O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet27/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

30

10


0,1 0,3 0,5
Спр,мг-экв/л
Chizma - 18.Qo’shimcha metallar konsentratsiyasining anionit hajmiga ta’siri.

Chizmada qo’rinib turibdiki kushimcha metallarning konsentratsiyasi ortishi bilan anionit hajmi kamayib boraveradi, bu esa oltinni sorbsiyasi kamaytiradi.


Kelayotgan eritmada oltinning konsentratsiyasi 2-10 mg/l bo’ladi, chiqadigan ya'ni chiqindiga yuboriladigan eritmada oltinning konsentratsiyasi 0,02-0,03 mg/l bo’lishi kerak. Shuning uchun xam ishlatiladigan anionit yukori ishchi xajmiga ega bulishi kerak. Anionitlarning yana bir muhim xarakteristikasi bu uning selektivligidir. Olib borilgan ilmiy ishlar shuni ko’rsatadiki aralash asosli anionitlarni selektivligi kuchli asosli anionitlarga nisbatan ancha yuqori. Anionitning selektivligi qancha yuqori bo’lsa uning ishchi hajmi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Bifunksional xossaga ega bo’lgan anionitlar ichida AM-2B markali anionit yuqori ishchi hajmga va selektivlikka egadir.
3. Amaliyotda sorbsiyalash jarayonini tezligi uncha ham yuqori emas, qatron va oltin saqlagan eritma o’trasidagi ta'sir bir necha o’n soatlab vaqt davomida boradi. Birinchi o’rinda ionitga kam yutiladigan anionlar yutiladi (temir, mis, kumush). Jarayon vaqtining uzayishi davomida bu anionlar yutilish darajasi yuqori bo’lgan anionlar bilan siqib chiqariladi (oltin, rux, nikel). Shuning uchun ham anionit tuyinish vaqtida uning ishchi hajmi oltinga, ruxga va nikelga nisbatan ortib boradi.
Ionalmashinuv jarayoni tezligi ionlarning difuziyasi tezligiga bog’liq bo’lib, bu ionlarning suyuqlik qavatida erish tezligiga va ionitga birikishi bilan izohlanadi. Ba’zi hollarda ikki holatda ham jarayonni nazorat qilishi mumkin.
Sian anionlarini sorbsiyalash jarayoni tezligi ko’p hollarda anionitning ichki diffuziyasi tezligi bilan aniqlanadi, geliy kinetikasi. Bu esa anionitlarning o’lchamining [Au(CN)2]- kichiklashishi bilan sorbsiyalash ham tezlashishini ko’rsatadi (Chizma-19).

EAu, mg/g









1











































2























12


9

6


3


0
Konsentratsiya Au, Спр,мг-экв/л
Chizma-17. Turli xil qatronlarda oltinni sorbsiyalash: 1 - AM-2Б qatroni;
2 - AM geliyli tuzulish.
Ya’nikim AM-2Б anionitlari yordamida sorbsiyalash jarayoni AM geliy tuzulishli anionitlarga qaraganda tez va ishonchli amalga oshadi. Bunga asosiy sabab AM-2Б qatronining oltin va kumushga nisbatan yuqori tanlovchanlikka ega ekanligi, mexanik va kimyoviy jihatdan mustahkamligi va shuningdek oltinga nisbatan hajmi yuqoriligidir.
Sianli eritmalardan oltinni boshqa anionitlar bilan sorbsiyalanish tezligi 20-chizmada tasvirlangan. Oltinni ajralish jarayoni boshlanishida tez amalga oshadi: 1-soat ta’sirlashishda umumiy ajralishning 50-60% ajralib chiqadi, 2-4 soat mobaynida 70-80% ajralsa, undan so’ng jarayon zudlik bilan sekinlashadi. Eng yaxshi qatronlardan yana biri АП-2 dir.









1




















































2



























aAu, mg/g 4

3,2

2,4

1,6

0,8

0 2 4 6 8 10 24 Jarayonning davomiyligi, s.


Chizma-18. Sian eritmalaridan oltinni qatronlarga sorbsiyalash tezligi.1 - АП-2-4п; 2- АН-18-4п.


Oltinni sian eritmalaridan sorbsiyalashda anionitni oltinga nisbatan hajmi sian eritmalaridagi nodir bo’lmagan qo’shimcha metallar miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Eritmadagi oltin miqdori 2,5 mg/l bo’lganda anionitga qo’shimcha metallar ishtirokida sorbsiyalanish jarayoniga ta’siri 21–chizmada keltirilgan.

aAu, mg-ekv/g


0,06







1




11













2

















3

4














2

























5

0,05

0,04

0,03

0,02

0
0,4 0,8 1,2 1,6 2,0 2,4


Chizma-19. Qo’shimcha metallar konsentratsiyasining AM anioniti hajmiga ta’siri (САu = 0,013 mg-ekv/g = 2,5 mg/l): 1 — Fe ; 2 — Си; 3 — Со; 4 —Ni; 5 – Zn.

Jarayonga ta’sir etuvchi metallardan biri bu rux anionlari, shuningdek ko’p miqdorda nikel, kobalt, mis va temir anionlaridir. Anionitni oltinga nisbatan hajmida qo’shimcha anionlarning konsentratsiyasi muhim rol o’ynaydi. Eritmada oltin anioni [Au(CN)2]- ko’p bo’lsa qatronning oltinga nisbatan hajmi oshadi, aksincha eritmada qo’shimcha metallar konsentratsiyasi ko’p bo’lsa anionnining oltinga nisbatan hajmi qisqaradi.





Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling