadi. 
Ish 
bilan 
ta’minlash – odamlarning O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy 
ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) 
keltiradigan faoliyatidir 
6

Mehnat bozori sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
– ishlab chiqarish vositalari egalari va ularning manfaatlarini yoqlovchi 
organlar; 
– yollanma ishlovchilar va ularning manfaatlarini yoqlovchi tashkilotlar; 
– davlat ish beruvchi va yollanib ishlovchilar o’rtasida vositachi sifatida. 
Bozor iqtisodiyoti shakllanib kelayotgan O’zbekiston iqtisodiyotida, 
xususan mehnat bozori qator ijobiy tavsiflarga ega: zamonaviy ehtiyojlarga javob 
beruvchi ishchi kuchini takror ishlab chiqarishda muhim o’rin egallaydi; ishchi 
kuchining tarmoqlar va hududlar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlanishini 
ta’minlaydi; ishchi kuchi harakatchanligini jadallashtiradi; mehnat unumdorligining 
o’sishini rag’batlantiradi va h.k. 
Har qanday bozorga o’xshab mehnat bozori ham o’z rivojlanish omillari, 
segmentlari va modellariga ega. 
O’zbekiston mehnat bozorining mantiqiy-tarkibiy tahlili respublika mehnat 
bozoriga ta’sir o’tkazuvchi omillarning quyidagi guruhlarga bo’linishini: 
– aholi soni, tarkibiy tuzilishi, oila, aholining harakatchanligi va boshqalar 
(demografik omillar); 
– hayot, bilim va muomala darajasi, umumiy mentalitet va boshqalar 
(ijtimoiy omillar); 
– davlat tashkilotlarining mehnat va aholini ish bilan bandligini tashkil 
etishdagi roli, ish beruvchi bilan yollanib ishlovchilar o’rtasidagi huquqiy me’yorlar, 
tadbirkorlik va kichik biznesning huquqiy-munozarali masalalari va boshqalar 
(tashkiliy-huquqiy omillar). 
Ushbu va boshqa omillarning ta’siri ostida tabiiy ravishda mehnat 
tabaqalanib boradi va natijada kichik bozorlar yoki mehnat bozorining segmentlari 
paydo bo’la boshlaydi. Bozor segmentatsiyasini o’rganishda odatda uchta belgi 
(kasb-tarmoq; malaka-ish haqi; ijtimoiy-demografik) va to’rtta daraja (korxona; 
tarmoq; mintaqa; iqtisodiyot) ko’riladi. 
Ma’lumki, ushbu tarkibni amal qilish davrida jamiyatning umumiy 
ehtiyojlarini ifodalovchi tegishli bozor segmentatsiyasi paydo bo’ladi. Ushbu 
segmentatsiya bo’yicha mehnat bozori beshta quyidagi bo’laklarga bo’linadi: 
– eng yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassislar bozori; 
– malakali kadrlar bozori; 
– ishchi kasbi mehnat bozori; 
– past malakali xodimlar va xizmat sohasi mehnat bozori; 
– qolgan mehnat bozori. 
6
Ўзбекистон Республикасининг “Аҳолини иш билан таъминлаш тўғрисида” ги қонуни / 13 январь 1992 й. қабул қилинган, 1 май 
1998 й. 616–I сонли янги таҳрир. 


Mavjud mehnat bozorlarini tahlil qilish asosida xulosa qilish mumkinki, 
mehnat bozorining ushbu ko’p segmentli tarkibi ko’p davlatlarda mavjuddir. 
O’zbekistonning mehnat bozori yuqori darajada segmentlashtirilgan bozorlardan 
biri bo’lib hisoblanadi. Ta’kidlash zarurki, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham 
mehnat bozori davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Ushbu qoida bizning 
respublikamizda ham to’liq amal qiladi, chunki bozor iqtisodiyotiga o’tish va 
iqtisodiyotni qayta qurish davrida bo’shaladigan ish o’rinlari soni katta miqdorda 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy-mehnat sohasini davlat tomonidan 
boshqaruvi rolining oshishi noiqtisodiy omillar ta’sirda ham bo’lishi mumkin. 
Masalan, mamlakatda sodir bo’ladigan demografik jarayonlar. Ma’lumki, Markaziy 
Osiyo mamlakatlarida tabiiy ko’payish darajasining an’anaviy yuqoriligi mehnat 
bozorini samarali amal qilishi uchun davlatni faol aralashuvini talab qiladi. Bulardan 
shunday xulosa chiqarish mumkinki, hozirgi zamonda mehnat bozori samarali va 
eng asosiysi egiluvchan bozor bo’lishi kerak. 
Shunday qilib, samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo 
o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni 
mujassamlashtiruvchi model tushuniladi: 
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni 
maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, 
sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega; 
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida 
ma’lumotlarga ega va o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega; 
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi. 
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq 
qilmaydi; 
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish 
haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi 
va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas; 
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga 
oshiriladi. Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab 
sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi. 

Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling