Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MENEJMENТ QONUNLARI VA ТAMOYILLARI
Тayanch iboralar
Тizim, vaziyat, egiluvchi tizim, boshqarishga yondashish, tizimli yondashish, vaziyatli yondashish, strategik yondashish, ishlab chiqarish vaziyatlari, axborotli tizim, tizim konsepsiyalari. Nazorat savollari 1. Boshqaruv tizimi qaysi elementlardan tashkil topgan? 2. Boshqaruv tizimining iqtisodiy kategoriyalariga aniqlik kiriting. 3. Menejmentda tizimli yondashuvning mohiyati nimada? 4. Ichki va tashqi o‘zgarishlar nima? 5 bob. MENEJMENТ QONUNLARI VA ТAMOYILLARI 1.1. Iqtisodiy qonunlarni bilish ahamiyati. 1.2. Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar. 1.3. Menejmentning asosiy tamoyillari. 5.1. Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jihatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqelik haqida obyektiv bilimlarni o‘rganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi. Qonun — falsafiy kategoriya bo‘lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, hodisalar yuz berishining aniq tartibda bo‘lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning obyektiv yo‘nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotning boshqarish qonunlarni bilish, ularni amalda ustalik bilan qo‘llay olishga asoslanishi kerak. Umumiy falsafiy qonunlar materiya, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimot, ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) ifodalanadi. Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to‘liq va izchil foydalanilsa, mehnat sarfi shunchalik samarali bo‘ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli boshqaruv qonunlarini o‘rganishda faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda qo‘llanilishni ham ko‘zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko‘p jihatdan ularni o‘rganish bilan bog‘liq. Qonunlar qanchalik chuqur o‘rganilsa, ulardan amalda to‘g‘ri foydalanish imkoniyatlari ortadi. Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llash uchun kafolat bo‘lolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘llay olishga bog‘liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir. Iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari quyidagi sxemada aks ettirilgan: Ko‘rsatilgan sxemani tahlil etish jarayonida uchta o‘zaro bog‘liq va ketma-ket iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanilgan holda yechiladigan masalalarni ko‘rib o‘tish zarur: mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo‘lish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur va har tomonlama bilish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini belgilash hamda ularni hal etish yo‘llarini aniqlash; xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl hamda uslublarini qo‘llash. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling