O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet13/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

U chin с hid an, mustaqillik tufayli O'zbekiston xalqaro miqyos-da o'zini tanitish, ayni chog'da xalqaro huquq me'yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Jahon xaritasida O'zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o'z o'rniga ega bo'ldi.
To'rtinchidan, iqtisodiyotda tub o'zgarishlar qilish uchun im­koniyat yaratildi. Ya'ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodi­yotiga o'tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan o'zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinflni shakllantirish uchun imkon ochildi.
Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma'naviy uyg'onishi uchun to'la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana bosh­ladi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma'naviy qadriyatlari unga qayta-rib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o'zgardi.
Shunday qilib, qo'lga kiritilgan mustaqillik o'zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangi-cha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish imkoniyatiga ega bo'ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O'z yurti-ning to'la xo'jayini ekanligini, o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniya­tini qo'lga kiritganligini his qila boshladi.
Bu buyuk olamshumul va abadiyat bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqelikdir!


4-§. Islom Karimov - mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvi­ning yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Bosh-qaruvning Prezidentlik shakli mazkur tizim o'zagini tashkil etdi.


1991-yil oxirida O'zbekiston hayotida torn ma'noda ulkan tari­xiy voqea sodir bo'ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamla-kachilikdan so'ng torn ma'nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O'zbekiston Respubli­kasi Prezidentini sayladi. O'zbekistonda demokratik jarayonlarning yangi bosqichi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy bir-lik, g'oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo'ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi. Asosiy vazifa O'zbekiston Respublikasi referendumi to'g'risidagi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini og'ishmay amalga oshirish - bir tomondan millionlab fuqarolarga o'z konstitutsion huquqidan foydalanishda, xohish-irodalarini erkin bildirishda, ikkinchi tomondan prezidentlikka nomzodlarga ularaing saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi.
Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy say­lov komissiyasi eng avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirilgan holda tayyorlash va joylarga o'z vaqtida yetkazish choralarini ko'rdi. Bu vazifa muvatTaqiyatli hal etildi. Xususan refe­rendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilar-ga yetadigan miqdorda - o'n bir million nusxada chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nom­zodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o'z saylovoldi dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e'lon qilishga bir xil imkon yaratish masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda alohida e'tibor berdi.
Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor o'tayotganini, saylovchilarimizda hali yetarli tajriba va ko'nikma yo'qligini inobatga olib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan ko'tarinki ruhda o'tkazish maqsadida faollar keng ko'lamda jalb qilindi. Say­lov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi. Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy Kengash va mahalliy kengashlar deputatlari samarali faoliyat ko'rsatishdi.
O'zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o'tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod - O'zbekiston XDP va O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi LA. Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo'yildi.
Saylovlar yakuniga ko'ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nom­zodini yoqlab ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis ba-yonlarini ко'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Preziden­ti saylovi to'g'risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug'aniyevich Karimovni O'zbekiston Respublikasi Preziden­ti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, respublikaning barcha hududlarida saylov uyush­qoqlik bilan, qonunlarga qat'iy amal qilingani holda saylovchilar-ning yuksak faolligida o'tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, saylovlar-ning o'tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Turkiya va Malayziyadan hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan e'tirof etildi.
Saylovlar natijalari o'zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va ri-vojlanishning yutuqlarini I.A. Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan bog'lashining yaqqol dalili edi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling