O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan
Download 24,22 Kb.
|
Toshboyev 2.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOTI INSTITUTI 5312400-MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI MEM-200 (20) GURUH MUSTAQIL ISH MAVZU: ENERGIYA YO’QOTILISHINING OLDINI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI. Topshirdi: Jo’rayev B. F. Qabul qildi: Toshboyev A. Qarshi-2023. Mundarija. Kirish. Imorat va inshootlarda Issiqlik va elektr yo'qotishlar. Imorat va inshootlarning issiqlik izolyatsiyasi. Energiya yo’qotishlarning oldini olish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
Hozirda dunyoda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 40% va barcha energiya resurslarining 37% uy-joy va jamoat binolarida ishlatiladi. Binolar energiya iste’molining sezilarli ulushini (40-60%) yoritish tashkil etadi. Yoritishga bo'lgan elektr energiya sarfini qisqartirish ikkita asosiy yo‘l: - yoritishning nominal quvvatini pasaytirish; - yoritgichlardan foydalanish vaqtini kamaytirish bilan belgilanadi. Yoritishning nominal (o'rnatilgan) quvvatini pasaytirish birinchi navbatda, kichik energiya iste’moli bilan kerakli oqimni beruvchi samaraliroq yorugiik manbalariga o'tishni bildiradi. Bunday manbalar kompakt lyuminessentli lampalar bo'lishi mumkin. Jamoat binolarida eng samarador yoritgichlarni qo'llash mumkin. Yoritgichlardan foydalanish yoritish qurilmalarini zamonaviy boshqarish tuzilmalarini, rostlash va nazorat qilishni tatbiq etish bilan erishiladi. Rostlanuvchi lyuminessentli yoritgichlarni qo'llash ularni pasaytirilgan (nominalga nisbatan) quvvatlarda ishlatish imkonini beradi. Bu shuni ko'rsatadiki, yoritishning o'zgarmas o'rnatilgan quvvatida, haqiqiy iste’mol etilayotgan quvvat va energiya iste’moli pasayadi. Yoritish yuklamasini boshqarish ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi; 1. barcha yoki bir qism yoritgichlarni o'chirish bilan (diskret boshqarish); 2. yoritgichlarning quvvatini ravon o’zgartirish (barcha uchun bir xil yoki yakka tartibda). Chet davlatlar bilan solishtirganda, bizning mamlakatimiz imorat va inshootlarida nisbatan yuqori energiya iste’molining sababi shundan iboratki, barcha mavjud imoratlar qurilish vaqtida mavjud bo‘lgan qurilish normalari va standartlarga muvofiq qurilgan bo‘lib, ular 1964-yilgacha harorat qarshiligini 0,75 m2*K /Vt deb ko‘zda tutilgan. Bu ko'rsatkichning haqiqiy qiymati 1962-yilgacha ancha kam bo’lgan, 1965—1993 yillarda esa 1,25 m2* K/Vt ga vetgan. 1994-yilda devorlarning harorat qarshiligi bo'yicha yangi normalar (hozirda ular 2,25 m2* K/Vt ni tashkil etadi) kiritilishi bilan, barcha oldingi qurilgan imoratlar zamonaviy texnik talablarga javob bermaydigan toifaga tushib qoldi. Shuni ta’kidlash kerakki, devorlarning qarshiligi bo'yicha bu past normalarning ishlash vaqtida, ommaviy seriyadagi panelli binolar qurilishi amalga oshirildi, ulardan ko'plari qurilish normalarini chetlagan holda qurildi. Qurilish-montaj ishlarining past sifati shunga olib keldiki, uy-joy - foydalanish xizmatlari yildan-yilga ta’mirlash-qurilish ishlariga katta mablag' sarf etib kelmoqdalar. Bu panellar tutashgan joylari va derazalarni devorlar bilan tutashgan qismiga tegishli bo'lib, aynan shu joylarda issiqlikni ko'p yo'qotishlari sodir bo'ladi. Shuning uchun hozirda, qurilish-montaj ishlarining sifatini issiqlik ko'ruvchi (infraqizil suratga olishdan foydalanib) yordamida nazorat qilish qo'llanilmoqdaki, bu issiqlik sizib chiqadigan joylarda sifatsiz ishlar qilinishini oldini olmoqda. Issiq va energiya tejamkor konstruksiyalarni olish muammosiga oxirgi yillarda bizning mamlakatimizda katta e’tibor qaratilmoqda. Ular, birinchidan mustahkam, qattiq boiishi yuklamalarni qabul qilishi, ya’ni kolarib turish mexanizmlar boiishi, ikkinchidan esa ichki fazosini, yomgir, issiqlik, sovuqlikdan va atmosferaning boshqa ta’sirlaridan himoya qilishi kerak, ya’ni past harorat o’tkazuvchanlikka ega bo’lib, suvga va sovuqqa chidamli bo’lishi kerak. Tabiatda bu ikkala talablarga birday javob beradigan material mavjud emas. Qattiq konstruksiyalar uchun ideal material, bu-metall, beton yoki g'ishtdir. Issiqlik bilan o‘rashga faqat samarali issiqlik o'rash, bu paxta hisoblanadi. Shuning uchun, to'suvchi konstruksiya mustahkam va issiq boiishida kamida ikkita material aralashmasi yoki kompozitsiyasini qo‘llaydilar - konstruksion va issiqlik izolyatsiyasi materiallarini. Kompozitsion to'suvchi konstruksiya o'z navbatida bir-biridan farq qiladigan quyidagi tizim va konstruksiyalar ko'rinishida keltirilishi mumkin: 1. Karkas oralarini samarali isitgich bilan to'ldirilgan qattiq karkas. 2. Qattiq to‘suvchi konstruksiya (masalan, g'ishtli yoki betonli devor), qaysiki binoning ichki tomonidan isitilgan, yoki ichki isitgich deb nomlanadigan konstruksiya. 3. Orasida samarali isitgich joylashgan ikkita qattiq plastinkalar, masalan, quduqsimon terilgan g'isht, ustma-ust terilgan temir-beton panellari va h.k. 4. Tashqi tomonida isitgich bo'lgan yupqa to'suvchi konstruksiya (devor), tashqi isitgich deb nomlanadigan konstruksiya. Tashqi issiqlik izolyatsiyasi uchun qo'llanadigan issiqlik izolyatsiya tizimlari quyidagilarga bo'linadi: - yupqa suvoq va yopuvchi qatlamli; - qalin suvoqli (30 mm gacha); - «quruq issiqlik izolyatsiya»li («otnos»da isitish tizimi;) - monolit issiqlik izolyatsiyasi penopoliuretan bilan isitish, «termoshil -uy» yopgichi; - hajmiv massasi 400 kg/m3 dan kam bo'lgan yacheykali betondan. U yoki bu tizimni qo'llash moderinizatsiya qilinayotgan binoning konstruktiv xususiyatlari va texnik iqtisodiy hisobkitoblar bilan aniqlanadi. Bu hisob-kitoblar keltirilgan xarajatlarga asoslangan bo'lishi kerak, chunki tashqi devorning 1m2 ni isitib o'rash narxi 15 dan 50 AQSH doilari orasida o'zgaradi. bu narx to’ldirilayotgan deraza bloklarini va shamollatish hamda isitish tizimini modernizatsiyalashni hisobga olmagandagi narx. Shunga qaramasdan mavjud turar joy fondini ishlatishda energiya tejamlash potensiali juda katta va 50% ni tashkil etadi. Bu konstruksiyalarning har biri o'zining afzalliklari va yetishmovchiliklariga ega bo’lib, uni tanlash mahalliy sharoitlarning ko'p omillariga bog’liqdir. Elektr va issiqlik energiyasining yo’qotilishlarini kamaytirish uchun bino yoki inshootlarda bir necha yil ichida tekshiruv ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Masalan elektr yo’qotishlarning oldini olish uchun eskirgan kabellarni yangisiga almashtirish, yoritish uskunalarini ham kam quvvat sarf etuvchilariga almashtirish, avtomatik tizimlardan foydalanib o’chirib va yoqish amallarini bajarish, energiya tejamkor uskunalardan ko’proq foydalanish kerak. Issiqlik energiyasining yo’qotilishi esa asosan binoning qurilish strukturasi va foydalanilgan materiallarining turiga bog’liq. Buning uchun avvalo loyihalash ishlari mukammal olib borilishi kerak. Iste’molchiga keltirilayotgan energiya undagi barcha uskuna va jihozlar iste’moli uchun sarf bo’lgan energiyaga teng bo’lishini hisoblab loyihalash ishlarini olib boramiz. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. ENERGIYA TEJAMKORLIK ASOSLARI. F. A. XOSHIMOV, A. D. TASLIMOV. TOSHKENT «VORIS-NASHRIYOT» 2014. Karshibayev A.I., Ataullayev N.O., Narzullayev B.Sh.. ―Energiya tejamkorligi asoslari: O‘quv qo‘llanma. А. РАДЖАБОВ М. ИБРАГИМОВ А. БЕРДЫШЕВ ЭНЕРГИЯ ТЕЖАМКОРЛИК АСОСЛАРИ Ўқув қўлланма. Internet saytlari Arm.qmii.uz Arxiv.uz Kutubxona.uz Download 24,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling