5.2. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishini ta’minlash, ularning amalga oshirilayotgan islohotlar ochiqligi va samaradorligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish, eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda hamda katta ijtimoiy ahamiyatga moli� muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini yaratish.
|
5.2.1. Sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirok etishi amaliyotini joylarda o‘rganish. Eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokining huquqiy asosini, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ana shu maqsadlarda Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining, xususan atrof-muhitni muhofaza qilish, kasanachilikni rivojlantirish sohasidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga, ular tomonidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishiga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
|
2011-2012-yillar — ish rejasiga muvofiq
|
Senatning Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda
|