Menejmentda zamonaviy ilmiy yondashuvlar


Download 208.5 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi208.5 Kb.
#1427884
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu


3-MA’RUZA
MENEJMENTDA ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR


REJA:
3.1. Boshqarish tizimi to‘g’risida tushuncha. Boshqarish bo‘g’ini va bosqichi.
3.2. Tizimli yondashuv nazariyalari.
3.3. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari.


Tayanch so’z va iboralar
Tizim, tizimli yondashuv, temur tuzuklari, tizimli boshqaruv tamoyillari, A.Temurning tizimli, boshqaruv tamoyillari.


3.1.BOSHQARISH TIZIMI TO‘G’RISIDA TUSHUNCHA. BOSHQARISH BO‘G’INI VA BOSQICHI

XX asrning 60-80 - yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlanadi. G’arb nazariyotchilari ijtimoiy tizimlar maktabi boshqaruvini tashkil qilish maqsadida:


tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishadi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishadi;
bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishadi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda qo‘yidagi to‘rt yondashuvni asoslab beradilar.
Tizim funksiyalarmimg bo’lingan qismlarini butun umumiy maqsad sari jamlanishidir. Tizim funksiyalari o’z ichiga tashqi muhitni o’z ichiga oladi, ularni ma’lum darajada o’zgartirib tashqi muhitga ta’sir ko’rsatadi.1
Tizimli yondashuv – o’zaro aloqa tamoyilidan kelib chiqqan kompleks tahlil metodologiyasidir, va u ob’ektni nafaqat butun Sistema sifatida ko’radi balki katta bir tizimning bir qismmi sifatida ham aniqlanadi.2
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini, elektron hisoblash texnikasini hamda eng yangi matematik usullar va vositalarni qo‘llagan holda tadqiqotni o‘tkazishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini yuksaltirish kabi vazifani qo‘yadi.
Kirayotgan resurslar – Tovar ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar, moliya, odamlar, axborot va boshqa resurslar. Transformasiya jarayoni – kirgan resurslarni chiqarish uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish texnologiyalarini tashkil etish menejmenti. Qayta aloqa – kelasi resurslarni tanlab beruvchi korxona natijalari haqida olingan axborot. Tashqi muhit – ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy kuchlarni o’z ichiga oladi.3



Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling