O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- «yangi turmush nuqtasi»
BUTROS G'OLIY,
BMT Bosh kotibi 1995-yil, 26-iyul. «Xalq so`zi» 16-avgust 1995-yil. Albatta, O'zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jon-lashtirish, uning yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlik-ni kuchaytirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari hamjamiyatga a'zo bo'lgan davlatlarning vakillari orasida katta qiziqish uyg'otdi. Chunki, keying! paytda BMT tizimida islohotlar o'tkazish lozimligi haqida ko'p gap-so'z bo'layapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli re-jani hech kim ko'tarib chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko'p mintaqalarida yuz berayotgan qurolli to'qnashuvlarni tugatish-da BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning markazidagi, Bosniya - Gersogovinadagi qonli fojialarning uzoq davom etishi BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda I. Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydonda ma'lum salmoqqa ega bo'lib, nufuzi tobora ortib bordi. Ayniqsa, 1996-yilda bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 21-22-iyun kunlari Italiya Respublikasining Florensiya shahridagi «Fortezza de basso» qal'asida Yevropa Ittifoqiga (YI) a'zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi - Sammit bo'lib o'tdi. Unda mazkur Ittifoq bilan O'zbekiston o'rtasida sheriklik va hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, respublika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik voqea bo'ldi. Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari ishtirokida imzolangan bu bitim nafaqat g'arbiy Yevropa mamla-katlari bilan respublikamiz o'rtasidagi aloqalar ravnaqining muhim huquqiy asosi, balki O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o'zgarishlarning tan olinishi va yosh mustaqil davlat mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo' llab-quvvatlanishidir. Masalaning yana bir jihati shundaki, tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishlari bo'lmish dunyo siyosati va iqtisodiyotiga integratsiyalanish uchun muhim poydevor yaratilayotganidan dalolat beradi. Islom Karimov erishilgan bitimni O'zbekiston va Yevropa Itti-foqi o'rtasidagi munosabatlarda «yangi turmush nuqtasi» deb ba-holadi. O'zbekiston o'z taraqqiyotida, shuningdek, tashqi siyosiy alo-qalarida Amerika Qo'shma Shtatlari bilan hamkorlikka katta e'tibor berdi. Mustaqillik yillarida ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalardagi hamkorlik aloqalari o'zining rivojlanish bosqichiga chiqqan. Bu borada 1992-yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochilishi, 1995-yilning aprel oyida AQSH mudofaa vaziri Uilyam Perrining yurtimizga safari, shundan so'ng O'zbekiston Mudofaa vazirining AQSHdagi uchrashuvlarini va o'tgan yilning avgust oyidagi mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining alohida vzvo-di Amerika tomoni hamkorligida Luiziana shtatida joylashgan Fort-Polk harbiy istehkomida o'tkazgan NATOning «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturi doirasidagi harbiy o'quv mashg'ulotlarini, shuningdek, 1995-yilning oktabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan AQSH vitse-prezidenti Albert Gorr o'rtasida Oq uyda bo'lib o'tgan uchrashuvlarni alohida ta'kidlamoq joiz. O'zbekistonda 1996-yil boshlarigacha amerikalik sarmoyador-lar ishtirokida 200 ta o'zbek-amerika qo'shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko'rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporat-siyasi bilan hamkorlikda tog' jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi qo'shma korxonasi bor. Amerikaning 28 ta kompaniya, fir-ma va banki Toshkentda o'z vakolatxonalarini ochgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 23-28-iyun kunlari Amerika Qo'shma Shtatlariga rasmiy tashrif bilan bordi. 25-iyun kuni I. Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar rivojida, mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyati integratsi-yalashuvi yo'lida va, aytish mumkinki, mintaqa taraqqiyotida ulkan imkoniyatlar kashf etdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling