O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, o'z g'oyasi, maqsad va vazifalariga ko'ra kom-munistik diktaturaga qarshi turgan «Erk» demokratik partiyasi ayni kommunistik partiya tarqatib yuborilgandan so'ng ham endigina shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitlarida yuz bera-yotgan hodisalarga keskin qarshi turganligi mantiqsizlik edi.
Ular o'zlarining har bir chiqishlarida yangilanayotgan tuzum hukumati va mustaqillik tashabbuskorlarini eskicha ishlayotganga, islohotlar o'tkazishga qodir emaslikda ayblashardi. Xalqni oyoqqa turishga, qalqishga, keskin norozilik bildirishga da'vat etishardi. Jamiyat qon-qoniga singib ketgan qatag'onchilik, byurokratiya va to'rachilik illatlarini tezda barbod etish, ertaklardagi singari «bir yu-malab» yangi hayotga erishish mumkin emas edi. Bu tabiiy jarayon. Bir yuz o'ttiz yillik tobelik kayfiyatlarini, mutelik ruhiyatini sindirib, yangicha yashash tamoyillarini anglash uchun vaqt kerakligini tu-shunishmadi. Yoki aksincha, yaxshigina tushunishardi-yu norozilik kuchayishidan manfaatdor edilar. Vaholanki, qariyb 130 yillik mustamlakachilikdan ozod bo'lgan mamlakat taqdiri o'zini chinakam vatanparvar deb bilgan har qanday kishini qiziqtirishi, g'oyasi, e'tiqodi, kasb-u kori, ijtimoiy kelib chiqishi va millatidan qat'i nazar ana shu muqaddas zamin istiqboli yo'lida, yangi g'oya - mustaqil taraqqiyot g'oyasi atrofida jipsla-shish lozim edi. Ikkinchidan, xalq uzoq yillik siyosiy iskanjadan ozod bo'lgach, u endi o'zini qayerga qo'yishini, qanday yo'ldan borishini, kelajagi-ni qanday belgilashni bilmay qolgan edi. Mamlakatda sarosimalik vujudga keldi. Ishlab chiqarishda parokandalik yuz berdi. Sobiq it-tifoqning yagona iqtisodiy makonida vujudga kelgan po'lat zanjirlar uzilgach, kun kechirish og'irlashdi. Odamlarda ruhiy horg'inlik, asa-biy charchog'lik, ma'naviy kemtiklik va asabiy taranglik kayfiyati paydo bo'ldi. Bu aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham siyosiy kuchlardan jiddiyroq o'ylashni, jiddiyroq harakat qilishni, har bir qadamini o'ylab bosishni taqozo etardi. Chunki ta'bir joiz bo'lsa mamlakatning o'sha paytdagi ahvoli nihoyatda ulkan gaz bochka-siga o'xshardi. Uning tuynugiga befarqlik bilan bir gugurt chaqish halokatli va falokatli hodisaga olib kelishi muqarrar edi. Ana shunday paytda «Erk» demokratik partiyasi mustamlakachilik siyosatiga nisbatan qanday pozitsiyada turgan bo'lsa, mustaqillikning qonuniy hukumatiga ham xuddi shunday pozitsiyada turdi. Vaholanki, yigir-ma milliondan ortiq aholi taqdiri bitta gugurt chaqilishi bilan bog'liq bo'lgan tahlikali vaziyatda edi. Bu muxolifatchilarning jiddiy siyosiy xatosi, uzoqni ko'ra olmaslik illati edi. Ana shunday jiddiy xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda vujudga kelgan «demokratiya jarchilari»ning balandparvoz shiorlari-yu qalin-qalin nizom va dasturlari shunchaki gap bo'lgan, xolos. Chunki ularning oldingi hukumatga ham, keyingi hukumatga ham birday qarshi turishlaridan mamlakat va xalq man-faati uchun kurash emas, ayni hokimiyat uchun kurash, toj-u taxt jangi, amal-u kursi kurashi ekanligi ayon bo'ldi. «Erk» demokratik partiyasining nizomida «Erk» demokratik partiyasi jamiyatda totuv-likka, barqarorlikka intilishni qo'llab-quvvatlaydi, konfrontatsion kurashish xavfli yo'l...» degan satrlar bor. Ayni ana shuning o'zi partiya rahbariyati tutgan yo'l boshqa, qog'ozda bayon etilgan g'oyalar boshqa ekanligini ko'rsatadi. * * * 1991-yilning oxirlari O'zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va og'ir kechinmalar jo'sh urgan davri edi. Hali Moskva-da sobiq ittifoqni saqlab qolish ilinjida yurgan siyosiy arboblarning jazavalari tutgan, asabiy va tund kayfiyat hukmronlik qilayotgan, kelajakka umid bilan qarayotgan bir paytlar edi. Ana shunday zid-diyatli bir paytda O'zbekistonda mustaqillikni butun choralar bilan mustahkamlash, uning huquqiy asosini yaratish borasida jiddiy ish-lar amalga oshirilayotgan edi. Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida turli mish-mishlar-u gap-so'zlar, siyosiy ig'vogarliklar avj oldi. Birinchilardan bo'lib o'z mustaqilligini e'lon qilgan O'zbekiston go'yoki, faqat ittifoq tarki-bidagina kun ko'rishi mumkin. U hech qachon mustaqil davlat bo'la olmaydi, mustaqil taraqqiy ot yo'lidan bora olmaydi, oxir-oqibatda esa Moskva marhamatiga zor bo'ladi, degan fikrlar mavjud edi. Bunday munozaralarning bo'lishi tabiiy edi. Chunki, uzoq yillar Moskvaga qaram bo'lgan, xalqi kamsitilgan, unga noshud-notavon, o'z taqdirini o'zi belgilashga qodir bo'lmagan mavjudot sifatida qaralib kelinganligi sababli O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgach, «ulug' og'a»larning taajjubi oshdi. Biroq, bu tashqi g'animlarning shunchaki diydiyosi edi, xolos. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling