O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni


Download 104 Kb.
bet8/10
Sana15.03.2023
Hajmi104 Kb.
#1271055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Partiyalari tarixi va faoliyati

Oliy Majlis Kengashi vakolatlari
Oliy Majlis ishini tashkil etish hamda Oliy Majlis to’g’risidagi qonunda ko'rsatilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish uchun Oliy Majlisning birinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi tuziladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining tarkibiga Oliy Majlis Raisi, uning o'rinbosarlari, qo'mitalarning, mandat komissiyasining raislari, Oliy Majlis rasmiy blok va fraksiyalarining vakillari kiradilar. Oliy Majlis Kengashiga Oliy Majlisning Raisi boshchilik qiladi. Oliy Majlis Kengashining majlislari zaruratiga qarab chaqiriladi va Kengash umumiy tarkibining yarmidan ortig'i hozir bo'lgan taqdirdagina vakolatli bo'ladi. Oliy Majlis Kengashining qarorlari, uning majlislarida hozir bo'lganlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuningdek, qarorlar Oliy Majlis Kengashi tarkibining a'zolaridan birma-bir so'rab chiqish yo'li bilan ham qabul qilinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Oliy Majlis Kengashining majlislarida katnashish huquqiga ega. Undan tashqari, Oliy Majlis Raisining taklifiga muvofiq, Kengash majlislarida Oliy Majlis deputatlari, shuningdek, davlat organlari, jamoat birlashmalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar ham qatnashishlari mumkin.
Oliy Majlis Kengashining vakolatlari «O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi. Bu qonunning 17-moddasiga binoan, Oliy Majlis Kengashi Oliy Majlis sessiyasi kun tartibiga va ish tartibiga doir takliflarni tayyorlaydi; Oliy Majlis qo'mitalari va komissiyalarining amalga oshirilayotgan ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni hamda qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlarining ijrosi to'g'risidagi axborotlarni eshitadi; qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirishni uyushtiradi; Oliy Majlis Raisining taklifiga binoan, qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni dastlabki tarzda ko'rib chiqadi; Oliy Majlis sessiyasida deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarni tahlil etadi, hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; sessiyalar oralig'idagi davrda qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartiblarda Oliy Majlis deputatlarini javobgarlikka tortishga, shuningdek, ish joyidagi ma'muriyat tashabbusiga ko'ra deputatlarni ishdan bo'shatishga rozilik berish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqadi; Oliy Majlis ishi va deputatlar o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishlari bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalarni ko'rib chiqadi.
Oliy Majlis Kengashi o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Bu qarorlar belgilangan tartibda e'lon qilinadi.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling