Ilg’or o’qituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling.
Ta`limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlar
fanning va mavzuning mazmuniga qanday darajada
mosligini izohlang.
-
Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada
samarali bo’lishi mumkin edi?
Bu vazifalarning echimini topish uchun talaba birinchi o’rinda mavzu
yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta`lim metodlarini bilishi va
bir-biridan farqlay olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va
kamchiligini tahlil qila oladi.
Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning
tarkibida kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta`lim
beruvchi, kitob muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim
oluvchini muammoli vaziyatga tushiradigan o’quv topshirig’idir.
Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari
mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |