O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni
Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining faoliyati
Download 104 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Partiyalari tarixi va faoliyati
Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining faoliyati
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining samarali faoliyat ko’rsatishida, uning vakolatlarini amalga oshirishda Oliy Majlisning muhim organlari hisoblangan qo'mita va komissiyalar alohida o'rin tutadi. Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalarining vakolatlari, ularni tuzish va faoliyat ko'rsatish tartibi «O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti», «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo'mitalari va komissiyalari to'g'risida»gi nizom bilan belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlis muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, qonunlarning va Oliy Majlis qarorlarining ijrosini nazorat kilib turish maqsadida deputatlar orasidan qo'mitalar va komissiyalarni saylaydi hamda ularning raislarini tasdiqlaydi. Qo'mita va komissiyalarni tuzish chog'ida deputatlarning kasbiy va boshqa xil qiziqishlari, ularning ishlab chiqarishga oid hayotiy tajribalari, erkin bildirilgan xohishistaklari inobatga olinadi. Qo'mita va komissiyalar tarkibida fraksiyalar va bloklardan vakil deputatlar bo'lishi ta'minlanadi. Qo'mita va komissiyalar Oliy Majlisning vakolat muddatiga teng muddatga tuziladi. Qo'mita va komissiyalar ro'yxati va ular a'zolarining miqdori O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi. Qo'mita yoki komissiya tarkibiga Oliy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari saylanishlari mumkin emas. Oliy Majlis deputati Oliy Majlisning faqat bitta qo'mitasi yoki komissiyaga saylanishi mumkin, qo'mita yoki komissiya tarkibiga saylanmagan deputat ularning ishida maslahat ovozi bilan jshtirok etishga haqlidir. Qo'mitalar va komissiyalarning barcha a'zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalari Oliy Majlis oldida mas'ul bo'lib, unga hisob beradilar. Zarur hollarda Oliy Majlis istalgan vaqtda yangi qo'mitalar va komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilganlarni tugatishi yoki qaytadan tashkil etishi mumkin. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida»gi qonunning 23-moddasida ushbu qo'mita va komissiyalarning vakolatlari ko'rsatilgan. Bu qo'mita va komissiyalar: Oliy Majlis, uning Raisi, Oliy Majlis Kengashi top shirig'iga binoan yoki o'z tashabbuslari bilan tasarruflaridagi masalalar bo'yicha qonunlarning va Oliy Majlis boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadilar; qonun hujjatlarini takomillashtirish bilan bog'liq masalalarni tayyorlaydilar, Oliy Majlis sessiyasi kun tartibiga doir takliflarni kiritadilar; qo'mita yoki komissiya ishida ishtirok etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari vakillarini, mutaxassislar va olimlarni taklif etadilar; o'zlari ishlab chiqqan qonun loyihalarini ham, qonun chiqarish tashabbusi tariqasida tushgan qonun loyihalarini ham ilmiy ekspertizaga yuboradilar va ularning fikrlarini so'raydilar; o'rganib chiqish uchun o'zlariga berilgan qonun loyihalari yuzasidan o'z xulosalari, takliflari va mulohazalarini yuboradilar; Oliy Majlis yig'ilishlarida o'z tasarruflaridagi masalalar bo'yicha ma'ruzalar va qo'shimcha ma'ruzalar bilan so'zga chiqadilar; yuborilgan respublika byudjeti loyihalarini, uning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni, shuningdek, davlat strategiya dasturlari loyihalarini qarab chiqadilar; o'z tasarruflaridagi masalalar yuzasidan respublika hukumatiga takliflar kiritadilar; o'z tasarruflaridagi masalalar bo'yicha davlat organlari va jamoat birlashmalaridan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, yozma xulosalar, hisobotlar va boshqa ma'lumotlarn talab qiladilar; qonunlarning va respublika Oliy Majlisi boshqa qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar; vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar rahbarlarining, Qoraqalpog'iston Respublika Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining qonunlarni, Oliy Majlisning boshqa hujjatlarini va qo'mitalar, komissiyalar tavsiyalarini bajarish yuzasidan axborotlarini eshitadilar. Konstitutsiya va boshqa huquqiy hujjatlar Oliy Majlis qo'mita va komissiyalarining zimmasiga bir qator vakolatlarni yuklasa-da, ular qonun chiqarish hokimiyatini amalga oshiruvchi Oliy Majlis singari mustaqil davlat organi hisoblanmaydilar va shu bois normativ hujjatlar qabul qilmaydilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning Kengashining topshiriqlarini bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiyalar tuzilishi mumkin. Muvaqqat komissiyalarning vazifasi va ularning faoliyat tartibi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ularni tuzish chog'ida belgilab qo'yiladi. Muvaqqat komissiyalar o'z zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarib bo'lganlaridan keyin yoxud Oliy Majlis yoki uning Kengashi qaroriga binoan, faoliyatlarini muddatidan ilgari to'xtatadilar. Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalari ishni o'z rejalariga, Oliy Majlis, uning Raisi hamda Kengashi topshiriqlariga va tavsiyalariga muvofiq tashkil etadilar . Qo'mita va komissiyalar masalalarni jamoa bo'lib erkin muhokama qilish, oshkoralik hamda keng tashabbuskorlik asosida hal etadilar . Oliy Majlisning Raisi qo'mita va komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Oliy Majlis qo'mita va komissiyalarining majlislari ochiq o'tkaziladi. Majlislarga davlat hamda jamoat idoralari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislari va olimlar taklif etilishlari mumkin. Ular majlislarda maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadilar. Ko'rib chiqiladigan masalalar yuzasidan komissiya va qo'mitalar tavsiya tarzida qarorlar qabul qiladilar va xulosa1ar chiqaradilar. Oliy Majlisning qo'mita va komissiyalarida barcha masalalar ular a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan hal etiladi. Komissiya yoki qo'mitaning qarorlari, xulosalar va majlis bayonlarini komissiya yoki qo'mita raisi imzolaydi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar tegishli idoralar va tashkilotlarga yuboriladi va zarur hollarda Oliy Majlis Raisi va Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziriga ma'lum qilinadi. Davlat organlari va jamoat birlashmalari qo'mitalar va komissiyalarning qarorlarini olgach, ko'rib chiqishlar, natijalar va ko'rilgan choralar haqida, agar qarorda o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, uzog'i bilan bir oy muddat ichida xabar qilishlari shart. Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalari o'z faoliyatlarini oshkoralik asosida amalga oshiradilar, faoliyatlari haqida jamoatchilikni xabardor qiladilar. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling