O'zbekiston respublikasi Mustaqillik davrida xalq o'yonlarining rivojlanishi Reja: O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»


Download 62.4 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi62.4 Kb.
#1312628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi Mustaqillik davrida xalq o\'yonlarining rivojlanishi

Adabiyotlar
1. Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. – T.: Zar qalam, 2004. – 334 b.
2. Salamov R.S. Sport mashg‘ulotlarini nazariy asoslari. –Toshkent: O‘zDJTI, 2005. – 238 s.
3. Umarov D.X. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi // Fan-sportga. - T., 2007. -№2. - B.10-14.
4. Eshtayev A.K. Gimnastika darsi: O‘quv qo‘llanma. - T.: 2004. -120 b.
5.Gimnastika. A.M. Shlemin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent.
6. www.ziyonet.uz
7.www.wiki.arxiv.uz/gimnastika

«Yoshlarni sog’lom, matonatli, jasur qilib taprbiyalashda sport va jismoniy tarbiyaning ahamiyati beqiyos» - deb bergan bahosi olqishga sazovordir. Shu joyda yangidan qurilgan «Jar» sport majmuining ichki ko’rinishi, qator gilamlarda kurashchilarning olishuvlari, minglab tomoshabinlarning musobaqalarni kuzatishlari rangli tasvirda ifoda etilgan.


Sahifalarda Prezident I.A.Karimovning yetuk sportchilar davrasidagi tasviri, XXVI Olimpiya o’yinlarida boks bo’yicha bronza medali sovrindori Karim To’laganov, boks bo’yicha to’rt karra respublika chempioni, Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari sohibi, Osiyo o’yinlari bronza medali egasi, jahon kubogi g’olibi jizzaxlik Lazizbek Zokirovning rangli suratlari berilgan. U xalqaro sport ustasi va «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoniga egadir. Shular qatorida bokschi To’lqinboy Turg’unov (2 marta Osiyo chempioni, Osiyo o’yinlari, jahon kubogi va jahon chempionatining kumush medallari sovrindori; Tatyana Malinina (muzda nafis uchish, qishqi Osiyo o’yinlarining oltin va kumush medallari sovrindori; Erkinboy Quttiboyev (kik boks) Yevropa chempioni, muay-tay bo’yicha uch karra jahon chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi; Temur To’lakov (boks) qit’a chempionati va Osiyo o’yinlari kumush medallari sohibi, yaxshi niyat o’yinlari g’olibi kabilar ham o’z o’rinini olishgan.
Kitobning keyingi sahifalarida Oksana Chusovitina, sport gimnastika bo’yicha XXV Olimpiya chempioni, Osiyo o’yinlari va «Jahon yulduzlari» xalqaro musobaqalari sovrindori; Armen Bagdasarov, dzyudo bo’yicha Olimpiya o’yinlari kumush medali sovrindori, to’qqiz marta O’zbekiston Respublikasi chempioni, Butunjahon Universiadasining kumush medal sovrindori; Bahrom Avazov, milliy kurash bo’yicha Amir Temur va Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqalarning mutloq g’olibi, jahon chempioni; Kamol Murodov, dzyudo bo’yicha Osiyo o’yinlari bronza medali egasi, milliy kurash bo’yicha birinchi jahon chempioni, xalqaro miqyosidagi sport ustasi; Shuhrat Xo’jayev, sambo bo’yicha jahon va to’rt karra Osiyo chempioni, ikki marta jahon va qit’a kubogi sohibi, milliy kurash bo’yicha jahon chempionati bronza medali sohibi.
Toshtemir Muhammadiyev, Surxandaryolik (1968 yil to’g’ilgan), kurash bo’yicha jahon chempioni. «El-yurt hurmati» ordeni sohibi.
Mahtumquli Mahmudov, kurash bo’yicha qator xalqaro turnirlar g’olibi, jahon chempioni. 1969 yil Surxondaryoda tug’ilgan. «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoniga ega bo’lgan mashhur sportchilar o’rin olgan. Umuman olganda 10 yil davomida Respublika, Markaziy Osiyo, Osiyo, jahon sport musobaqalari va Olimpiya o’yinlarining sovrindorlari hamda qatnashchilari e’tibordan chetda qolmagan. Ularning xizmatlari va faoliyatlari Respublika jismoniy madaniyat tarixidan munosib joy egallagan. Ular orasida iste’dod egasi va kelajakda katta umid kutish mumkin bo’lgan yoshlar juda ko’p. Ayniqsa, Yulduz Hamroqulova (1989 yil Jizzaxda to’g’ilgan), shahmat bo’yicha qizlar o’rtasida uch marta O’zbekiston birinchiligi g’olibi, Osiyo birinchiligining bronza medali sovrindori, jahon birinchiligining qatnashchisi, barchaning diqqatiga sazovordir.
Abdulla Tangriyev (1981 yil Surxondaryo) dzyudo bo’yicha yoshlar o’rtasida Osiyo birinchiligi g’olibi, Sidney olimpiadasi qatnashchisi, xalqaro miqyosidagi sport ustasi. Kurash bo’yicha 2001-2005 yillarda o’tkazilgan xalqaro turnirlar va jahon birinchiligining g’olibidir.
Manzura Inoyatova (1982 yil Navoiy viloyati), stol tennisi bo’yicha Butunjahon o’smirlar o’yinining bronza medali sovrindori, jahon o’yinlari va Yevropa ochiq kubogi g’olibi. Xalqaro miqyosidagi sport ustasi.
Nodir Xo’jayev, 1989 yil 4 iyulda Qashqadaryo viloyatida to’g’ilgan. Karate bo’yicha 1-dan sohibi. O’zbekistonning ikki marta chempioni, jahon kubogi g’olibi.
Saida Iskandarova 1980 yil 12 martda Toshkentda tug’ilgan. Suzish bo’yicha ikki marta Markaziy Osiyo o’yinlari g’olibi, Osiyo – Okeaniya chempionati oltin medal sohibi, Osiyo o’yinlarining kumush medali sovrindori, Sidney olimpiadasi qatnashchisi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Saida Burxonxo’jayeva, 1984 yil 12 iyunda Toshkentda tug’ilgan. Stol tennisi bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Butunjahon o’smirlar o’yinining bronza medali sohibasi, jahon o’yinlari g’olibi, ikki marta Respublika chempioni.
Xulosa qilib aytganda, bunday yutuqlar va iste’dodli sportchilar mamlakatda olib borilayotgan ulkan tadbirlarning dastlabki samaralaridir.
Resupblika jismoniy madaniyat harakatining salmoqli tarmoqlari umumta’lim maktablari, Oliy va O’rta maxsus o’quv yurtlari (lisey, kolledj va h.k.)dan iboratdir. Shu sababdan sportchi o’quvchi yoshlar va talabalarning soni boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha ustuvordir. Ular bilan olib borilayotgan jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari hamda turli xil sport musobaqalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu jihatlar ayniqsa, mustaqillikning keyingi yillarida (2001-2005) yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Umumta’lim maktablari va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi (lisey, kolledj) jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotini ta’minlovchi ba’zi bir rasmiy ma’lumotlarni keltirish zarurdir. Bu haqda Respublika xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining joriy hisobotlari dalolat bo’la oladi. Ularni qo’yidagi jadvallarda ko’rish mumkin. (1-jadval)
1- Jadval

Download 62.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling