O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yara-tib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya


Download 1.87 Mb.
bet108/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yara-tib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi. Ayni zamonda biz din peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtar-likka, kamsuqumlikka undaydi. Musulmon farzandi kechirim-li bo'ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo'y deb toifalarga ajratmaydi... Sababi, bandasining ustidan ban-dasi emas, xudoning o'zi hukm chiqaradi. Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga to'g'ri kelmaydi.
Hamma ahil, hamma pokiza bo'lib yashasin, kimning fazi-lati qancha, kimning gunohi qancha ekanini Yaratganning o'zi ajrim qilib beradi».
Qachonki kishi o'zligini anglamasa, o'z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e'tiqod oldida hisob bermasa, qo'shnisi, mahalla-si, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini his etmasa, bunday odam insonlik sharafiga munosib bo'lmaydi.
Prezident I. Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odam-larning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min yaratdi.
Kremlning asabiy jazavalariga qaramay, yurtimiz hali sovet-lar iskanjasida turgan og'ir kunlarda Prezidentimiz xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo chekdi. Far-mon yurtdoshlarimiz ruhiyatida ulkan ijobiy o'zgarish yasadi: uni to'laligicha diqqatingizga havola etamiz:
«Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to'g'risida

  1. ...O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy boshqar-masining O'rta Osiyo regionida istiqomat qiluvchi 500 kishidan iborat bir guruh musulmonlarni 1990-yilning 19-iyunidan boshlab 10-iyuligacha haj qiluvchilar sifatida Saudiya Arabistoniga yuborish to'g'risidagi iltimosiga rozilik berilsin.

  2. O'zbekiston Grajdan aviatsiyasi boshqarmasi haj qiluvchilar-ni kelishilgan marshrut bo'yicha Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) olib borib qo'yish va olib kelishni tashkil etsin. Ana shu maqsadlar uchun 11-86 va 11-62 samolyotlari ajratilib, ularni doimiy istiqomat joylariga yetkazib qo'yishni ham ta'minlasin.

  1. O'zbekiston SSR Ichki ishlar ministrligi ruxsatnomalar va qayd etish bo'limi, O'zbekiston Tashqi ishlar ministrligi O'zbekiston Respublikasi bojxonasi SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi O'zbe­kiston SSR bo'yicha diniy ishlar kengashi bilan birgalikda tegishli yo'l hujjatlarining jadal rasmiylashtirilishini ta'minlasinlar.

  2. O'zbekiston SSR Sog'liqni saqlash ministrligi haj qiluvchilar-ga zarur dori-darmonlar ajratib, haj joylarida bo'lish davrida ularga malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini ta'minlasin.

  3. O'zbekiston SSR Savdo ministrligi O'rta Osiyo va Qozo­g'iston musulmonlari diniy boshqarmasi bilan birgalikda yodgor-lik buyumlari, esdalik sovg'alari xarid etishda haj qiluvchilarga ko'maklashsin.

  4. Toshkent shahar ijroiya komiteti musulmonlar diniy bosh-qarmasining talabnomasiga ko'ra haj qiluvchilar jo'nab ketishi oldi-dan va Saudiya Arabistonidan qaytganidan keyin ularning Toshkent shahridagi mehmonxonalarda joylashtirilishini ta'minlasin.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling