O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni


Oliy Majlis deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari faoliyati


Download 105.5 Kb.
bet6/10
Sana15.06.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1477565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Parlamenti

Oliy Majlis deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari faoliyati
«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da Oliy Majlis deputatlarining fraksiyalari, blok1ari to'g'risida ham ma'lumotlar bor. Bu qonunning 36moddasida ko'rsatilishicha, Oliy Majlisning siyosiy partiyalar va davlat hokimiyati vakillik organlari va saylovchilar tashabbuskor guruhlari tomonidan ko'rsatilgan deputatlari fraksiyalar va bloklarga birlashishlari murnkin.
Oliy Majlis deputati faqat bitta deputatlar birlashmasi (fraksiya, blok)da bo'lishga haqli.
Fraksiyalar, bloklar o'z faoliyatini Oliy Majlis tomonidan ro'yxatga olinganidan keyin amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari doirasida ish olib boradi. Fraksiya, blok rahbari fraksiyani, blokni ro'yxatga olish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan ariza bilan Oliy Majlisga murojaat etadi. Arizalarni Oliy Majlis sessiyasida qarab chiqish vaqtida fraksiyalarning, bloklarning rahbarlari tuzilgan fraksiyaning, blokning maqsad va vazifalari to'g'risida axborot berishi, boshqa ma'lumotlarni aytishi mumkin.
Oliy Majlis rasmiy fraksiyalarni, bloklarni ro'yxatga olish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis blok va fraksiyalarining faoliyati to'g'risidagi masala mantiqan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va unga saylov to'g'risidagi qonunlardan kelib chiqadi. Bu hujjatlarga muvofiq, O'zbekistonda ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi fsosida rivojlanadi; siyosiy partiyalar xalqimiz turli tabaqa va guruhlarining irodasini ifodalab, deputatlikka saylangan o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda va uning faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etadi. Chunki partiya xalqning, ijtimoiy qatlamning bir qismi bo'lsa, blok va fraksiyalar Oliy Majlis hamda siyosiy partiyaning muayyan bo'lagidir. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1996-yil 26-dekabrda «Siyosiy partiyalar to'g'risida» alohida qonun qabul qilib, unda siyosiy partiyalarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari faoliyatiga alohida modda ajratdi.
Qonunning 13-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan deputatlarning ta'sis yig'ilishlarida va o'z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o'tkazish uchun tuziladi.
Siyosiy partiyaning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega: sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish; sessiya kun tartibidagi har bir masala bo'yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so'z berilishi; tegishli ravishda respublika hukumatiga, vazirlarga, boshqa davlat organlarining rahbarlariga so'rovlar bilan murojaat etish; Oliy Majlis rahbarligiga, qo'mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bo'yicha takliflar kiritish; sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo'yicha fraksiya fikrini deputatlar orqali bildirish; nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining va blokning rahbarlari Oliy Majlis Kengashining tarkibiga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq I sessiyasida 2000-yil 22yanvarda Oliy Majlisning deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari ro'yxatga olindi. Partiya fraksiyalari bir-biridan farq qiladigan o'z faoliyat dasturlariga ega bo'lib, Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyatida siyosiy murosalar asosida ish olib borib, eng muhim vazifalarni bajarishga ko'maklashmoqdalar.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling