О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
Download 1.42 Mb.
|
Psixologiya kitob
2. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
Agar jonli mavjudodlarning xayot kechirish muxiti hamma joyda mutlako bir xil bo‘lganida, extimol, Yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Hakikatda esa muxit iqlim jixatidan ham, yashash sharoiti jixatidan ham g‘oyat rang-barang bo‘lib bu organizmlarning tabaqalanishini taqazo etadi. Yer yuzida xodisalar juda rang-barang bo‘lsa ham, ularning siklili almashinuvi va xakozolar mavjuddir. Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi. Misol uchun, jumladan, muxitning harorati o‘zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalarning tezligi hami o‘zgara boshlaydi: harorat ko‘tarilishi bilan reaktsiyalarning tezligi oshadi, pasaygan taqdirda pasayadi, harorat xaddan ziyod oshib yoki pasayib ketganda esa bir xujayrali organizm xalok bo‘ladi. Agar juda pas haroratli sharoitga joylashtirilsa, shubxasiz, boshka bir qanday jonli organizm ham shunday qismatga uchraydi. Lekin mana shunday sharoitlarda yo’qsak taraqqiy etgan hayvonlarning xatti-harakatlarida jiddiy tafovut bo‘ladi. Shunday qilib, hayvonlar muxitga bevosita bog‘liqligidan sein-asa kutila boradi. Lekin jonli mavjudotlar rivojlanishning har qanday darajasida ham bunday bog‘liqlikdan xech qachonn kutila olmaydi. Muxit - jonli organizmning xayot kechirish shart-sharoiti, jonli mavjudotlar xayot kechirishning bosh omili, boshkachasiga aytganda, jonli organizmlarining xayot kechirishi muxitning shart-sharoitlari bilan aniq belgilab qo‘yilgandir.Aks ettirishning bir-biriga o‘xshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va nerv sistemasining tuzilishiga bog‘liqdir. Retseptor muayyan tudagi ko‘zgatuvchilarga kanchalik nafis javob qilsa, reaktsiya ham shunchalik bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Bunda ma’lum darajada tugridan-tugri boglanish bor. Masalan, kurish retseptori kuyoshning tarkok nurini aks ettirishga moslashuv munosabati bilan rivojlanadi. Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv sistemasining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv sistemasining rivojlanish darajasi mukarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaqlini belgilab beradi. Nerv xujayralari fakat turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham xosil qiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv sistemasi eng kup mikdrdagi kugatuvchilarni kabo‘l qilish va kayta ishlash imkonini beradi. Negaki, sezuvchan nerv xujayralari ko‘zgatuvchilarga bevosita yakin joylashgan bo‘lada va ko‘zgalishini taxlil etish sifatini o‘zgartirib yuboradi. Tananing har bir qismida gangliylar kushilib, bir-biri bilan nerv yullar orkali boglangan nerv markazlarini tashqil qiladi. Ayniksa bosh qismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir. Nerv sistemasining oliy tipi - naychasimon nerv sistemasidir. U naychasimon qilib birlashgan nerv xujayralaridan tashqil topgan bo‘ladi. Umurtkalilarda evolyutsiya jarayonida orka va bosh miya - markaziy nerv sistemasi paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Nerv sistemasi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofik ravishda psixik aks ettirish shaqllari ham murakkablashadi. Bosh miyada turli xildagi funktsiyalarni uz zimmasiga oladigan alohida cheklangan markazlar xosil bo‘ladi. Bu markazlar maxsus nerv birikmalari - assotsiativ zonalar orkali uzaro bog‘lanadi. Shunday qilib, psixikaning evolyutsiyasi retseptorlar funktsiyalari shaqllarining, shuningdek signal faoliyatining murakkablashuvida ifodalanadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling