O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati
Download 7.8 Mb.
|
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.
Nazorat savollari.
1. Flotatsiya jarayonining afzalliklari? 2. Flotoreagentlarning turlari va ularning vazifalari? 3. Flotatsiya usulida boyitishning kamchiliklari? Ma’ruza №27. Bakterial tanlab eritish Reja: 1. Umumiy ma`lumotlar 2. Oltin va boyitmalarni chanlarda bakterial tanlab eritish sanoat qurilmalari. 3. Xorijdagimetallurgikkorxonalarning tanlab eritish sxemalari bilan tanishish. Yaratilgan ilmiy asoslar va sanoat tajribalari shuni ko‘rsatdiki, chanlarda tanlab eritish qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usul qiyin boyitiluvchi mineral xom ashyolarni qayta ishlashda qo‘llanadigan gidrometallurgik jarayonlar bilan birga keng miqyosda qo‘llanishiga zamin tug‘diradi. Arsenopirit, pirit va pirit boyitmalari bilan nafaqat laboratoriya, yiriklashtirilgan laboratoriya, shuningdek yarim sanoat miqyosidagi taqiqotlar o‘tkazilgan. Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, arsenopirit va piritli oltinga boy rudalardagi oltinni bakterial yo‘l bilan keyin sianlash bilan ajratilganda uning ajralishi 95-98% gacha oshadi. Masalan: Zimbabve, Malayziya va Janubiy Afrikadagi tarkibida 7-10% mishyak 11-58 g/t gacha oltin tutgan boyitmalarni bakterial tanlab eritishda Sulfidlarning oksidlanish darajasi 95-98%(arsenopirit va pirit) bo‘lganda oltinni 95% ajratish imkoniyatini beradi. Bu tadqiqotlarda piritning erish tezligi arsenopiritning asosiy qismi erib bo‘lgandan keyin keskin oshishi o‘z tasdiqini topdi. Bakterial tanlab eritishda biomassning yuqori aktivligini saqlash uchun eritmadagi mishyakning maksimal miqdori 20 g/l dan oshmasligi zarur. Shuning uchun eritmaning bir qismini eritish siklidan mishyakdan tozalash uchun ajratish tavsiya qilinadi. Yaxshi natijalar Chinola (Kanada) va Porgera (Papua - Yangi Gvineya) konlari piritli oltin biriktiruvchi boyitmalarni bakterial tanlab eritishda olingan. Piritning oksidlanish darajasi 80-88% etganda Chinola koni boyitmasini (35 С, Q:S= 5:1, рН 2-1,8; temir (III)- 35 g/l) sianlab ajratilganda uning ko‘rsatgichi 91-94% tashkil etdi. Bunda mexanik aralashtirishda piritning oksidlanish tezligi soatiga 0,75% etdi. Mis-pirit oltin biriktiruvchi boyitmalar bilan (temir - 34,7%, oltingugurt - 39,7%, margumush - 0,4%, mis 1%, oltin - 13,4 g/t) qayta ishlashning ikkita usuli taqqoslandi: oksidlovchi kuydirish-sulfat kislotada eritish-sianlash va baterial tanlab eritish (BTE) – sianlash. Natija shuni ko‘rsatdiki, «BTE- sianlash» texnologiyasida kuydirishga nisbatan oltinning ajralish darajasi ancha yuqori bo‘ldi. Bu texnologiyaning yuqori samarali ekanligini kapital sarf xarajatlar va ekspluatatsiya xarajatlarining dastabki hisob-kitoblari ham tasdiqlandi. BTE ning birinchi sanoat qurilmasi 1986 yilda Feyrvyu (JAR) konida sutkasiga 10 t. boyitmani qayta ishlashga mo‘ljallab qurilgan. Kuydirish sexi yopilganidan keyin qurilmaning ish unumdorligi55t/sutkagacha oshirildi (1991y.). Bu qurilmada 8-10% mishyak, 24-29% oltingugurt,120-140 g/t oltin biriktirgan murakkab tarkibli boyitma qayta ishlanib, arsenopirit va pirit bilan singib ketgan oltinning 70% ning o‘lchami 2 mkm dan kichikdir. Bu boyitmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sianlashda oltining eritmaga ajralishi 35% dan oshmaydi. «Kuydirish - sianlash» texnologiyasi qo‘llanilganda oltinni ajralishi 90% atrofida bo‘ldi. Biogidrometallurgik qayta ishlashda bu ko‘rsatgich 95% gacha oshdi (36 chizma). Zavodda tanlab eritish uchun 90 m3 hajmli 10 reaktor o‘rnatilgan bo‘lib ularning foydalanadigan umumiy hajmi 764m3 tashkil qiladi. Tanlab eritish 4 kun davomida 40…450C vaрН=1,8…1,2 da amalga oshiriladi. Bo’tanadagi kislorodning oxirgi qoldiq miqdori 2 mg/l kamaytirilmaydi. Chizma №55. Feyrvyu (JAR) koni boyitmasini bakterial tanlab eritish jarayonlari sxemasi. Tanlab eritishdan keyingi margumushli eritmani neytrallash ohak yoki “so‘ndirilgan ohak” bilan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda рН=5 atrofida, ikkinchi bosqichda esa 8 atrofida ushlanadi. Bunda Fe3+ va As5+ 3:1 nisbatida bo‘lganda ancha qiyin eriydigan mahsulotlar asosan (FeAsO4)(FeO4)3 temir arsenat va kalsiy sulfat tuzlari hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Arsenatlar cho‘kmalari turg‘un bo‘lib рН=3…10 da erimaydi. Cho‘ktirilgandan keyin mishyakning eritmadagi miqdori 0,5 mg/l dan oshmaydi. Feyrvyu konidagi bakterial tanlab eritish qurilmasi ekspluatatsiyasi sanoat tadqiqotlari tajribalari bu jarayonni ishlab chiqish va Braziliya, Avstraliya, Gana, AQSH, Kanadadagi (7.1- 7.3 jadval) ko‘plab oltin ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi. 1994 yilda Ashantida (Gana) eng yirik bakterial tanlab eritish (1000 t/sut) qurilmasi Gencor firmasi loyihasi asosida ishga tushirildi. Bu fabrikada qayta ishlanadigan arsenopirit, piritli boyitma 7,7% mishyak, 17,5% temir va 11,4% Sulfidli oltingugurtni biriktiradi. Arsenopiritning miqdori piritga nisbatan 2-2,5 marta ko‘p, pirrotinning miqdori (12,9%). Bakterial tanlab eritish hajmi 898 m3, oqim bo‘ylab har qaysida 6 tadan reaktorli jami 24 ta reaktorda amalga oshiriladi. 1995 y. sentyabrida “Pompora” (kompaniyasi “Ashanti Goldfilds”) boyitish fabrikasida flotoboyitmani qayta ishlash uchun bakterial tanlab eritish jarayonlari (BIOX) liniyasi ishga tushirildi. Jadval-19. Oltin va boyitmalarni chanlarda bakterial tanlab eritish sanoat qurilmalari.
1991yildan “Harbour”(Avstraliya) fabrikasida mayin dispersli oltinmishyakli rudasini qayta ishlovchi bakterial tanlab eritish sanoat qurulmasi ishlatilib kelinmoqda. Arsenopirit va pirit bakterial usulda ochilganda, 8% mishyak biriktirgan boyitmadan (40 t/sut), 90% gacha oltinni ajratib olish mumkin. Tanlab eritish uchun har biri 163 m3 6 reaktor o‘rnatilgan. Xuddi shunga o‘xshash texnologiya Avstraliyaning ikkita “Wiluna” va “Gyanmi”fabrikalarida sutkasiga 115 va 120 t boyitmani qayta ishlash joriy qilingan. Jadval-20.Bakterial tanlab eritish usulida qayta ishlanadigan oltinmishyakli boyitmalar tarkibi
Jadval-21. Bakterial tanlab eritish sanoat qurulmalari ishining asosiy ko‘rsatgichlari.
General Min. Metals and Minerals firmasi tomonidan ishlab chiqilgan oltin biriktiruvchi sulfidli boyitmalarni dastlab bakterial tanlab eritish jarayonlarini va keyinchalik avtoklavdachuqurroq oksidlash jarayonlarini jamlovchi kombinatsiyalashgan texnologiyasi tajribalari katta qiziqish uyg‘otadi (7.2-rasm.) Bu fabrikada qayta ishlanadigan oltinmishyakli boyitmlar, tarkibida pirrotinning ko‘pligi bilan ajralib turadi (19%). Shuning uchun bu boyitmalar (150 t/sut) hajmi 580 m3 bioreaktorlarda 4 soat davomida tanlab eritilganidan keyin undagi sulfidlar 30% gacha oksidlanadi, bunda asosan pirrotin oksidlanadi. Chizma №56. «Sao - Bento» (Braziliya ) fabrikasi bakterial-avtoklav tanlab eritish qurilmasi uskunalari zanjiri sxemasi 1–boyitmalar uchun qabul qilish chani; 2–bo‘tanani tayyorlash uchun aralashtirgich ; 3–580 m3 hajmli bioreaktor; 4- quyultirgich; 5- avtoklav. So‘ngra, quyultirilganidan keyin bakterial tanlab eritish mahsuloti (kek) avtoklav jarayonlariga jo‘natiladiki, bunda oltinni oxirigacha ochish evaziga uni sianlab ajratibolish 92%ga etadi.Oltinmishyakli boyitmalarni qayta ishlash texnologiyasiga BTE jarayonlarining kiritilishi oksidlash siklining umumiy unumdorligini 25% ga oshirish imkoniyatini berdi. AQSH da dastlabki biogidrometallurgik texnologiya sanoat qurilmasi asosida murakkab oltin tarkibli rudalardan oltinni ajratish US Gold i Homestake Mining kompaniyasiga tegishli yangi “Tonkin Springs” fabrikasida qo‘llanildi. Fabrikada juda kichik o‘lchamli va mikroskopik oltin mayin donador sulfidlarda joylashgan murakkab oltin tarkibli rudalar qayta ishlanadi. Rudada 3,9 g/t oltin, 0,25% mishyak, 1,34% oltingugurt, 1,76% temir va 0,39% organik uglerod biriktiradi. Mayin yanchilgan rudani to‘g‘ridan -to‘g‘ri sianlashda oltinning ajralishi 60% dan oshmaydi. Shuning uchun ham dastlabki rudada oltinni sulfidlardan ochish uchun bakterial oksidlash qo‘llaniladi, bu jarayon rudaning yiriklik o‘lchami 0,044 mm gacha maydalanganidan keyin amalga oshiriladi. (7.3 rasm.). Rudani BTE (1500 t/sutka) рН 2-1,0; balandligi 13 m, diametri 16 m.li to‘rtta bioreaktorda T.ferrooxidans bakteriyalarini ishlatish bilan bajarildi. Bioreaktordagi optimal harorat 30-400 С, bo‘tananing zichligi qattiq fazaning miqdori 30%. yuqori bo‘lmasligi taminlanadi. Bu sharoitda BTE davomiyligi 60 soatni tashkil qiladi. Bo‘tana neytrallangan quyuqlantirilganidan so‘ng 24soat davomida sorbsiyali sianlash jarayonlari o‘tkaziladi. Bu texnologiyada oltinni ajralish ko‘rsatgichi 90% ga tashkil qiladi. Chizma №57. «Tonkin Springs» (AQSH) fabrikasi murakkab oltinmishyakli rudani qayta ishlash sxemasi 1989 yilda “Austin” (shtat Nevada) fabrikasida “Kostich Risech” kompaniyasi tomonidan 90-170 g/t oltin tutgan yirikligi -0,074 mm flotoboyitmani bakterial tanlab eritish jarayoni tadbiq qilindi. Bu boyitma ish unumi 45-50 t/sutka miqdorida uchta parallel ishlaydigan bioreaktorlarda 120 soat (7.4 rasm.) davomida BTEga tortiladi. Sulfidlarning oksidlanish darajasi 80% bo‘lganda , oltinning sianlash siklidagi ajralishi 90%ga yetdi, ayni shu sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sianlashda oltinning ajralishi 74-78% dan oshmaydi. Chizma №58. «Austin» (AQSH) fabrikasida oltin biriktiruvchi rudalarni qayta ishlash sxemasi. Kanadada “Salmita” fabrikasida oltinni BTE ning sanoat qurilmasi uchun jarayon parametrlari va rejimi ish unumdorligi 10 t ruda/ sutkani tashkil qiladi. Ruda 0,75% mishyak, 0,95% oltingugurt va 21 g/t oltin biriktiradi.. BTE so‘ng oltinning ajralishi 95,6% yetadiki, bu rudani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sianlashga qaraganda 30% yuqoridir. Download 7.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling