O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning qaror topishi
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
2-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning qaror topishi
Insoniyat tarixidan ma'lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, o'sha davlat konstitutsiyasida ko'zda tutilganidek, uning tub maqsadlariga mos bo'lishi kerak. Buni O'zbekiston mustaqillik-ka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham taqozo qila boshladi. 1991-yil sentabr oyidayoq Prezident I. Karimov: «Biz O'zbekiston davlati milliy siyosatining aslida barcha yo'na-lishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi keng ko'lamdagi va istiqbolga mo'ljallangan dasturini ishlab chiqdik va amalga oshira boshladik. Bu siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biri boshqarishning demokratik shakliga, umuminsoniy qadriyatla-riga asoslanuvchi real mustaqil milliy davlatchilikni qaror toptirish», - deb ta'kidlagan edi. O'zbekiston Konstitutsiyasining 89-moddasida qayd qilingani-dek, «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublika-sida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir». Konstitutsiyada ko'zda tutilganidek, O'zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati oliy idoralari tizimiga respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi kiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat suvereniteti, xavf-sizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi. Ma'lumki, O'zbekiston Prezidenti lavozimining ta'sis etilishi 1985-yil aprelida sobiq Ittifoqda boshlangan qayta qurish jarayonlari bilan, ayniqsa, 1988-89-yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog'liq. Shu yillarda «yuqori»ning ko'rsatmalariga o'rganib qolgan mar-kaziy va mahalliy boshqaruv idoralari qayta qurish jarayonida avval-gi ma'muriy-buyruqbozlik ish uslubi uchun qattiq tanqidga uchradi, ular yangi sharoitga mos ish uslubini topishga qiynaldilar. Natijada davlat hokimiyati birmuncha kuchsizlandi. Belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy rejalar bajarilmay qolaverdi. Ishlab chiqarishga davlat rah-barligi bo'shashib, xalqning moddiy va madaniy turmush darajasi tobora pasaya bordi. Qonunlar va hukumat hujjatlarining ijrosi us-tidan nazorat kamaydi. Xullas, mamlakatda boshboshdoqlik xavfi ortib borib, davlat hokimiyatini markazda ham, joylarda ham ku-chaytirishga jiddiy ehtiyoj tug'ildi. 1990-yillar boshlarida iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda ijtimoiy va milliy muammolar ham kuchaydi, boshqacha qilib aytganda «markazdan qochirma kuchlar» faollashdi, natijada qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatini birlash-tiruvchi, ularning jamiyat uchun nafini oshiruvchi yangi institutga ehtiyoj tobora sezila bordi. Bu ehtiyoj 1990-yil mart oyida SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi Syezdida atroflicha muhokama qilindi va SSSR Konstitutsiyasiga SSR Ittifoqi Prezidenti lavozimi-ni ta'sis etish hamda uning vakolatlarini belgilash haqida muayyan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. O'shanda ba'zilarda ushbu lavozimning joriy etilishi yakka shaxsning diktaturasini keltirib chiqarishi mumkin, degan xavf va cho'chishlar ham mavjud edi. Hatto, unga ko'r-ko'rona qarshi chiqqanlar ham bo'ldi. Masalan, o'sha syezdda xalq deputati Y.N.Afanasyev «Regionlararo deputatlar gruppasining a'zolari prezidentlik lavozimining joriy etilishiga sal-biy munosabat bildirdilar va syezdda Prezident saylanishiga qaf'iy qarshi chiqmoqdalar», - dedi. Ittifoq Konstitutsiyasiga SSSR Prezidentining huquqiy maqo-mini belgilash yuzasidan kiritilgan qoidalarda bu lavozimning demokratik tabiatini belgilash yuzasidan qator kafolatlar ham mustah-kamlab qo'yildi. Jumladan: Prezidentning xalq, tomonidan saylab qo'yilishi, uning ко'pi bilan ikki muddatga saylanishi, qonun chiqaruvchi idora nazorati ostida bo'lishi va vaqti-vaqti bilan ichki hamda tashqi ahvol haqida unga axborot berib turishi, Prezident vakolatlari-ning Konstitutsiya va qonunlar bilan aniq belgilanishi, uning qoshi-da maxsus kengashning mavjud bo'lishi va boshqalar ko'zda tutildi. Bu kafolatlar Prezident yakka hokimligining kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik uchun muhim vositalar bo'ladi, deb hisoblandi. Albatta, sobiq mamlakatda prezidentlik lavozimining kelib chiqishi haqida bay on etilgan yuqoridagi fikrlar O'zbekistonda shu institutning vujudga kelishiga ham bevosita va to'liq taalluqli. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida O'zbekiston SSR Prezidenti la-vozimini ta'sis etish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra respublikada Prezident lavozimi ta'sis qilindi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolar-ning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respub-lika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o'zaro aloqa-sini takomillashtirish ko'zda tutildi. Shu munosabat bilan respublika Konstitutsiyasi respublika Prezidenti haqidagi yangi - 12-bob bilan to'ldirildi. Ushbu bobda Prezidentlik boshqaruvi ta'sis etilishiga bog'liq quyidagi qoidalar belgilandi. Dastlabki konstitutsion qoidada Prezident faoliyatining demokratik taomillari ko'rsatib berildi. Uning huzurida Prezidentlik Kengashi ishlaydi. Kengashning vazifasi davlat ichki va tashqi siyosa-tining asosiy yo'nalishlarini amalga oshirish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. Kengash tarki-biga Vazirlar Kengashi Raisi ham kiradi, uning ishida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Oliy Kengashlarining Raislari ham qatnashish huquqiga ega bo'ldi. Prezident Respublika Konstitutsiyasi va qonun-lari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan farmonlar chiqaradi. O'zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar orttirilishi bilan Prezidentlik boshqaruvi tobora takomillasha boradi. Jumladan, 1990-1992-yillarda Prezidentlik Hokimiyati bilan Vazirlar Kenga-shining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo'shib yuborilib Vazirlar Kengashi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantiril-di. 1990-yil 15-noyabrida Prezident I. Karimov «O`zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to'g'risida» Farmon chiqardi. Prezidentning ushbu farmoni asosida dehqonchilik sanoati, xalq iste'moli mollari, qurilish-naqliyot, mashinasozlik, yoqilg'i-energetika, umumiqtisodiyot, moddiy-texnika, madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazirlar Mahkamasi Raisi bo'lib qoldi. Shunday qilib, Prezident ikkinchi bosqichda respublikada oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va ayni bir paytda davlat boshlig'i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo'ldi. Vitse-Prezident lavozimi ham ta'sis etilib, u Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiluvchi, uning ishini uyushtiruvchi shaxsga aylangan edi. Biroq, ikkinchi bosqichda joriy etilgan Vitse-Prezident lavozimi o'zini oqlamadi. Shu boisdan 1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan u tugatilib, O'zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimi ta'sis etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tash-kil etadi, deb belgilandi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasiga Rais hisoblanadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismiga quyidagi qoida kiritildi. «O`zbekiston Respublikasining hukumati Bosh Vazirdan, Bosh Vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlaridan, mamlakat vazirlaridan, davlat qo'mitalarining raislaridan, yirik konsernlarning va birlashmalarning rahbarlaridan iborat bo'ladi». O'zbekistonda prezidentlik institutining yuzaga kelishi va ta-komillashuvida 1991-yil 18-noyabrida qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Unda fuqarolarning shu sohadagi saylov huquqi, saylovni o'tkazish, prezidentlikka nomzodlar ko'rsatish va ularni ro'yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi o'z ifodasini topdi. O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvining yanada takomil-lashuvida «O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi)) muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki yangi Asosiy Qonunga muvofiq, Prezidentning huquqiy maqomi yanada takomillashdi va ma'lum darajada kengaydi. Chunonchi, Prezident lavozimiga 35 yoshdan ki-chik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekistonda muqim yashagan respublika fuqarosi saylanishi mumkin, deb belgilandi. Prezident o'z vazifasini bajarib turgan davrda siyosiy partiyaga a'zoligini to'xtatib turadi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas, deb ko'rsatildi. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, Prezident vakolatlarining kengaytirilishi O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi tufayli sodir bo'ldi. Yangi Konstitutsiyada belgilab qo'yildiki, Prezident mustaqil davlat rahbari sifatida muzo-karalar olib boradi va respublika shartnomalarini imzolaydi, ularning bajarilishini ta'minlaydi, o'z huzuridagi akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarining ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi, viloyat, tuman, shahar va xo'jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, o'z vako-latiga berilgan boshqa ichki va tashqi siyosatga doir masalalarni hal qiladi. Shunday qilib, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilab beruvchi, fuqarolarni himoya qiluvchi oliy darajadagi ijroiya hokimiyati vujudga keltirildi, milliy davlatchilikda jahon tan olgan o'ziga xos tajriba to'plandi. Ma'lumki, LA. Karimov milliy davlatchilikni shakllantirishga doir barcha nutq va asarlarida kuchli ijroiya hokimiyatining jami-yatda yuz berayotgan yangilanishlar, yangicha tafakkur, tashab-bus va islohotchilik faoliyatini o'tmish illatlaridan, boqimandalik, tekinxo'rlik kasalligidan asrash, qonunning to'la quvvat bilan ish-lashini ta'minlash zarurati deb, hisoblaydi. Shuning uchun ham u «Ozodlik» radiostansiyasi muxbiri bilan suhbatda: «Наг qanday qonun faqat ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tatbiq etish kerak. Chunki hayotimizda parokandalik, tushunmovchilik va hatto, ushbu parokandalik va xaosni qo'llab-quvvatlab, loyqalatilgan suvdan o'z manfaatiga mos ko'p narsalarni olishni ko'zlovchi juda ko'p kuchlar mav-jud. Endi siz aytingchi, kuchli bo'lmagan hokimiyat qonunlar-ning, ba'zida unchalik ommalashmagan qonunlarning hayotga tatbiq qilinishini ta'minlashi mumkinmi? Axir, qonun xo'jalik iqtisodiy sohasiga tatbiq qilinishidan ilgari odamlarning ongi-ga yetib borishi shart emasmi? Faqat hayotning o'zigina odamlar tafakkurini o'zgartirishi mumkin. Biz bu bosqichni bosib o'tishimiz kerak. Bunday davrda agar muhim yo'nalishlarni belgilab beruvchi, fuqarolarni himoya qiluvchi, oddiy odamlar va ularning bolalarini himoya qiluvchi, ularning eng muhim ka-folat - mehnat kafolati bilan ta'minlaydigan kuchli hokimiyat bo'lmasa qanaqasiga inson huquqlari va erkinliklarini kafolat-lash haqida gap bo* lis hi mumkin», - deb ta'kidlagan edi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling