О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Shaxs psixologik strukturasi
Download 1.45 Mb.
|
Psixologiya RUT 03.09
3. Shaxs psixologik strukturasi.Biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, konstitutsion nazariya, rollar nazariyasi mazmuni. Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha. Dunyoqarash va e’tiqod."Shaxs va individuallik" tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat bo‘lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‘zi ham shaxsning to‘zilishini kishining individual-psixologik hislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. "Shaxs" va "individuallik" tushunchalari (xuddi "individ" va "shaxs" tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‘xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiat ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida, individning sitemasi tarzidagi sotsial fazilat sifatida qaraladigan /arb psixologiya fanining nomarksistik yo‘nalishlarida shaxs bilan individuallikning strukturasi (ya’ni to‘zilishi,tashqil topishi) bir-biriga tamomila mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yo‘nalishlarning vaqillari individuallikning to‘zilishi aniq ta’riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to‘laligicha o‘z ichiga oladi va ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy so‘roqnomalarni qo‘llashadi (bo‘lar sinaluvchining o‘ziga, o‘zining individual-shaxsiy fazilatlariga o‘zi baho berishini taqlif etadigan savollardan tashqil topgan o‘ziga xos anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini tahlil qilgan va so‘roq natijalarini matematik amallar vositasida qayta ishlagan holda tadqiqotchi biron bir xislatning (tipning) ana shu xislatga mos keladigan darajasida namoyon bo‘lishining sonlar bilan ifodalanadigan belgisiga ega bo‘ladi. Lekin bunday metodlr yordamida nari borsa kishining individualligi tavsiflanishini tasavvur qilish mumkin. Biroq kishi jalb etilgan ijtimoiy munosabatlarning "yaxlit birligida" shaxsni har tomonlama tavsiflab bo‘lmaydi.Hakikatda esa, agar shaxs hamisha o‘zining konkret sotsial muhiti bilan "haqiqiy munosabatlari" sub’ekti sifatida namoyon bo‘lishi inobatga olinadigan bo‘lsa, "shaxsning to‘zilishiga konkret sotsial guruxlar va jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu "haqiqiy munosabatlar" va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. So‘roqnomalar esa kishining o‘ziga hali shakllanib bo‘lmagan sotsial muhit sharoitidagi, "umuman mavxum muhitda"gi holati bo‘yicha beradigan bahosiga mo‘ljallangandir. Shaxsning individlararo real munosabatlaridan iborat jihatini so‘roqnomalarda aks ettirib va aniqlab bo‘lmaydi. Aytib o‘tilganidek, so‘roqnomalar shaxsning to‘zilishiga umumiy ta’rif berish huquqiga da’vogarlik qilar ekan, aslida individuallikni tavsiflashga, individuallik xislatlarining uning bir asosiy belgilari (omillari) atrofida tashqil bo‘lishi printsiplarini topishga urinishlar bilan cheklanadi. Ma’joziy ma’noda aytganda individual-psixologik xislatlarning keng "qollektsiyasi" yorliklar taqiladigan ("shizotimiya-tsiklotimiya" "introversiya-yekstroversiya", "hissiyotlilik-vazminlik" va xokazo) bir qancha "vitrinalarda" joylashtiriladi.Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‘pgina hislatlari-moslashuvchanlik, tajovo‘zkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlangandir. Bo‘lar jumladan individning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Bu psixologik xodisalar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zaro munosabatda bo‘lib, oshkor yoki oshkora bo‘lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovo‘zkorlik tashvishlanish va xokazolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o‘zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo‘lsa, u xolda sotsial muhit o‘zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, "umuman muhit" sifatida tasavvur qilinadi. Sotsial muhitning "shaxs-muhit"dan iborat o‘zaro munosabatiga qiyosan an’ana bo‘lib qolgan mexanistik tarzda talkin qilinishi muhitni yo faol shaxsning o‘z kuch-\ayratlarini ishga soladigan maydon sifatida, yoxud guruh tarzida shaxsga tazyiq ko‘rsatuvchi kuch sifatida izohlaydi. Shaxsning va uni qurshab turgan sotsial muhitning o‘zaro birgalikdagi harakatining faol xususiyati to‘\risidagi tasavvur \arb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy qismlari to‘qimalariga va na shaxsiy tadqiq etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.Boshqa tadqiqotlarda kishi individualligining ekstrapunitivligi (o‘zining xususiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqa odamlarga a\darish mayli) kabi belgisi yaxshi jamoa a’zosining fe’l-atvoriga xos bo‘lish-bo‘lmasligi, ya’ni bu uning shaxsida muqarrar namoyon bo‘lish-bo‘lmasligi aniqlandi. Oldiniga shaxs testi yordamida ekstrapunitivligi yaqqqol sezilib turgan sportchilar (sportning o‘ynaladigan turlariga oid jamoalarning a’zolari ular juda ham ko‘pchilik edi) guruhi aniqlanadi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun yetakchi hisoblanmish sport faoliyatida ularning shaxsiga oid fazilatlarni aniq ko‘rsatib beradigandek tuyo‘ladi. Haqiqatda esa sportchilarning yaxshi uyushgan guruhlarida (haqiqiy jamoalarda), shaxsiy test ma’lumotlariga binoan ekstrapunitiv shaxslar o‘z jamoasi a’zolariga nisbatan jamoaning aynan bir xil bo‘lib qolishiga qaratilgan munosabatda bo‘la boshlashibdi, ya’ni shaxsning ekstrapunitiv belgisiga tamomila qarama-qarshi fazilatni namoyon qilishibdi. Shunday qilib, inson shaxsining to‘zilishi individuallikning to‘zilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko‘rsatadigan va faqat extirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy to‘zilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‘lgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o‘zini namoyon etishni ham qo‘shish shart.
Shaxsning to‘zilishdagi biologik va ijtimoiy omillar. Inson shaxs to‘zilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omilllarning o‘zaro nisbati masalasi xozirgi zamon psixologiyasida eng murakkab va munozarali masalalarda biridir.Psixologiyada shaxsda ikkita omil-biologik va ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini alohida ta’qidlaydigannazariya sezilarli urin egallaydi. Inson shaxsining o‘zi "yendopsixik" va "yekzopsixik" to‘zilishga bo‘linadi, degan fikr ham ilgari murildi. Shaxs to‘zilishining kichik strukturasi sifatidagi "yendopsixika" bamisoli kishining nerv-psixik to‘zilishiga uxshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik kismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. "Yekzopsixika"ning tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni shaxs qanday bo‘lmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo‘lgan va shaxsga qarama-karshi turadigan to‘zilishlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi.Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik to‘zilishi o‘zining izini qoldiradi, albatta. Gap shaxsning to‘zilishida biologik va ijtimoiy omillarni xisobga olish kerakmi, yo‘qligi xaqida emas (ularni e’tiborga olish shart, albatta), balki ular urtasidagi o‘zaro munosabatlarni qanday tushunish keraqligi xaqidadir. Ikkita omil nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni, muhit va biologik to‘zilishni, "yekzopsixika"ni beixtiyor ravishda bir-biriga qarama-karshi kuyadi. Xakikatda esa bunday tashqi, o‘zidan-o‘zi bo‘ladigan qarama-karshi quyish samarasizdir va shaxsning to‘zilishini anglab olish uchun xech bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va to‘zilishidagi tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshkacha yondashish ham mumkin.Buni buyi 80-130 santimetrdan oshmaydigan odamlar shaxsiga xos belgilarning shakllanishini urganishga bagishlangan tadkikot misolida kurib chikamiz. Buyining pastligidan boshka biron-bir patologik cheklanishlari bo‘lmagan bu odamlar individualligining to‘zilishida anchagina uxshash jihatdan mavjudligi aniklandi. Ularda o‘ziga xos bachkana yumor, muloxazasiz nekbinglik, samimiylik, anchagina hissiy zo‘riqishni takozo etadigan vaziyatlarga yo‘qsak sabr-bardoshlik, biron-bir darajada iymanib utirmaslik va shu kabilar ko‘zatildi. Tabiiy, tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsning individualligi to‘zilishida uning ijtimoiy jihatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud bo‘ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashqil toptiradi va shaxsning mustaqil kichik to‘zilishi sifatida bir-biriga o‘zidan-o‘zi qarama-qarshi quyilishi mumkin emas Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling