2-Mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik.
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi
Reja:
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi (nerv tizimi, Neyronlar, Akson, Dendirit, miya, endokrin tizim)
Irsiyat
Egizaklar usuli, gen va atorf-muhitning bir-biriga ta’siri
Tayanch so‘zlar: Instinkt; neyron; akson; dendirit; miya; endokrin tizim; nerv tizimi; ong; taraqqiyot xulq-atvor; psixofiziologiya
Nerv tizimi- Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ
Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi
Miya-yuqori tashkil etilgan materiya
endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug‘ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘ indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o‘rtasidagi kichik oraliq.
Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir.
Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo‘lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi.
Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o‘simtalari bo‘lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
Do'stlaringiz bilan baham: |