O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari. Reja


 O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlarining vakolatlari


Download 19.53 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1516134
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari.

3O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlarining vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi quyidagi vakolatlarga ega:
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
· sudlarning hal qiluvchi qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
· sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
· sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluvchi qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to`xtatib turadi;
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi:
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar bo`yicha qabul qilgan qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
· ishni bir suddan ikkinchi bir sudga olib berish masalasini hal qiladi;
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
· qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va normativ huquqiy hujjatlarning O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emasligi haqida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibi, sudlov hay'atlarining hamda umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hay'ati tarkibi va raislari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
· O`zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qo`zg`atadi;
· rais o`rinbosarlari o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi;
· O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
· buyruq va farmoyishlar chiqaradi;
· fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish ishlarini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlarining raislari quyidagi vazifalarni bajaradi:
· sudlov hay'atlari ishini tashkil etadi va ularning majlislarida raislik qiladi;
· sudlov hay'atlarining faoliyati to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga ma'ruzalarni taqdim etadi;
· sud amaliyotini umumlashtirish uchun sud ishlarini talab qilib oladi;
· qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi.
Ushbu farmonda sud hokimiyatining ikki oliy organi –O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta'minlanmasligiga olib kelayotgani aytiladi.
Farmon matnida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017 yil 1 iyundan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay'ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay'atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish;
ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;
amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10–12 va 8 razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar”.
Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling