olib chiqish yo’li bilan egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalar
yig’indisiga muammoli ta`lim deyiladi.
Respublikamizda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarning
ta`lim
jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta`limni hozirgi sharoitda dolzarb
pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta`lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib,
ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda
tashkil etib bo’lmaydi.
Muammoli ta`lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:
-
Muammo
-
Muammoli savol
-
Muammoli vazifa
-
Muammoli topshiriq
-
Muammoli vaziyat
Muammoli ta`limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin,
tayyor bilimlarni o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil
egallashini izohli-ko’rgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil
qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda qayta tiklanishini
aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |