O‘zbekiston respublikasi ol


Download 2.12 Mb.
bet7/19
Sana31.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1735858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
TOVAR MODDIY ZAXIRALAR CHIQIB KETISHINING HISOBI VA AUDITI

1-bob bo`yicha xulosa

Bitiruv malakaviy ishi I-bobida xo’jalik sub’ektlari faoliyatida tovar-moddiy zaxiralarning tutgan o’rni va ularni turkumlashining nazariy masalalari yoritilgan. Xususan, mazkur bobda mahsulot ishlab chiqarishda ishlab chiqarish zaxiralarining ahamiyati va roli juda kattadir. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklansa, ayrim hollarda ularsiz umuman mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.


Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yukorida keltirilgan ikkinchi sharti buxgalteriya hisobi amaliyotida odatda oson qoniqtiradi, chunki aktivni xarid qilish operatsiyasi natijasida uning qiymatida aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralar boshqa shaxslardan sotib olinayotganda ularning qiymatini baholashning asosiy ishonchli ko’rsatkichi tovar-moddiy zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib tushganda baholashning asosini tegishli o’tkazish hujjatlarida ko’rsatilgan tovar-moddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor qiymati tashkil qiladi. Bunda, agar aktiv xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z kuchi bilan mustaqil yaratilgan bo’lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo’yicha tashqi tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy.zaxiralarni yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida
26
ishonchli baholash mumkin.

Ta’minotchi tomonidan yuklab jo’natilgan va yo’lda bo’lgan, mulkiy huquqi esa xaridor tomonidan tovar qabul qilingan paytda xaridorga o’tgan tovar-moddiy zaxiralar uchun to’langan bo’nak miqdori buxgalteriya hisobidagi hisob-kitoblar schyotida debitorlik qarzi sifatida qayd etiladi.


Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish tartibi. Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.

27
2-BOB. XOJALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARDA TOVAR-MODDIY




Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling