O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet116/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

6-§. Madaniy hayot

Mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarida bo'lganidek madaniy hayotda ham tubdan o'zgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham milliy madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.


Bu avvalo teatr san'ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlan-di, yangi-yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991 -yilda Farg'onada va 1993-yilda Xivada davlat qo'g'irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo'g'irchoq guruhlari ochildi. Andijonda jamoatchilik asosi­da ishlab kelayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, u 1994-yilda Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
1993-yil avgustida Toshkent shahrida ish boshlagan hashamat-li «Turkiston» saroyi nafaqat mahalliy teatr va tomosha guruhlari-ning chiqishlariga, balki, uzoq va yaqin mamlakatlardan tashrif bu-yuradigan sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo'ljallandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Turkis-ton» saroyi ochilishi marosimida nutq so'zlab «Bugun yangi o'zbek davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularning ruhi nomidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlarida, ma'naviy merosidan, san'atidan bahramand bo'lishimiz tabiiy-dir.
Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqla­rining, Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy anjumanlarini, san'at bayramlarini o'tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do'stlik, birdamlik qal'asiga aylanadi.
Bunday obidalar katta-yu kichikda Vatandan faxrlanish tuyg'usini shakllantiradi, bunday saroylar Vatan sha'ni va shuh-rati uchun kurashuvchi, istiqlolni hamma narsadan muqaddas biladigan sog'lom avlodni tarbiya etuvchi maskanga aylana-di», - dedi.
Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasala-ri moddiy bazasini mustahkamlashga respublika rahbariyati katta e'tibor berganligini ko'rsatib turibdi.
O'zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach o'zbek teatr­lari va san'atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yana­da keng yo'l ochildi. Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri,
A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom» teatr studiyasi, Rus yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar. Na­voiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Hidoyatov nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germani-yaga, Rus bolalar teatrining Qohiraga safarlari shular jumlasidandir.
Shu yillarda o'zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mav-zudagi asarlar namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning o'zidagina Abror Hidoyatov nomidagi o'zbek davlat drama teatri ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi Karlo Gashinning «Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va ko-mediya janrida yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakl-larini, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida yaratilgan asarlarni sahnaga qo'ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.
Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya teatridan so'ng respublikamizda ikkinchi bo'lib, Hamza nomidagi o'zbek Davlat akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi drama sahnaga qo'yildi.
Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qa-tor teatrlarida yangi sahna asarlarining ko'riklari bo'lib o'tdi. A.Hidoyatov nomidagi o'zbek Davlat drama teatrida jahon badiiy xazinasining o'lmas durdonalaridan biri Abdulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag'ishlab mazkur asar aso­sida «Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho'lpon qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, chin muhabbat, insof-diyonat ulug'lanib, fisq-u fasod hamda tajo-vuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana sahna yuzini ko'rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo'rg'on shahar drama te­atrining ijodiy jamoasi mazkur tomoshani o'z muhlislariga taqdim etdilar. 1993-yilning avgust oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatri jamoasi dramaturg Erkin Saman-darning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini ham sahnaga qo'ydi.
Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o'zaro ijodiy hamkorli-gi yo'lga qo'yildi. Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26-martidan to 4 aprelgacha «Navro'z-92» xalqaro anjumani o'tkazildi.
Anjumanda Tojikistonning «Ахошп» teatri «Yo'qolgan Yu-suf xonadonga qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri
«Dali Dumbul», Lohutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama te-atri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov nomidagi o'zbek Davlat drama teatri «Iskandar», Qirg'iziston Akademik drama teatri «Aykul manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakarjonov nomidagi Farg'ona vilo-yat musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov spektakllarini namoyish etdilar.
4-aprel kuni «Navro'z-92» xalqaro teatr bayramining g'oliblari e'lon qilindi. Oliy mukofot (Gran-Pri) - Turkmaniston Davlat yosh-lar teatrining «Dalli Dumbul» spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmala-ri konfederatsiyasining maxsus mukofoti - Y.Shakarjonov nomidagi Farg'ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining «Toshkent-ga sayohat» komediyasiga berildi.
Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spek-takli rejissyori Ozarbayjon Mambetov (Qozog'iston), milliy qadri-yatlarni tiklash yo'lidagi katta xizmatlari uchun - Qirg'izistonlik san'atkorlarning «Buyuk qalbi manas» spektakliga, rejissuradagi yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi o'zbek davlat drama teatrining «Iskandar» spektakli rejissyori Ba-hodir Yo'ldoshevga Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti berildi.
1993-yil iyul-avgust oylarida O'zbekiston mustaqilligining ikki yilligiga bag'ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do'stlik festival-lari bo'lib o'tdi.
Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik, mehr-oqibat, milliy an'analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi.
Bizda bayramlar ma'lum sanalar atrofida, sanalarni nishon-lashdan iborat bo'libgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni o'zgartiradigan, mustaqillik va Vatanga bo'lgan tuyg'ularimizni jon-lantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana shu bayramlar va yubileylar orqali, birinchidan, kelajakka bo'lgan munosabatimizni, taraqqiyot yo'limizni belgilab olamiz. Ikkinchidan, ayni ana shu bayramlarga tayyorgarlik jarayonlaridan milliy san'atimiz va ma-daniyatimiz yangi qiyofa kasb etmoqda. Jumladan, turli bir-biriga o'xshamagan, alohida-alohida qo'shiqlar va tomoshalardan tashkil topgan yaxlit kompozitsion asar dunyoga kelmoqda. Endi biz har bir bayram tantanalarini yaxlit, izchil, to'kis asar sifatida qabul qiladi-gan bo'ldik. Uchinchidan, milliy musiqa, qo'shiqchilik va xoreog-rafiya yaxlitlashgan yangi janr paydo bo'ldi.
1997-yilning oktabr oyida esa Toshkentda «Teatr: Sharq va G'arb» xalqaro festivali o'tkazildi. Festivalda dunyoning ko'pgina mamlakatlaridan kelgan teatr san'atkorlari bilan birga Markaziy Osi­yo davlatlari hamda respublika teatrlari ham o'z asarlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkong shahrining «Re-zolyu» teatri jamoasining «Osmono'par binodagi ikki odobli xiz-matkor» spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri jamoasining «Donnitorn xonimning esdan og'ishi» operasi, Turk­maniston Respublikasi A.Qulahmedov nomidagi teatr jamoasining «Payg'ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.
Ayni paytda o'zbek milliy teatr san'ati rivojlanishi va tako-millashish jarayonini boshdan kechirmoqda. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining «O`zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi (1998-yil 26-mart) Farmoniga muvofiq O'zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san'ati an'analarini o'rganish, boyitish va targ'ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda teatr arbobla-rining faol ishtirokini ta'minlash, milliy va umumbashariy qadriyat-larni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, max­sus ta'lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojni to'laroq qondirish maq­sadida «O`zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida esa Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
Tabiatan nozikta'b, san'atsevar va san'at ahliga talabchan o'zbek xalqining musiqasi keng ko'lamli ma'naviyat ko'zgusidir. Asrlar osha avloddan-avlodga ustoz-shogirdlik tizimi yo'li bilan ri-vojlanib kelganligi tufayli musiqa merosi qatlamlari - mehnat va marosim kuy, qo'shiqlaridan tortib murakkab doston, ashula, katta ashula va maqom yo'llari davrma-davr saralanib kelgan. Shu bois, hozirgi davrgacha yetib kelgan deyarli barcha asarlar shaklan va mazmunan katta-kichikligiga qaramay badiiy mukammalligi bilan ajralib turadi.
Teatr san'ati sohasidagi ijodiy jarayon ayni yangilanayotgan hayotimizning ehtiyojlariga to'la mos keladi. «Chimildiq», «Piri koinot», «Sohibqiron», «Kunduzsiz kechalar» pyesalari, O'zbekiston yoshlar teatrida Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asari asosida qo'yilgan sahna asari bugungi teatr san'atimizning yutug'i, desa bo'ladi.
Mustaqillik yillarida musiqa san'atida tub burilish, asliga qay-tish, an'anaviy ohanglar ravnaqi davri bo'ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste'dodlarini izlab topish zarur edi. Ana shuning uchun 1992­yilda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar jumhuriyat markazi musiqa san'ati sohala-ri bo'yicha bir qancha ko'rik-tanlovlar o'tkazdi. Jumladan, shu yili mart oyida Toshkent shahrida tanbur, sato, qo'shnay, surnay va bosh­qa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», deb nom-langan jumhuriyat ko'rik-tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo'g'irchoq teatrlari jamoalarining ko'rik-tanlovi, shuning­dek, aprel oyida mashhur sana'tkorlar Jo'raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyo-zov, Faxriddin Sodiqov va Janaq Shomurotovlar asarlari ijrochila­rining «Boqiy ovozlar», deb nomlangan ko'rik tanlovlari o'tkazildi. Shuningdek, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, Askiya, qiziqchi va masxarabozlarning iyun oyida Qo'qon shahrida o'tkazilgan IX-an'anaviy va lapar, yalla ijrochilarining avgust oyi­da Toshkent shahrida o'tkazilgan 11 an'anaviy ko'rik tanlovi milliy san'atimiz rivojiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Shu bilan birga bir necha o'nlab iste'dodlarning paydo bo'lishiga zamin yaratdi.
O'zbek xalq cholg'ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asr-larga tengdosh navolar» deb nomlangan navbatdagi oltinchi jum­huriyat ko'rik tanlovi ilgarigilaridan farqli o'laroq uch bosqichda o'tkaziladi. Uchinchi bosqichda tanlov g'oliblari «Bahor» konsert zalida To'xtasin Jalilov nomidagi O'zbekiston Davlat akademik xalq cholg'ulari orkestri hamda O'zbekiston televideniye va radioeshitti-rish Davlat kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi O'zbek xalq cholg'ulari orkestri jo'rligida maxsus tanlov dasturini ijro etadi-lar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46 nafar ijrochilar ishtirok etishdi.
1992-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida Hamza nomidagi O'zbek Davlat akademik drama teatrida xalq artisti, Davlat muko-fotlarining sohibi, mashhur raqqosa va baletmeyster Mukarrama Turg'unboyevaning 80 yilligi va mustaqil O'zbekistonning yaqinla-shib kelayotgan an'anaviy «Navro'z» bayramlari oldidan «Chaman» o'zbek bolalar folklor-etnografiya raqs ansamblining hisobot konser-ti va raqslar bayrami o'tkazildi. Unda o'zbek, tojik, afg'on xalqlari-ning qator maftunkor raqslari, kuy va folklor qo'shiqlari ijro etildi.
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do'stligi sa-royida 1993-yil 14-aprelda vazirlik tasarrufidagi san'at va madaniyat oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining talaba-o'quvchilari, ham­da, o'qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» yig'ma konsertini na­moyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo'shiqlari, dilrabo raqs­lar, o'zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy ko'rgazmalar ham namoyish etildi.
Istiqlol davri O'zbek milliy musiqa san'atining rivojlanishida g'oyat sermazmun davr bo'ldi.
Darhaqiqat, mustaqillik musiqachi-san'atkorlar hayotida alohi­da davr bo'ldi. Bir qator bastakorlar, jumladan Mustafo Bafoyev, Alisher Ikromov, Anor Nazarovlar ijodida yangi davri boshlan-di. Birgina misol: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi M. Bafoyev o'zbek milliy musiqasi tarixida uslub jihatidan ham, g'oyaviy jihatdan ham butunlay yangi bo'lgan «Hajnoma» oratori-yasini yaratib, ulkan ijodiy muvaffaqiyatga erishdi. Ayni paytda bu sermahsul va ulkan iste'dod sohibi bir necha o'nlab qo'shiqlar, turli-tuman asarlar bitdi. Ayniqsa, Amir Temur yubileyiga bag'ishlangan musiqalari va qo'shiqlari o'zbek milliy-an'anaviy yo'li bilan jahon musiqa san'ati ilg'or tajribalarining betimsol, uyg'unlashgan namu-nasi bo'ldi. Orkestr ohanglarining bu milliy shakli endigina yaratildi.
1995-yil dekabridan «O`zbekiston - Vatanim manim» mavzui-dagi qo'shiqlar ko'rik-tanlovi e'lon qilingandan so'ng yuzlab yangi, mustaqillik davri qo'shiqlari yaratildi. Bu ko'rik-tanlov mamlakati-mizning hamma joylarida ko'tarinkilik bilan o'tkazildi.
1996-yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida «O`zbekiston - Vatanim manim», deb atalgan qo'shiq tanlovining birinchi bosqichi bo'ldi. U O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi-ga qarashli muassasalar o'rtasida o'tkazildi. Ko'rik juda qiziqarli bo'lib, unda bolalar bog'chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mam-lakatdagi bir qancha pedagogika institutlari talabalarigacha ishtirok etishdi. Ko'rik qatnashchilarining ona Vatan go'zalligi, uning istiq-lolini madh etgan qo'shiqlari taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq ta'limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan iborat nufuzli hay'at a'zolari tomonidan baholandi.
Umuman ko'rik-tanlovning birinchi bosqichida 54 mingdan ziyod san'atkor qatnashdi. 10 mingdan ortiq qo'shiq ijro etildi.
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyi-da qo'shiqlar ko'rik tanlovining yakuniy bosqichi bo'ldi. Tanlov­da O'zbekistonda istiqomat qilayotgan ko'pgina millat vakillari faol qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg'ur, qirg'iz, koreys tillarida ham jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo'shiqlar yangradi.
Uch kun davom etgan ko'rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida hakamlar hay'ati va san'at muxlislari e'tiboriga 60 dan ortiq qo'shiq tavsiya etildi.
1996-yilning 26-avgustida ko'rik-tanlov g'oliblari aniqlandi. Hakamlar hay'ati qaroriga ko'ra, birinchi o'rin berilmadi. Ikkin-chi o'rinlarga Mudofaa vazirligidan Asatillo Xoliqov «O`zbekiston askarlari», Qoraqalpog'istonlik Roza Kutekeyeva «Mustaqil-lik gullari», Toshkent viloyatidan Baxtiyor Umarov «Ona yurtim» qo'shiqlari uchun sazovor bo'ldilar. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan Salomat Ibrohimova «O`zbekiston - Vatanim manim», rus milliy madaniyat markazidan Pavel Borisov «Men seni sevaman, O`zbekiston», Samarqand viloyatidan Safiya Saftarova «Vatan yago-nadir)) qo'shig'i uchun uchinchi o'rinni oldi.
Bu ko'rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining •5 yilligi arafasida Toshkentda Xalqlar Do'stligi saroyida yakunlandi. Unda viloyatlar, vazirliklar, muassasalar bo'yicha tanlov g'oliblari o'zlarining dilrabo qo'shiqlari bilan ishtirok etdilar. Tanlov yakuniga bag'ishlangan katta konsertda, O'zbekiston Prezidenti Islom Kari­mov, parlament va hukumat a'zolari, Toshkentdagi diplomatik kor-pus xodimlari, mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Umuman, «O`zbekiston - Vatanim manim)) mavzuidagi ko'rik-tanlovining o'tkazilishi Mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug'lash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi, mamlakat va xalqimiz hayotida qo'shiq bayramini odat tusiga kirishi uchun zamin yaratdi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni «O`zbekiston - Vatanim ma­nim)) qo'shiq bayrami haqida)) maxsus Farmon qabul qilindi. Unda «O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi muno­sabati bilan o'tkazilgan «O`zbekiston - Vatanim manim)) qo'shiq ko'rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma'naviy hayotida unutilmas voqea bo'lgani, minglab fuqarolar tomonidan zo'r mamnuniyat va ko'tarinki run bilan qo'llab-quvvatlanganligi)) qayd qilindi.
Farmonda kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag'ri keng, xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuyg'usini, mustaqillikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, buning uchun kerak bo'lsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviya-dagi musiqa asarlari va qo'shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida:
Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O`zbekiston -Vatanim manim)) qo'shiq bayrami kuni deb e'lon qilinsin, - deb ko'rsatildi.
O'zbekistonda musiqa va raqs san'atini rivojlantirish maqsadida «O`zbeknavo)) gastrol-konsert birlashmasi va «O`zbek raqs)) birlash-masi tashkil etildi. Ularda musiqa va raqs san'atini rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash masalalari ko'zda tutildi.
Jumladan, «O`zbeknavo)) gastrol-konsert birlashmasi yuzasidan qabul qilingan Farmonda shunday deyiladi:
«1. «Turkiston)) saroyi va «Вапог» komplekslari, O'zbekiston
Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilot-lari negizida «O`zbeknavo)) gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilin­sin.
2. Belgilab qo'yilsinki, «O`zbeknavo)) gastrol-konsert bir-
lashmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy
bo'limlariga ega bo'lgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish komplek-
si hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashli
ekanligidan qat'i nazar filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa
ijodiy jamoalarni birlashtiradi.
«O`zbeknavo» birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rah-barlikni O'zbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.
3. «O`zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifa-
lari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san'atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va targ'ib qilish;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maq-sadli kompleks, madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy das-turlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;
xorijiy firmalar bilan o'zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalar-ning, madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy ja-moalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko'rsatishni takomillashtirish))...
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festi-vali o'tkazildi. O'zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan o'tkazilgan mazkur festivalda dunyoning yigirmaga yaqin mamla-katlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular O'zbekistonda jahon musi­qa san'ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an'analari bilan o'zbek milliy musi­qa san'atining uyg'unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo'lishdi. Mutal Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Bo-boyev, Boris Giyenko, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar.
Bugun milliy-an'anaviy qo'shiqchiligimiz bilan birga milliy est­rada san'ati ham tobora rivojlanmoqda. O'lmas Saidjonov, Munojot Yo'lchiyeva, Nasiba Sattorova, Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va ularni yuzlab kasb-doshlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova,
Rayhona Nazarovalar sof milliy estradaning yorqin namoyandala-ri o'zbek qo'shiqchilik san'atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Ular 2000-2007-yillar o'zbek xonandachiligining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shmoqdalar. Shavkat Mirzayev, Baxtiyor Aliyev, Abduho-shim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar yaratgan mu-siqaviy asarlar ayni ana shu ikki yo'nalishning taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatmoqda.
An'anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit'a san'at ahlining diqqatini o'ziga tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o'zaro bir-birini tushunishni qo'shiq orqali, san'at orqali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Har ikki yilda o'tadigan bu xalqaro san'at ko'rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo'lib o'tadi.
Milliy raqs san'ati an'analarini avaylab-asrash, ularni rivoj­lantirish, mamlakatimiz turli hududlarining o'ziga xos raqs mak-tablari namunalarini to'plash, shu asosda boy o'zbek raqs san'atini targ'ib etish maqsadida «01tin meros» xalqaro jamg'armasi qoshida O'zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do'stmuhamedova rahbarligida «Munojot» milliy mumtoz raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa fursat-da bu ansambl san'at ixlosmandlarining e'tibori va e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Kino san'ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlari-ning mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo'lida tinmay izlanib, xalqimizga o'zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etmoq-dalar. So'nggi yillarda yaratilgan «O`tkan kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg'iz yodgori», «Kichkina tabib», «Voiz» kabi badiiy fllmlar tamoshabinlarga manzur bo'ldi.
Mustaqillik solnomasini yaratish hujjatli kino arboblari oldida turgan eng muhim vazifalardan ekanligi tabiiy. Buni chuqur angla-gan kinochilarimiz bir qator hujjatli filmlarni yaratdilar. Ular orasida, ayniqsa, «O`zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asari asosida ishlangan ko'p qismli hujjatli film nafaqat xalqimiz, balki xorijlik tomoshabin-lar tomonidan ham yuqori baholandi. Angliya, Germaniya, Belgi-ya, Daniya kabi bir qator chet mamlakatlarda bu filmning taqdimoti bo'lib o'tganligi fikrimizning isbotidir.
Mustaqillik o'zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi ada-biyotga «Sotsialistik realizm metodi» qonuniyatlari, kommunis-tik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtayi nazaridan qa-rashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy me'yorlarga o'tish boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan soxta tushuncha va bir millat adabiyotini ikkiga - reaksion va progressiv adabiyotga bo'lib o'rganishdek metodologik asossiz nazariyalarga chek qo'yildi. Badi­iy asar qimmatini, yozuvchi dunyoqarashini mafkura nuqtayi naza­ridan baholashdek sho'roviy va siyosiy doktrinalardan voz kechildi. Badiiy asarni baholashning bosh mezonlari badiiylik, umuminsoniy ma'naviy-ruhiy qadriyat, milliy istiqlol ideallariga daxldorlik bo'lib qoldi.
Asarlari zararli, o'zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mah-mud, Munavvarqori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o'rganila boshlandi. Asarlari chop etildi, sahna yuzini ko'rdi.
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o'rnini ro'yirost ko'rsatish boshlandi. Sho'ro davrida tu-zumni, kommunistik partiyani ko'klarga ko'targan, shu yo'nalishdagi g'oyalarm ulug'lagan asarlarni tanqidiy baholashga o'tildi. Bir vaqt-lar diniy va saroy adabiyoti vakili, deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg'oniy, G'azzoliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqsh-band, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir hamda mutafak-kirlar hayoti va ijodi o'rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli falsafa, kommunistik mafkuraga yot nazariya, deb qaralgan tasavvuf she'riyati chuqur o'rganila boshladi.
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g'oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi «Munojot», «Arba'in», «Tarixi anbiyo va huka-mo» («Payg'ambarlar va hokimlar tarixi») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo'tabar Qur'on va hadislar chop etildi.
Amir Temur bilan aloqador orzulaming yuzaga chiqishi mus-taqillikning ulkan tantanasidir. Bu yo'nalishda A. Hayitmetov-ning «Amir Temur va o'zbek adabiyoti» asari chop etildi. B. Valixo'jayevning Hoja Ahror va uning muhiti bilan bog'liq bir qancha tadqiqotlari yaratildi va yirik monografiyasi chop etildi. Atoqli olim B. Ahmedovning «Amir Temur», T. Malikning «Shay-tanat» romanlari, E. Vohidov, O. Matchon, O. Muxtor, O. Hojiyeva, U. Azim, A. Suyun, X. Do'stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarni badiiy barkamol, g'oyaviy yetuk asarlari tufayli o'zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. Xususan, A. Oripovning «Sohib-qiron», M. Jalilning «Sohibqiron Temur» dramalari dunyoga keldi.
Mustaqillik davri o'zbek adabiyotshunosligi oldidagi muhim vazifalarni hal etishda, turli yo'nalishlarda Begali Qosimov, Ozod Sharafiddinov, Nairn Karimov, Erik Karimov, Ahmad Aliyev, Ib­rohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Hamidulla Boltaboyev, Rahim Vohid, Bahodir Karimov singari mutaxassislar «Cho'lponning ba­diiy olami», «Yassaviy kim edi?», «Milliy uyg'onish va o'zbek fi-lologiyasi masalalari» kabi to'plamlarni chop etishdi. G'aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Botir Valixo'jayevlarning qator ki-toblari, I. Haqqulovning «Tasavvuf va she'riyat», N. Karimovning «Cho'lpon», B. Qosimovning «Maslakdoshlar» (Behbudiy, Ajziy, Fitrat), I. G'aniyevning «Fitratshunoslik» va O. Sharafiddinovning «Cho'lponni anglash» kabi maqola va tadqiqotlari milliy istiqlolning mevalaridir.
Mustaqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun kasb etayotgan bir paytda ozod so'z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog'liq bo'lgan murakkab hodisani qamrab. oldi. Har yili mustaqillik bayrami arafasida Prezident devoniga kelayot-gan xatlarning aksariyatida fuqarolar o'z fikr-mulohazalarini she'r orqali ifodalayaptilar. Albatta, bu adabiyotning haqiqiy mazmuni-ni belgilamaydi. Biroq, mustaqillik, ruqaro va adabiyot mushtarak bo'layotganidan, odamlar adabiyotga yaqinlashayotganidan dalolat beradi.
Badiiy publisistika davrimizning eng hozirjavob janrlaridan bi-riga aylandi. Yangilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlarning ri-vojlanish bosqichlari va ular orqali yangilanayotgan inson, yan­gilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar kengroq qamrab olinadigan va o'z vaqtida munosabat bildiradigan jam sifatida publi­sistika o'zining imkoniyatlarini ko'rsata bildi.
O'zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Er­kin Vohidov, O'zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa'dulla ijodlari ayni mustaqillik davrining mazmuni orqali o'zining yangi imkoniyatlarini ko'rsatdi. Omon Muxtorning «Ming bir qiyo-fa», «Ko'zgu oldidagi odam» va «Tepalikdagi xaroba» romanlaridan iborat «To'rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning qariyb uch ming yillik tariximizni mustaqillik evolutsiyasi orqali ifo-dalangan «O`zbeknoma» she'riy romani bugungi kun adabiyotining mevasidir.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling