O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida


Download 1.87 Mb.
bet104/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
Temuriylar davlatining poytaxti sifatida jahon ilm-u fani, mada-niyati va me'morchilik san'atining rivojlanishiga hamda davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni, xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo'shganligi va shahar ahlining o'zbek xalqi tari­xiy va ma'naviy merosini ko'p asrlar mobaynida avaylab-asrab, ja-honga mashhur etishdagi g'oyatda katta xizmatlarini e'tiborga olib, mustaqil mamlakatimizda tub islohotlarni amalga oshirish, uning iq­tisodiy taraqqiyotini jadallashtirishdagi faol ishtiroki uchun hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV


Toshkent shahri, 1996-yil 28-avgust.
* * *
Tantanalar paytida davlatimiz rahbari Samarqand shahriga «Amir Temur» ordenini topshirdi. U shahar ahlini mukofot bilan qutlab, Sohibqiron tavalludi bayrami kunlarida shaharga birinchi ra-qamli orden topshirilishi ramziy ma'noga ega tarixiy voqea ekanli-gini ta'kidlab ushbu unutilmas kun - 18-oktabmi «Samarqand kuni» deb e'lon etishni taklif qildi. Yig'ilganlar bu taklifni mamnuniyat bilan qarshi oldilar.
Samarqand va Sohibqiron... Bu ikki mo'tabar tushuncha xusu-sida gapirar ekan, Prezident katta faxr-u iftixor bilan «Qachon-ki, biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, Sohibqiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz. Chun-ki, Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi.
... Samarqandning moviy gumbazlari, osmono'par minora-lari, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqsh-u nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko'tarib, qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi», - dedi.
O'sha muborak kun Qashqadaryo vohasida, xususan Shahri-sabz - qadimiy Kesh shahrida tarixiy kun bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu mo'tabar tuproq bobokalonimizga beshik bo'lgan, uni voyaga yetkazgan ota makon. Bu zaminning yurtboshimiz o'z qutlov so'zida aytib o'tganidek, millatimiz tarixida, shu zaminda yashayot-gan el-ulusning boshini qovushtirishda o'rni beqiyosdir. Bobokalo-nimizning Turkiston diyorini bosqinchilardan ozod qilish yo'lidagi jasur harakatlari aynan shu yurtdan boshlangan... Hazrati Temur o'z oldiga ulug'vor maqsadlarni qo'yganida, avvalo, o'z eliga, o'z ona yurti - Keshga ishongan va unga tayangan.
O'zbekiston Prezidenti shu kuni Shahrisabzga ham tashrif bu-yurdi. Qadimiy Oqsaroy hovlisiga ulanib ketgan ulkan maydon bay-ramona bezatilgan. Uning markazida Amir Temurning ulug'vor hay-kali o'rnatilgan. Shahar ahlining milliy madaniyatimiz an'analarini tiklash borasidagi xizmatlari munosib baholandi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling