O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining


Download 17.05 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi17.05 Kb.
#1141988
Bog'liq
254-III 26.10.2015




O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining “2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”ning IV-yo‘nalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim doirasidagi qonunchilikni va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining axborotini eshitish haqidagi taklifi to‘g‘risida
Hukumat a’zolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibining 3 va 4-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston ekologik harakati deputatlari guruhining “2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”ning IV-yo‘nalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim doirasidagi qonunchilikni va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining axboroti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Tadbirni, shuningdek ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga yuboriladigan tahminiy savollar ro‘yxatiga rozilik berilsin.
4. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri nomidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga taklif etish to‘g‘risida taxminiy savollar ro‘yxatini ilova qilgan holda xat tayyorlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining “2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”ning IV-yo‘nalishida belgilangan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim doirasidagi qonunchilikni va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” chora-tadbirlarining bajarilishi bo‘yicha axborotini eshitishga tayyorgarlik ishlari borishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari B.B. Alixonov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-oktabr,
254-III-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 10-son, 385-modda)

Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling