O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni


Download 105.5 Kb.
bet2/10
Sana15.06.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1477565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Parlamenti

Oliy Majlis vakolatlari.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g'-risida»gi qonunning 4-moddasi Respublika Oliy Majlisining vakolatlarini belgilagan edi. Respublika Oliy Majlisining mutloq vakolatlari Respublika Konstitutsiyasining 78-moddasida to'liq ko'rsatib berilgan. 1978-yilgi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, respublikada butun davlat hokimiyatini oliy hokimiyat organi amalga oshirar edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentlik shakliga o'tganligi munosabati bilan Respublikaning yangi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis to'g'risidagi qonun Oliy Majlis vakolatlarini, uning asosan qonun chiqaruvchi organ ekanligini belgiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatini ko'zlab va faqat davlat idoralari tomonidangina amalga oshiriladi. Shuning uchun O'zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga zid hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan, O'zbekiston Oliy Majlisining qonun chiqarish sohasidagi mutloq vakolatlarini shaklan besh guruhga bo'lish mumkin. Jumladan: I) davlat qurilishi sohasidagi; 2) xo'jalik sohasidagi; 3) boshqaruv va sud organlarini tuzish sohasidagi; 4) O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi qonunchiligi sohasidagi; 5) xalqaro aloqalar sohasidagi vakolatlardir.
Oliy Majlisning davlat qurilishi sohasidagi qonunchilik vakolatiga quyidagi masalalar kiradi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o'zgartishlar va qo'shimlar kiritish; O'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizimini va vakolatlarini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq belgilash; O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularni O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarini tasdiqlash; ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi chegaralarini o'zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomini o'zgartirish va ularning chegaralarini o'zgartirish; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; vakolati tugashi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning o'rinbosarlarini saylash; davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish.
Oliy Majlisning xo'jalik sohasidagi qonunchilik vakolatlari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo'li bilan tartibga solish; Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish.
Oliy Majlisning O'zbekiston Respublikasining boshqaruv va sud organlarini tuzish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining Bosh vazirini, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a'zolarini, Bosh prokuror va uning o'rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish, vazirliklar, davlat qo'mitalari va davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda ularni tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi va a'zolari, Oliy sudning raisi va a'zolari, Oliy xo'jalik sudining raisi va a'zolari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisi lavozimiga tayinlash.
Basharti, lavozimga ko'rsatilgan nomzod Oliy Majlis tomonidan qo'llabquvvatlanmasa, mazkur masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining boshqa taklifi muhokama qilinadi.
Oliy Majlisning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi sohalari bo'yicha vakolatiga respublika huquq tizimining barcha sohasidagi qonunlarni qabul qilish hamda ularga tegishli o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish kiradi.
Oliy Majlisning xalqaro masalalar sohasidagi vakolatlariga xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya qilish (barvaqt to'xtatish); O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to'xtatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o'z faoliyatini uning tarkibiga saylangan deputatlar orqali amalga oshiradi.
Oliy Majlis deputati o'z saylovchilarining, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko'rsatgan tegishli siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlarining va nomzod qilib ko'targan tashabbuskor guruhlarning vakili hisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining deputatlari o'z huquqlari va burchlarini ijro etishda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda 1995-yi1 6-mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida xalq deputatlarining maqomi to'g'risida»gi qonunga amal qilgan holda ishlaydilar. Bu qonunda Oliy Majlis deputatining huquqlari, burchlari va faoliyatining shakllari va kafolatlari to'la ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va qonunchilik palatasi to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonunlarining 8-moddalarida Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlarini belgilab bergan. Mazkur qonunlarning 9moddalarida Senat va Qonunchilik palatasining vakolatlari belgilab qo'yilgan.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling