Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
Bog‘liqlik — obyektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan biri. Bog‘liq mavjudligi tufayli dunyo hodisalarining betartib yig‘indisi emas, balki qonuniy harakat jarayonidan iborat.
Тizimlar turli shakllarga ega bo‘ladi. Тurli-tuman bo‘lishiga qaramay, ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy, texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar. Тizimning har bir turi o‘zining aniq vazifalariga ega: texnikaviy tizim, uskunalar majmuyining o‘zaro bog‘liq yig‘indisidan, shu jumladan orgtexnikadan iborat; texnologik tizim qonun-qoida, me’yor, standartlar yig‘indisi, marketing xizmatidan iborat; tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonni amalga oshirish, mehnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, boshqaruv tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi. Тexnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo‘jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim boshqaruv tizimini qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin (masalan, ijtimoiy tizim). Ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsadlarini belgilaydi, boshqaruvning tamoyil va uslublarini shakllantiradi, ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jixatlarini ifodalaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshishi, boshqaruvda demokratiyaning asoslari kengayishi, hamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga o‘tilishi, butun iqtisodiyot tarkibi qayta qurilishi bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy tizim ahamiyati ortib bormoqda. Har bir tizim unsurlari doimo o‘zaro ta’sir ostida bo‘lib, bu jarayon tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik vositasida ifodalanadi. Shunday qilib, element — bu har bir tizim tarkibini tashkil etuvchi qism. Тexnikaviy tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik moddiydir, masalan, avtomobil dvigatelining krivoshin-shatunli mexanizmi moddiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq turli qismlardan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlik axborot aloqalaridir. Axborot tizimi sifatida o‘rganiluvchi ishlab chiqarish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘ladi. Inson eng muhim va faol unsur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim asosini ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, mehnat manfaatlari tashkil etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimi ikki mustaqil kichik tizim — boshqariladigan va boshqariluvchi tizimlardan tashkil topgan. Kichik tizim — bu umumiy tizimning aniq belgilari bo‘yicha ajralib turuvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, tizimning boshqa unsurlari bilan bog‘liq qismdir. Kichik tizimni butun tizim ko‘lami va tarkibiga bog‘liq ravishda mustaqil tizim sifatida ham o‘rganish mumkin. Agar korxonani yaxlit tizim sifatida tahlil etsak, u kichik tizimlar va unsurlari yig‘indisidan iboratligini ko‘ramiz: Demak, boshqariladigan tizim bir vaqtning o‘zida boshqaruvchi tizim ham bo‘lishi mumkin. Boshqaruvchi tizimga korxona, konsernlarning boshqaruv jarayoni, ya’ni kishilar jamoasida ochiq maqsadga qaratilgan ta’sir etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi. Boshqariladigan tizimga korxona konsernlarining bevosita moddiy boyliklar yaratish va xizmat ko‘rsatish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari taalluqli. Moddiy tizim sifatida o‘rganiladigan ishlab chiqarish ishlab- chiqarish vositalari, shuningdek, mehnat predmetlarini tayyor maxsulotga aylantiruvchi ishlab chiqarish jarayonlari yig‘indisidan iborat. Iqtisodiyotni boshqarish boshqaruv obyekti va subyektdan iborat yaxlit tizimni ifodalaydi. Boshqaruv ta’siri Qarama – qarshi ta’siri Subyekt boshqaruv maqsadlarini aniqlaydi va boshqaruv obyektiga bir maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir qiladi, shuningdek, o‘zaro ta’sir natijalariga baho beradi (boshqaruvchi ta’sir). Obyekt o‘ziga o‘tkazilgan boshqaruvchi ta’sirini qabul qiladi va boshqaruv subyektiga natijalar haqida axborot beradi (aks ta’sir). Iqtisodiyotni boshqarishda boshqaruv obyektlari — bevosita ishlab chiqarish jamoalari va alohida ishlovchilardir. Ular mehnat faoliyati natijasida ishlab chiqarish moddiy unsurlari, mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling