O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»
Download 20.7 Kb.
|
mustaqil ish
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 6 bo‘lim,26 bob 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi. O‘zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu jarayon tabiiy va o‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan Konstitusiyada o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendum O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. Referendum qarorlariga ko‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi. Referendum yakunlariga ko‘ra 2003 yil 24 aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 89 – moddasiga, 93 – moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrida qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77- moddasining birinchi qismiga o’zgartirish kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o’zgartirish kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi99 va 102-moddalariga o’zgartirish kiritilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan bu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda Download 20.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling