Oʻzbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti
Download 40.01 Kb.
|
1Kriminologiyada ilmiy bashoratttt
Shu maqsadda ma’lum bir davr oralig‘ida yillar bo‘yicha statistik qatorlar ko‘rsatiladi va bashorat qilinishi lozim bo‘lgan davrda jinoyatchilikning o‘ziga xos xususiyatlari va oshish tezligining yo‘nalishini bildiruvchi ko‘rsatkichlar yuzaga keladi. Statistik qatorlar absolyut miqdorlar va koeffitsiyentlardan tashkil etiladi.Bunday metodlar orqali o‘ziga xos va qat’iy jarayon yoki holatlar bo‘yicha bashorat ishlarini yuritish mumkin. Ammo jinoyatchilik hech qa- chon qat’iy jarayonda kechmaydi, u doimiy ravishda sifat va miqdor o‘zgarishlariga egaligini yodda tutish lozim. Shuning uchun ham bu me- todlardan faqat alohida tur yoki guruhlarga kiruvchi jinoyatlarga bog‘liq holatlarni bashorat qilishda foydalanish yaxshi samara beradi.Kriminologiyada ilmiy bashorat ishlarini yuritishda modellashtirish metodi ham joriy etiladi. Ma’lumki, kelgusida bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikni oldindan tadqiq etish juda murakkab, ya’ni bu jinoyatchilik hali mavjud emas. Ushbu mavhumlikdan chiqib ketish esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatni shakllantirish modelini yaratishni talab etadi. Bu esa kriminologiyada ilmiy bashoratning o‘zagini tashkil etadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib tasavvur qilinsa, ya’ni alohida turdagi bir jinoyat aytaylik o‘n yil avval qanday sodir etilgan, uning sodir etilishiga ta’sir etgan muhit va jinoyatchining shaxsi to‘g‘risida tadqiqotchida yetarlicha axborot bo‘lishi mumkin. Biroq aynan shu turdagi jinoyat o‘n yildan so‘ng qanday sodir etiladi va uning sodir etilishiga ta’sir etuvchi muhit qanday bo‘lishi mumkinligini avvaldan aytish murakkab vazifadir. Aynan shu holatdan kelib chiqqan holda alohida olingan jinoyatning modelini yaratishga ehtiyoj seziladi. Bu borada fan-texnika yutuqlariga tayanish, EHM orqali dasturlar yaratish katta ahamiyatga ega.
Download 40.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling