O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu № 4:  Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana02.01.2022
Hajmi1 Mb.
#183956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
tarixiy informatika

Mavzu № 4:  Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari 

 

Reja: 

 

1. Axborotlashgan jamiyatda iqtisodiyot va mehnat 

2.Axborotlashgan jamiyatda madaniyat 

3. Axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi 

 

Moslashuvchan ishlab chiqarish, on-line tarmoqlar,ishbilarmonlik axboroti, kasbiy 

axborot,iste’molchilar uchun axborot,ta’lim xizmatlari,axborot madaniyati,tarmoq 

madaniyati 

      

Axborotlashgan  jamiyatga  o’tish  iqtisodiyotda  material  ishlab  chiqarish(  qishloq  xo’jaligi, 

sanoat)ning ikkinchi darajaga o’tqazilib, xizmat ko’rsatish, jumladan axborot xizmati ko’rsatish 

sohasining asosiy rol bajarishi jarayoni bilan uyg’unlashadi.      Axborotlashtirish natijasida XX 

asrning  ikkinchi  yarmida  mehnat  resurslarining    material  ishlab  chiqarish  sohasidan    axborot 

ishlab chiqarish  va  xizmat ko’rsatish  sohasiga  oqib o’tishi  yuz  berdi.  XX  asr  o’rtalarida  sanoat 

sohasida  ishlovchilarning  2/3  qismi  band  bo’lgan  bo’lsa,  bugungi  kunda  ushbu  sohada 

rivojlangan davlatlarning 1/3 aholisi banddir. Masalan, 80-yillarda AQSHda qishloq xo’jaligida 

3%, sanoatda 20%, xizmat ko’rsatish sohasida 30% , axborot sohasida 48% aholi band bo’lgan. 

Axborot sohasida ishlovchilarga o’qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturchilar 

va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Bundan  tashqari      axborotlashtirish  sanoatning  an’anaviy 

sohalaridagi  mehnat  xarakterini  ham  o’zgartirdi.  Bu  holatga  robototexnik  tizimlarning  paydo 

bo’lishi, mikroprotsessorli texnikaning keng qo’llanilishi sabab bo’ldi.  

Axborotlashgan  jamiyat  iqtisodiyotining  muhim  xususiyati  –  uning  globallashuvidir.Bir  necha 

asrlik o’zaro bog’liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot “real vaqt” rejimida butun 

planeta  masshtabida  mavjud  bo’ladi  va  faoliyat  ko’rsatadi.”Real  vaqt”  rejimi  termini  tizimni 

boshqarish    qarorlarini  qabul  qilish    va  ularning  realizatsiyasi  ushbu  tizimda  ro’y  berayotgan 

texnologik  jarayonlardan  tezroq  amalga  osirilishini  anglatadi.  Global  iqtisodiyot  axborot  va 

kommunukatsion  texnologiyalarga  asosiga  qurilgan  bo’lib,  boshqa  sharoitda  mavjud  bo’la 

olmaydi.  Yangi  texnologiyalar  qisqa  vaqt  ichida  kapitallarni  dunyo  bo’ylab,  bitta  milliy  hudud 

iqtisodiyotidan  ikkinchi  milliy  hudud    iqtisodiyotiga  o’tkazish  imkoniyatiga  ega  bo’lib,  milliy 

institutlarini  bir  tarmoqqa  birlashtiradi.  Axborotlashgan  jamiyat  iqtisodiyoti    ishlab  chiqarishni 

tashkil  etishning  yangi  formalariga  ega  bo’ladi.  Axbarot  texnologiyalari  moslashuvchan  ishlab 

chiqarishlar  deb  ataluvchi  qisqa  muddatlarda  yangi  mahsulot  ishlab  chiqarishga  moslasha 

oladigan ishlab chiqarish turiga asos soldi.Bunday tizimlar bozor talabiga tezroq moslasha olgani 

uchun,  an’anaviylariga  nisbatan  effektivroq  bo’lib  hisoblanadi.Axborotlashtirishning  yana  bir 

oqibati  –  o’rta  va  kichik  firmalar  soni,  raqobqtbardoshliligining  oshib  borishidir. 

Axborotlashtirish jarayonida “tarmoq tashkiloti” deb ataluvchi tashkilotlar shakli vujudga kelib, 

bunday umumlashmalarning alohida elementlari ham mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko’rsata 

oladi.  Axborotlashgan  jamiyat  iqtisodiyotining  yana  bir  xarakteristikasi  –  rivojlangan  axborot 

mahsulotlari va xizmatlari bozorining mavjudligidir. Ushbu bozor quyidagi sektorlarga ega:  

  Ishbilarmonlik axboroti(birja, moliya, statistika, tijorat axborotlari); 



 

Kasbiy axborot(alohida kasblar bo’yicha,ilmiy-texnik, axborotlar); 



 

Iste’molchilik axborotlar(yangiliklar, turli jadvallar,qiziqarli axborotlar); 



 

Ta’lim xizmatlari 



Jamiyatni  axborotlashtirish  jarayonida  aholining  ish  bilan  ta’minlanganlik  strukturasi  ham 

o’zgarmoqda.: 

  Material  ishlab  chiqarish  sohasi(sanoat  va  qishloq  xojaligi)da  band  bo’lgan  aholi 



hissasining kamayib borishi; 

 



Xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi foizining  va xizmat ko’rsatish turlarining 

o’sib borishi; 




  Boshqaruv va texnik ish joylari sonining tez ortishi; 

Ishlovchi  aholining  material  ishlab  chiqarishi  sohasidan,  axborot  ishlab  chiqarish  va 

axborot xizmatlari sohasiga oqib o’tishi bu borada yangi mehnat shakllariining paydo bo’lishiga 

olib keldi.: bular moslashtirilgan ish kuni, uyda ishlash kabilar. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling