1.1. Davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash
|
1.1.1. Davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasini Q�raqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi majlislarida, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlarining sessiyalarida muhokama qilish yakunlari Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida eshitilishini ta’minlash.
Senatorlarning mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari bilan vakillik organlarining demokratik ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ilgarilatishdagi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik, fuqarolik nazoratini amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
|
2010-yil dekabr oyi — keyingi yillar
|
Senat Kengashi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
|