O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir material Tashkilot komitetining majlisi
Xalq dengizdir, xalq toiqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o'chdir, Xalq qo'zg'alsa, kuch yo'qdirkim, to'xtatsin, Quvvat yo'qkim, xalq istagin yo'q etsin, -
kabi misralari o'zligini tiklayotgan, chinakamiga fuqarolik jamiyati-ni qurayotgan xalqimiz orzu-umidining ifodasidir. Mamlakat ma'naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994-yil 23-aprelda qabul qilgan «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik Marka-zini tashkil etish to'g'risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu yili 8-iyunda esa Vazirlar Mahkamasi ushbu Far-monning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishi qilib o'zbek xalqining boy ma'naviy-madaniy merosi, sharqona va umu-minsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydi-gan ilg'or g'oyalarni yuzaga chiqarish, jamiyatdagi sog'lom kuchlar, yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy solohiyatini Vatan istiqboli sari yo'naltirish, millatlararo do'stlik, hamjihatlik-ning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqa-da yashayotgan millatlarning madaniy, ma'rifiy, ma'naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini targ'ib qilish va hakozolar qilib belgilandi. Ma'naviyat markazi nisbatan qisqa vaqt ichida turli sotsialo-gik tadqiqotlar, so'rovlar o'tkazish orqali ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi. Mavzuga doir material Tashkilot komitetining majlisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ulug' olim va rnutafakkir Mirzo Ulug'bekning 600 yillik yubileyini o'tkazuvchi respublika tashkilot komitetining majlisi bo'ldi. Yubileyni bayram qilish milliy o'zlikni, ma'naviyatni tiklash rarnziga aylanishi, buyuk mutafakkir ilmiy va madaniy merosini targ'ib qilishga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi majlisda ta'kidlab o'tildi. Majlis qatnashchilari hukumat belgilagan hamda yubileyni tash-kil etish bilan bog'liq bo'lgan Samarqand, Buxoro, G'ijduvondagi Mirzo Ulug'bek hayoti va faoliyatiga daxldor me'moriy obidalarini ta'mirlashga doir tadbirlarni amalga oshirish sohasida boshlangan ishlarni tahlil etdilar. Mirzo Ulug'bek nomidagi xalqaro mukofot haqida nizom ishlab chiqildi, uning asarlarini nashr etish taraddudi ko'rildi, olimning ijodiy merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqaro anjuman o'tkazish rejalashtirilmoqda. Toshkentda Mirzo Ulug'bek haykalini, uning hayoti va faoliyati to'g'risidagi filmni yaratish ishi davom etmoqda. Esdalik nishoni, pochta markasi, turli yodgorliklar va boshqa buyumlar chiqarish belgilanmoqda. Kengashda Mirzo Ulug'bekning jahon faniga qo'shgan hissa-si ta'kidlandi. Olim va mutafakkirning 600 yillik bayrami xalqaro ко'lam kasb etishi lozim, deb uqtirildi. * * * Umumbashariy boyliklarni o'zlashtirish maqsadida, mamlakat va jahondagi turli mafkura, e'tiqod va g'oyalarni o'rganish asosida sog'lom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shakllantirish borasida ham Markaz muayyan ishlarni amalga oshirdi. Shuning-dek, jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining o'zaro hamkorligini mustahkam-lashga ko'maklashish, ma'naviy-ma'rifiy masalalarga doir ko'plab tadbirlar, anjumanlar va ko'rgazmalar tashkil etish yo'lga qo'yildi. Bular madaniy-ma'rifiy jarayonni tezlashtirish, milliy madaniyat va urf-odatlarni keng targ'ib qilish, milliy g'urur va milliy iftixor tuyg'ularini kuchaytirishda muhim o'rin tutmoqda. Ma'naviyat va ma'rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yo'li bilan rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani bu mazkur soha rav-naqiga ommaviy xalq harakatini kuchaytirish bilan birga, mamlakat har bir fuqarosi ongi va tafakkurini amaliy faoliyat asosida kengayti-rishdek eng samarali usuldir. Sir emas, taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yuksak texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egal-lash qobiliyati ma'naviy barkamollik asosidagi mustaqil fikrlash or-qali olib borilishi kerak. Ana shundan kelib chiqib, shuni ta'kidlash lozimki, aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat ma'rifatli inson-ning ikki qanotidir. O'zbekiston hukumati mamlakat istiqboliga doir choralar belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak ma'rifat va madaniyat mamlakati bo'lishi, shu asosda barcha islohotlarning ma'rifiy negizini yaratish nuqtayi nazaridan ish tutadi. Iqtisodga ham, huquqiy tamoyillar va siyosiy islohotlarga ham, shuningdek, jahon muammolarini hal etish, urush va tinchlik masalalariga ham ma'rifiy ko'z bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yonda-shadi. Shu nuqtayi nazardan mamlakat rahbarining 1996-yil 4-sen-tabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi xodimlarining bir gu-ruhi bilan uchrashuvi, ular bilan dildan suhbatlashuvi, ma'naviy va madaniy hayotda katta voqeadir. Ayni chog'da 9-sentabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida» yana bir Farmon qabul qilinganligi ham xalqning ma'naviyatini yanada yuksaltirishga, noyob namu-nalarni to'plashga, avaylab-asrashga, kishilarni o'z vataniga china-kam sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. 1996-yili sentabr oyi oxirida «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi qoshidagi «01tin Meros» Xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida» ham Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdiki, uni barcha ziyolilar, ijod ahli zo'r mamnuniyat bilan kutib oldi. 2006-yili esa hukumat qarori bilan Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ma'naviyat targ'ibot markaziga aylantirildi. Uning ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot faoliyati va vakolatlari kengaytirildi, hozirgi kun ehtiyojlariga mos ravishda isloh qilindi. ...Ochig'ini aytganda dastlab bozor munosabatlari ma'naviy ha-yotimizni ancha-muncha tahlikaga solib qo'ygan edi. Chunki uzoq yillar mobaynida ma'rifat va madaniyatga boqimandalik kayfiya-ti bilan yashadik. Mustabid tuzum butun ma'naviy turmushimizni o'z «otalig'iga» olib, mustaqil fikrlash va milliy madaniyatga mu-nosabatlarimizni cheklab qo'ygan edi. Bu bir jihatdan mafkuraviy kushandalik bo'lsa, ikkinchi jihatdan, o'zligini unutib borishga, manqurtlikka da'vat etuvchi g'ayriinsoniy siyosat edi. Oxir-oqibatda ma'naviyatdan judo bo'lgan holda yashash, ma'naviy qashshoqlik asta-sekinlik bilan shaxsni ham, jamiyatni ham tanazzulga olib keldi. Bunday fojia oqibatlarini endigina payqay boshladik. Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mud-roqlikdan uyg'otib, qarashlarimizni o'zgartirib yuborgani kabi ma'naviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi. Eskicha qarash-lardan butunlay qutulmagan, yangilikning esa oldida dovdirab qol-gan bir paytimizda eng to'g'ri yo'lni tanlashda, ma'naviy va ma'rifiy turmushimiz muammolarini hal etishda yana bosh islohotchi - Davlat ko'makka keldi va mamlakat Prezidenti «Biz ma'rifat va ma'naviyatga tadbirkorlik va tijorat sohalari tomonidan qili-nayotgan homiylikni qo'llab-quvvatlaymiz, bunday homiy-larga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag'lari chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbir-larga sarflanishi shart. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling