O’zbekiston Respublikasi nomidan Xal qiluv qarori


Download 18.32 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1632367
Bog'liq
Xal qiluv qarori


O’zbekiston Respublikasi nomidan
Xal qiluv qarori
2023 yil fevral oyining 25 kunida fuqarolik ishlari bo’yicha Qumqo’rg’on tumanlararo sudining ochiq sud majlisi o’z binosida bo’lib
raislik etuvchi sudya F.X.Xidirov
sudya yordamchisi J.Chorievning kotibligida davogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizining javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichga nisbatan aliment undirish haqidagi davo arizasi bo’yicha qo’zg’atilgan 2-1904-2204\8173-sonli fuqarolik ishini ko’rib quyidagilarni
ANIQLADI:
Da’vogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizi sudga javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichga nisbatan da’vo arizasi bilan murojaat etib unda javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovich bilan 2019 yil 18 iyunda qonuniy nikohdan o’tib turmush qurganligi birgalikdagi turmushidan 2020 yil 28 sentyabrda tug’ilgan Toxirov Baxtiyor Sherxon o’g’li ismli bir nafar farzandi borligi oilaviy kelishmovchiliklar tufayli birga yashamasligini fuqarolik ishlari bo’yicha Qumqo’rg’on tumanlararo sudining 2022 yil 29 sentyabrdagi sud buyrug’iga asosan Abdullayev Sherxon Toxirovichdan farzandining ta’minoti uchun 1|3 qismi miqdorida aliment undirish belgilanganligini Abdullayev Sherxon Toxirovichning mazkur sud buyrug’iga nisbatan bergan e’tiroziga asosan mazkur sudning 2022 yil 26 oktyabrdagi ajrimi bilan aliment undirish haqidagi sud buyrug’i bekor qilinganligi javobgar farzandini moddiy tomondan ta’minlamasdan kelayotganligini bayon qilib Abdullayev Sherxon Toxirovichdan 2022 yil 29 sentyabrdan boshlab aliment undirishni so’ragan.
Sud majlisida so’ralgan da’vogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizi o’z tushuntirishida da’vo talabini quvvatlab suddan da’vo arizani qanoatlantirishni so’ragan.
Javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichga sud majlisi joyi va vaqti haqida ma’lum qilingan bo’lsada uzrsiz sabablarga ko’ra kelmadi va kelmaslik sababini ham ma’lum qilmadi.
Shu bois sud ishining unga nisbatan qismini O’zbekiston Respublikasi FPKning 220-moddasi tartibida ko’radi.
Aniqlanishicha fuqarolik ishlari bo’yicha qumqo’rg’on tumanlararo sudining 2022 yil 29 sentyabrdagi sud buyrug’iga asosan Abdullayev Sherxon Toxirovichdan farzandining ta’minoti uchun 2022 yil 29 sentyabrdan boshlab to u voyaga yetgunga qadar qarzdorning har oylik ish haqqi va boshqa daromadlaridan da’vogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizining foydasiga 1\3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.
Fuqarolik ishlari bo’yicha Qumqo’rg’on tumanlararo sudining 2022 yil 26 oktyabrdagi ajrimi bilan Abdullayev Sherxon Toxirovichning e’tiroziga asosan mazkur sudning 2022 yil 29 sentyabrdagi sud buyrug’I bekor qilingan.
O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining 96 -moddasida ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.Voyaga yetmagan farzandlariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning xal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga asosan aliment undiriladi.
O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining 99 -moddasiga ko’ra agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqidagi ota ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa darmomadining bir bola uchun to’rtdan bir qismi ,ikki bola uchun uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun -yarmisi miqdorida undiriladi.
O’zbekiston Respublikasi FPKning 136-moddasiga ko’ra agar ta’minot uchun mablag’ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko’rilganligi ammo aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning uni to’lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud toimonidan aniqlansa o’tgan davr uchun aliment sudga murojaat qilingan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.
Sud qayd etilganlarga ko’ra shuningdek fuqarolik ishlari bo’yicha Qumqo’rg’on tumanlararo sudining 2022 yil 29 sentyabrdagi sud buyrug’I bilan da’vogar tomonidan aliment undirish chorasi ko’rilganligi biroq javobgarning uni to’lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligidan kelib chiqib sud da’vo arizasini asosli deb hisoblab 2022 yil 29 sentyabrdan javobgardan da’vogar foydasiga voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1\3 qismi miqdorida aliment undirishni lozim topadi.
Sud davlat bojini javobgardan undiradi.
Binobarin sud O’zbekiston Respublikasi Fpkning 220,249-253- moddalarini qo’llab
Qaror qiladi:
Da’vogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizining javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichga nisbatan to’g’risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin.
Javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichdan da’vogar Xolmirzayeva Nilufar Madamin qizi foydasiga turmushidan 2020 yil 28 sentyabrda tug’ilgan Toxirov Baxtiyor Sherxon o’g’li ismli farzandi voyaga yetgunga qadar 2022 yil 29 sentyabrdan xar oydagi ish haqqi va boshqa daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment undirilsin.
Shuningdek xar bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
Javobgar Abdullayev Sherxon Toxirovichdan davlat daromadiga 476.073 so’m miqdorida davlat boji undirilsin.
Xal qiluv qarorining aliment undirish qismi darxol ijro etilsin.
Xal qiluv qaroridan norozi taraflar u e’lon qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida shu sud orqali Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat keltirishlari mumkin.
Raislik etuvchi sudya F.X.Xidirov
Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling