Reja:
1. Tarixchilar uchun informatika
2. Kompyuterli manbashunoslik
3. Kliometrika
4. Tarix ta’limida axborot texnologiyalari
5.
Tarixiy informatika, Kliometrika, Tarixiy komryuting,Kvantitativ tarix
Tarixiy informatika bilimlarning alohida sohasi sifatida global axborotlashtirish sharoitida
vujudga keldi. Bu vaqtga kelib, iqtisodiyot, ijtimoiy tadqiqotlar, xuquqshunoslik kabi bir qator
ilmiy sohalarning informatika fani bilan bog’liq yo’nalishlari ajralib chiqdi.Tarixiy informatika
terminining o’zi 1990 – yillardan boshlab, ikki ma’noda ishlatila boshladi:1) tarix fani va ta’limini
axborotlashtirish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan; 2) barcha turdagi tarixiy manbalarning
electron versiyalarini yaratish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi;
XX asr oxirgi o’n yilligida uzluksiz mukammallashtirilishi natijasida personal kompyuter
tarixchilar intellektual mehnati uchun effektiv qurolga aylandi.Bu vaqtgacha bir necha o’n yillar
davomida kliometrik tadqiqotlar olib borilib, elektron arxiv va berilganlar bazalari yaratish
tajribasi
to’plandi,
tarixiy
tadqiqotlar
uchun
mo’ljallangan
statistik
programmalar
yaratildi.Shunday qilib, tarixiy informatika tadqiqotlarda matematik usullarni qo’llash sohasi
bilan chambarchas bog’liq bo’lib, kliometrika yoki kvantitativ tarix nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: