О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус


EMOTSIONAL HOLAT PSIXIK HODISA SIFATIDA VA UNING XARAKTERISTIKASI


Download 1.45 Mb.
bet96/153
Sana12.03.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1263320
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153
Bog'liq
Psixologiya RUT 03.09

EMOTSIONAL HOLAT PSIXIK HODISA SIFATIDA VA UNING XARAKTERISTIKASI
Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o‘zining aniq tashqi ifodasiga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Emotsional o‘zgarishlar organizmning tashqi o‘zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko‘rinishiga qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini, g‘azablanganligini yoxud biror narsadan qo‘rqib ketganini va shu kabi his-tuyg‘ularning ko‘pini aytib bera olamiz. Hissiyotlarning tashqi alomatlari ifodali harakatlar deb ataladi. Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi. Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a’zolarining ishlarida o‘zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg‘ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg‘ular ustun kelganda kamayadi, qo‘zg‘algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo‘r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo‘rquvda sekinlashadi va hakozolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o‘zgarishi
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta;
v) qo‘rqishda 64 marta;
d) jahl chiqqanda 40 marta.
Ikkinchidan, emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo‘ladigan yanada chuqur o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi.Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o‘zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh so‘lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni ularning tezligi, kuchi, koordinatsiyasi va hokazolar kiradi. Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko‘rinishlaridan biri kulgi bilan yig‘idir.
L.N.Tolstoy o‘z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. «Har xil sabab bilan yig‘lagan paytda odamning boshi va og‘zi har xil qiyofada o‘zgaradi» - degan edi. Leanardo da-Vinchi.
Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko‘rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko‘z o‘zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko‘zning qanchalik chaqnab turishiga bog‘liqdir. Ko‘zning qanchalik chaqnashi ko‘z yoshining miqdori, ko‘z shilliq pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko‘rinib turgan ko‘z o‘zining ifodasini yo‘qotgan bo‘ladi. Ko‘z, lab, qovoq, qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi.
Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san’at, xususan, muzika bilan lirik she’rlardir, ularni tom ma’noda hissiyotning tili deyish mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling