O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari. Reja
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
Download 19,53 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
ishlarni nazorat tartibida ko`radi; sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko`rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo`llash masalalari bo`yicha tushuntirishlar beradi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay'atlarining tarkibi va raislarini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to`g`risidagi axborotni, shuningdek, sudlov hay'atlarining faoliyati haqidagi ma'ruzalarni tinglaydi; Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari O`zbekiston Respublikasi harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo`llash amaliyoti to`g`risidagi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo`llash masalalari bo`yicha tushuntirishlarini bajarish to`g`risidagi ma'ruzalarini tinglaydi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay'ati tarkibini tasdiqlaydi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ishni nazorat tartibida ko`rish chog`ida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ish holatlari va protest vajlari haqidagi ma'ruzalarni tinglaydi. So`ngra O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, shuningdek, basharti taraflar ishtirok etayotgan bo`lsa, ularning fikrlari tinglanadi. Protestni muhokama qilish va ovoz berish chog`ida majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a'zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi sud oxirida ovoz beradi. Protest yuzasidan qaror, agar uni yoqlab O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenum a'zolarining ko`pchiligi ovoz bergan bo`lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ishni ko`rishga ilgari qatnashgan sudya ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas. Ko`pchilikning ovozini olmagan protest rad qilingan hisoblanadi. Shundan so`ng takliflar tushish navbatiga qarab ovozga qo`yiladi. Qabul qilingan qaror bilan rozi bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zosi o`z fikrini yozma ravishda bayon etishga haqli bo`lib, bu fikr O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining muayyan sud ishlari bo`yicha qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va qonunda nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. Muayyan sud ishlarini hal etish bilan bog`liq bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Bosh prokurori tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishlicha ularning ma'ruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning ma'ruzalari bo`yicha tinglanadi. Ushbu masalalarning muhokamasida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a'zolarining ko`pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Qonun hujjatlarini qo`llash masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo`llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim bo`yicha kiradilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o`tkaziladi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a'olarining ko`pchiligi hozir bo`lgan taqdirda vakolatli bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ushbu Qonunning 18-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati: ishlarni nazorat tartibida ko`radi; sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko`rib chiqadi; Qoraqalpog`iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati to`g`risidagi va qonun hujjatlarini qo`llash amaliyoti to`g`risidagi ma'ruzalarini tinglaydi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini ko`rib chiqadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari: ishlarni birinchi instansiyada, apellatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko`radi; sud amaliyotini o`rganadi va umumlashtiradi; sud statistikasini tahlil qiladi; qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Download 19,53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling