O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Birinchidan, ilgari davlat boshqaruvi sohasida juda katta va hal qiluvchi masalalar Ittifoq idoralari vakolatida edi. Mustaqillik sharo-itida bu vakolatlar to'liq ravishda O'zbekiston Respublikasi tegishli markaziy idoralariga - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va boshqa mahkamalarga o'tdi.
Avval respublika hukumati, vazirliklari va davlat qo'mitalarining 80-90 foizi markazning tegishli idoralariga itoat etgan bo'lsa, endilikda ular mustaqil davlat idoralariga aylandi. Demak, respublikada markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi vazifasi nihoyatda kengaydi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan hozirgi sharoitda O'zbekistonda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sodir bo'lishida Prezident, Vazirlar Mahkamasi olib borayotgan ishlar ko'lami tobora kengayib boryapti, ular faoliyatida avvalgi ma'muriyatchilik uslub-lari kamayib, yangi sharoit talablariga ko'ra ishlash ustun kelayapti. Ilgari vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqa markaziy mahkamalar faqat davlat korxonalari va tashkilotlariga rahbarlik qilgan bo'lsa, endilikda ular o'rniga barpo etilayotgan konsern, assotsiatsiya, kom-paniya, uyushma va korporatsiyalar ham davlat, ham mulkchilikning boshqa shakllari asosida faoliyat ko'rsatuvchi korxona va tashkilot-larga rahbarlik qilyapti, yoki ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turyapti. Shunday qilib, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning yangi shakli vujudga kelgan paytda dadillik bilan boshqaruv tizimini o'z milliy taraqqiyotiga mos tarzda o'zgartira bordi. Umuman olganda 1991-1996-yilIar yosh Mustaqil mamlakatimizda davlat tizimini takomillashtirish va uni butunlay yangi shaklda barpo etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ayrim tashkilot va muassasalar nomi ikki-uch yil orasida bir necha marta o'zgartirildi. Ba'zi turdosh tarmoqlar birlashtirildi, bir qismi bo'lib yuborilib, yangitdan tuzildi. Bir qator sohalar, ayniqsa, bank, pul-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat, sobiq SSSR markaziy organiari va qator idoralar bilan bog'liq bo'lgan sohalarda butunlay yangi vazirliklar va boshqa shakldagi muassasalar tashkil etildi. Tarixan juda qisqa davrda tub islohotlarni amalga oshiradigan, aholi ongi va dunyoqarashini butunlay o'zgartira oladigan davlat tizimini mustahkamlash, keng tarmoqli xalq xo'jaligini boshqarish-ga qodir bo'lgan, eng samarali va eng zamonaviy usullarni qidirib topish zarur edi. Mamlakatimiz hukumati aholi turmush darajasi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotida barqarorlikni saqlab turish, o'tish davrida jiddiy qiyinchiliklarga yo'l qo'ymaslik, ma'naviy-ruhiy ozurdalik, mshkunlik va qashshoqlikning oldini olish maqsadida eng avvalo boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat apparatining har qanday tanglik sharoitida ham barqaror ishlashini ta'minlash ishiga jiddiy e'tibor berdi. Milliy davlatchilikda yangicha boshqaruv usullari haqida gap ketganda O'zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohot-larning ikki muhim yo'nalishi haqida fikr yuritish joiz. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling