Oʻzbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti
Download 40.01 Kb.
|
1Kriminologiyada ilmiy bashoratttt
Kriminologiyada ilmiy bashorat ishlarini ekspert tomonidan baholashni joriy etish mumkin. Umuman olganda, u yoki bu yo‘nalishda qilingan ishlar tegishli soha mutaxassislari tomonidan baholanishi lozim. Baholash metodining samarasi jinoyatchilik bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal etishda chuqur ilmiylikni talab etadi. Tegishli soha bo‘yicha tajriba to‘plagan malakali va yetuk mutaxassislar fikrini olish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, tegishlicha ishlab chiqilgan xulosa varaqalarida (matris) to‘plangan faktlar ekspert xulosalari asosida baholanishi diqqatga sazovordir. Biroq ushbu metod o‘ziga xos kamchiliklardan ham xoli emas. Masalan, ekspertga hal etish uchun qo‘yiladigan savollar ro‘yxatini tuzish va bu savollar ma’lum bir holatni baholashi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholanishini ta’minlanishiga ham imkon yaratish zarur.Ko‘p hollarda ma’lum bir vakolatga ega bo‘lmagan ekspertlar tomonidan asl voqelik to‘g‘ri va xolis baholanmasligi hamda shu orqali olingan baho haqiqatdan uzoq bo‘lishi mumkinligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.Kriminologiyada ilmiy bashorat sifatida qo‘llaniladigan metod - ilmiy faraz (gipoteza) yuritish ham o‘z mohiyatiga ega. Yuqorida ta’kidlagani- mizdek, kriminologiyada ilmiy bashorat kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikni tubdan o‘rganishdir.
Download 40.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling