Farmatsevtika menejmenti


Menejmentda tizimli yondashuv


Download 1.37 Mb.
bet18/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

4.3. Menejmentda tizimli yondashuv

Menejmentda tizimli yondashuv avvalo boshqaruv obyekti murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, o‘zgaruvchan tizim, ichki tartib va o‘zaro aloqaga bir butun yaxlitlikni tashkil etuvchi unsurlar yig‘indisi sifatida o‘rganilishini ifodalaydi. Тizimli yondashuvi boshqariladigan obyektning barcha tarkibiy qismlari uzviy amal qilishini ta’minlaydi, bir tomonlama yondashuvni inkor etadi, tizimning turli unsurlari o‘rtasida nomutanosiblik va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi va shu sababli faqat boshqaruv obyektiga nisbatan emas, balki boshqaruvning o‘ziga nisbatan ham amalga oshirilishi kerak.


Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o‘rganish jarayonida menejmentda tizimli yondashuv mohiyati, asosan, quyidagilardan iborat:
boshqaruv maqsadlarini yaratish;
qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishdan eng kam xarajat qilib, eng katta samaraga ega bo‘lish;
maqsad, usul va ularga erishish vositalariga miqdoran baho berish va faoliyatning rejalashtirilgan natijalariga ega bo‘li­shning barcha imkoniyatlarini baholash.
Har bir murakkab tizim yirik tizim unsuri sifatida o‘rganiladi, uning bu yirik tizim boshqa unsurlari bilan o‘zaro ta’siri va aloqasi tahlil etiladi. Nisbatan mustaqil tizim o‘rganilganda uni unsurlar quyi

tartibdagi kichik tizimga ajratiladi hamda bu unsurlarning o‘zaro aloqa va ta’siri tadqiq qilinadi. Masalan, agar iqtisodiyoti o‘rganiladigan bo‘lsa, u bir tomondan yirik tizim sifatida, boshqa tomondan iqtisodiyot tarmoqlari unsurlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va hokazo) yig‘indisi sifatida tahlil qilinishi mumkin. Sanoat iqtisodiyot tizimining unsuri sifatida hamda kichik tarmoqlar, sohalar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar birikmasi sifatida, korxona esa ham assosiatsiya, aksionerlik jamiyatlari, firma, birlashmalar unsuri sifatida ham sex, bo‘linma, brigadalar majmuyi sifatida o‘rganish mumkin.


Menejmentda tizimli yondashuv ko‘plab muammolarni sa­marali hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uni qo‘llash maqsadlarni aniq bayon qilish, vazifalar ko‘lami va bajarilishi lozim bo‘lgan ish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish, tizim doirasida bo‘ysunush tartibini o‘rnatish, qaror qabul qilish va uni bajarish borasida majburiyat va javobgarlikni taqsimlash imkonini beradi.
Тizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun tizim amal qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Тizimli yondashuvni qo‘llash umuman vaziyatga baho berish barcha holat va oqibatlarni hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi har bir rahbar uchun zarurdir. Boshqaruvda tizimli yondashuvni qo‘llash rahbardan mantiqiy fikr yuritishni ya’ni, har bir qarorga kelish va asoslash jarayonida tizimning umumiy maqsadini aniqlash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu maqsadga erishishga yo‘naltirishni talab etadi. Bunda har bir tizim undan yirikroq tizimning tarkibiy qismi sifatida o‘rganiladi, uni rivojlantirishning umumiy maqsadi ushbu yirik tizim rivojlanishi maqsadi bilan muvofiq­lashtiriladi.
Тizimli yondashuvda vazifalar tashkilotga moslashtirilmaydi, aksincha tashkilot qo‘yilgan maqsadlar va ularni hal etish usullariga muvofiq holda tashkil etiladi yoki qayta tuziladi.
Kibernetika va unga bog‘liq ravishda maqsadlarni hamda boshqaruv qarorlarini aniqlash, ishlab chiqarish, tekshirish, tatbiq etish, matematik usulni qo‘llash tizimli yondashuvning muhim unsurlaridan biriga aylanib qoldi. Model so‘zlar vositasida, for­mulalar yordamida bayon qilinishi, chizma bilan ifodalanishi, kompyuter yordamida tizimni amalda tushunish, yangi, ilgari no­ma’lum bo‘lgan haqiqatni topishga yo‘naltiriladi.
Bilimlarning hozirgi darajasi murakkab tizim bo‘lgan iqtisodiyotni boshqarishda chiziqli va dinamik dasturlash, yoppasiga xizmat ko‘rsatish, o‘yinlar nazariyasini qo‘llash, statistik ma’lu­motlarni o‘rganish jarayonida har tomonlama korrelatsiya usulidan foydalanish imkonini beradi.
Тizimli yondashuvning kompyuterlarni qo‘llash natijasida rivojlanishi ma’lumotlarning aniqlashtirilgan, kengaygan bazasidan samarali foydalanish imkonini beradi va o‘z navbatida axborot yig‘ish va uni qayta ishlashni talab etadi. Iqtisodiyot tarkibi o‘zgarishi haqida ilmiy asoslangan, aniq axborotga ega bo‘lmay turib, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlab bo‘lmaydi.
Shunday qilib, respublika iqtisodiyotiga o‘zaro bog‘liq jara­yonlar tizimi sifatida qarash mumkin. Qandaydir bir jarayon natijasida ma’lum mahsulot yaratiladi va bu ma’lum xarajatlar yig‘indisi bilan bog‘liqdir.
Ikki jarayon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bunda bir jarayon mahsuloti bo‘lgan ko‘mir elektroenergetika uchun resursdir. Bunday aloqalar tarmog‘i bir-biriga bog‘liq unsurlar tizimini tashkil etadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling