Oʼzbekiston respublikаsi oliy talim fan vа innavatsiyalar vаzirligi


Iqtisodiy rayon aholisi va mehnat resurslari


Download 86.97 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi86.97 Kb.
#1574723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI

1.2. Iqtisodiy rayon aholisi va mehnat resurslari
Iqtisodiy rayon aholisi va mehnat resurslarini ushbu iqtisodiy rayonda joylashgan uchta viloyat aholisi hamda mehnat resurslari birgalikda tashkil etadi. Quyida ularning har biri bilan alohida tanishib o’tamiz. Buxoro viloyati; Aholi soni 1437 ming kishi, u 1989 yilga nisbatan (1136 ming) deyarli 1,3 martaga yoki 300 ming kishiga ko’paygan. Tug’ilish bu erda har ming aholiga 20 kishi o’lim ko’rsatkichi 4,6 kishiga to’g’ri keladi. Demak, tabiiy ko’payish 15,0-15,5 promille, yoki 1,5 foizga barobar. Tug’ilish koeffitsenti faqat Buxoro shahrida pastroq (13,1 promille), qishloq tumanlari doirasida esa u katta farq qilmaydi (20-24 promille). Aholi migratsiyasi shahar va qishloq joylarida manfiy natijaga ega. Masalan, 1997 yilda migratsiya qoldig’i shaharlarda minus 2,0 ming, 1998 yilda esa 1,9 ming kishiga teng bo’lgan, qishloqlarda mazkur ko’rsatkich 800-900 kishini (minus) tashkil qiladi. Aholi viloyat hududida nihoyatda notekis joylashgan. O’rtacha zichlik 1 km maydonga 36 kishiga teng holda u bevosita Buxoro-Qroako’l vohasida ancha yuqori ko’rsatkichga ega. Viloyatning katta cho’l qismida esa aholi zichligi juda past. Tumanlar doirasida ushbu ko’rsatkich Peshkuda o’n kishiga etmasa, u Vobkentda 350 kishini tashkil qiladi.
Viloyatda 11 shahar va 2 shaharcha mavjud bo’lib, ularda jami aholining 31,1foizi yashaydi. Buxoro (Buxoroi Sharif) aholi soniga ko’ra respublikamizda Toshkent, Namangan, Samarqand va Andijondan so’ng beshinchi o’rinda turadi; bu yerda 240 ming kishidan ziyodroq aholi istiqomat qiladi. Buxoro viloyatining ikkinchi shahri Kogon (53 ming kishi); undan keyingi pog’onani esa ko’hna g’ijduvon egallaydi. Qolgan shaharlarda aholi soni 20 ming kishidan kamroq Viloyat shaharchalar soni bo’yicha O’zbekistonda eng oxirgi o’rinda-bu erda atigi Zafarobod va Jondor shaharchalari mavjud bo’lib, ularning har birida 6-8 ming kishidan aholi yashaydi, holos. Mehnat resurslari 752 ming kishi, shundan 600 ming kishiga yaqini xo’jalikning turli shakllarida band. Boshqa hududlarda o’xshash bu erda ham ishchi kuchidan samrali foydalanish muammosi mavjud.
Xo’jaligining umumiy tarifi. Viloyat iqtisodiyoti agrar-industrial yo’nalishga ega. Mustaqillik yillarida Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha respublikamizda eng oldingi o’rinlarda. Masalan, ana shu yillarda bu erda sanoat mahsuloti 3 martadan ziyodroq ko’paydi. (solishtirma narxda). Agar Buxoro viloyati sanoatining rivojlanish indeksi 1991 yilda 0,50, yani o’rtacha respublika ko’rsatkichidan 2 marta past bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda u 1,25 ni tashkil qiladi; mazkur makroiqtisodiyot tarmog’ining rivojlanishi bo’yicha viloyat O’zbekistonda 9 o’rindan 6 o’ringa chiqib oldi.
Jumladan, 2009 yil natijalari ham Buxoro viloyati uchun ijobiy: yalpi ichki mahsulot 1999 yilga nisbatan 104,5 foizga, sanoat 102,9 xalq istemol mollari 105,9, qishloq xo’jaligi mahsuloti 107,2, qurilish 105,5, chakana savdo oboroti 110,0, kapital mablag’ sarflash 109,1 foizga o’sgan. Bular, albatta, respublikada ancha yuqori ko’rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizning neft mustaqilligini taminlashda Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta ishlash zavodining ahamiyati katta bo’ldi. Ushbu korxona asosan Frantsiya bilan hamkorlikda qurilib, buning uchun taxminan 500 mln AQSh dollari sarflandi. Hozirgi vaqtda viloyatda, bundan tashqari 50 ga yaqin qo’shma korxonalar barpo etilgan. Ular jumlasiga AQSh bilan qurilgan «Qorako’lteks», «Romsib»-Romitanda Rossiya bilan qurilgan QK, qayta jihozlanayotgan «Buxoroteks», ishga tushirilgan «Buxoro-Koskom» uyali telefon aloqasi, «Urug’chilik kompaniyasi», Romitandagi «Transfrukt», Vobkentdagi «Mideteks», «Mramor», «Buxoroyo’lgranit» kabilar kiradi. Qo’shma korxonalarni qurishda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya qatnashgan. Yaqin 5 yilda bu erda yana 30 dan ortiq QK qurilib ishga tushiriladi, buning natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada oshadi, minglab yangi ish o’rinlari yaratiladi. Buxoro viloyati O’zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining 3,8 foizini beradi. Mazkur tarmoqda iqtisodiy faol aholining 9 foizi band. Jami sanoat korxonalari 65 ta, sanoat xodimlarining soni 33 ming kishi. Viloyatda xususan yoqilg’i va engil sanoat yaxshi rivojlangan; bu erda mamlakat yoqilg’i sanoati mahsulotining 18.7 va engil sanoatning 12.5 foiz yaratiladi. Demak, ushbu sanoat tarmoqlarining mujassamlashuv ko’rsatkichlari, yuqoridagilarga mos holda deyarli 3.0 va 2.0 ni tashkil qiladi. Jami sanoat mahsulotining 62 foizi davlat tasarrufida bo’lmagan korxonalarga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda viloyat sanoat mahsulotining 1/3dan ko’prog’i yoqilg’i, 44.3 foizini engil sanoat tashkil qiladi. Ayni chog’da bu erda elektr energetikava mashinasozlik kabi og’ir sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlanmagan.
Navoiy viloyati. Navoiy viloyatining demografik salohiyati uncha katta
emas. Hudud suv zahiralariga tanqisligi tufayli aholi zichligining eng past ko’rsatkichlariga ega (1 km2ga 7.1 kishi-O’zbekistonda oxirgi o’rinda). O’rtacha har bir qishloq tumaniga 13.9 ming km2dan er to’g’ri keladi (respublikada bu ko’rsatkich 2.7 km2ni tashkil qiladi). Birgina Uchquduq tumanining maydoni 46.6 ming km2yoki respublika hududining deyarli 1/10 qismiga teng. U bu jihatdan O’zbekistonda Qo’ng’irot tumanidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shu bilan birga Tomdi tumanining maydoni ham nihoyatda katta-42.5 ming km2Qolgan tumanlar esa ancha kichik (eng kichigi Navoiy tumani –0,95 ming km2).Qishloq tumanlarining katta ekanligi hududning qishloq xo’jaligi va aholi joylashuvi uchun qulay sharoitga ega emasligidan darak beradi. Darhaqiqat, aholi zichligi bu erda ancha past. Jumladan, u Uchquduq tumanida 1 kishiga ham etmaydi, Tomdida bundan ham kam. Faqat Xatirchi va Navoiy tumanlarida aholi zichroq joylashgan (104 va 74 kishi).
Tumanlarning aholi soni 27 mingdan (Tomdi) 143 ming kishigacha (Xatirchi) farq qiladi. Viloyat aholisi o’sish surati 120.0 foiz, o’rtacha yillik ko’payish 1.70%. Bu borada u faqat Sirdaryo viloyatidan ustunroq, holos. Navoiy viloyatida tug’ilish koeffitsienti oxirgi 1999-2008 yillarda 19-20 promillega, o’lim 5.0-5.3 ga, tabiiy ko’payish 14-15 promillega teng. Tug’ilishning eng yuqori ko’rsatkichlari Xatirchi va Nurota tumanlariga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda tashqi migratsiyaning aholi sonini o’sishiga tasiri ayrim yillarda salbiy. Masalan, 1998 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1.3 ming kishini tashkil qilgan. Viloyatda 6 shahar va 7 shaharcha mavjud bo’lib, ularning barchasida jami aholining 40,4 foiz yashaydi. Ko’rinib turibdiki, umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi bu erda ancha yuqori. Mazkur holat, bir tomondan, hududda chindan ham sanoatning nisbatan yaxshi rivojlanganligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, intensiv qishloq xo’jaligi uchun imkoniyat cheklanganligi bilan bog’liq Navoiy shahrining aholisi 141 ming kishi, u mamlakatimizdagi 17 katta shaharlar qatoriga kiradi. Takidlash joizki, Navoiy bunday darajaga boshqa tengqur shaharlarga qaraganda juda tez, qisqa muddatga erishdi.
Zarafshonda 54 ming, Uchquduq va Nurotada 26 ming kishidan aholi yashaydi. Qolgan shahar va shaharchalarda esa aholi soni 20 mingdan kam. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 400 ming kishidan ortiqroq, ish bilan band bo’lganlar 320 ming kishi atrofida. Boshqa viloyatlarga qaraganda, bu erda ishsizlar ulushi kattaroq Jami band aholining 19.4 foiz sanoatga, 23.0foiz qishloq xo’jaligiga, 11.1foiz-qurilishga, 12.5foiz-talim, madaniyat, sanat va fanga to’g’ri keladi. So’nggi vaqtlarda yiliga 10mingdan ko’proq yangi ish o’rinlar yaratilmoqda. Biroq, ishsizlar muammosi mavjud. İqtisodiyot. Viloyat xo’jaligi ko’proq birlamchi sektorning tog’-kon sanoati va yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan. Respublika mehnat taqsimotida rangdor metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, elektr energetika va qorako’lchilik mahsulotlarini etishtirish bilan ajralib turadi. Boshqa viloyatlarda bo’lganidek, bu erda ham bozor islohotlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligining deyarli barcha mahsuloti, sanoat mahsulotining 71 foiz nodavlatkorxonalarida yaratiladi. Ushbu ko’rsatkichning nisbatan pastligi viloyat sanoatining ixtisoslashuv xususiyatlariga bog’liq Navoiy viloyatida 20 dan ortiq qo’shma korxonalar mavjud. Ulardan eng kattalari «Qizilqumtsement», «Qizilqum-Rus-Nur», «Elektroximzavod», «Zarafshon-
Nyumont» va boshqalar. Ushbu korxonalarning ko’pchiligi viloyatning tashqi savdo oborotida faol qatnashadi. 2008 yilda ham viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishildi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot 1999 yilga nisbatan solishtirma narxda 104.4foizga, sanoat 102,7, qishloq xo’jaligi 104.5, xalq istemol mollarini ishlab chiqarish 116.6, savdo oboroti 103,8, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 118.5 foizga o’sdi. Sanoat. Viloyat sanoatining eng muhim xususiyati shundaki, bu erda o’ndiruvchi (tog’-kon) sanoati ko’proq rivojlangan. Masalan, agar respublikada ushbu tarmoqqa o’rtacha 14.4 foiz sanoat mahsuloti to’g’ri kelsa, Navoiy viloyatida bu ko’rsatkich 48.7 foizga teng. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsuloti solishtirma narxda 1.4 martaga o’sdi. Bu davrda xususan rangdor metallurgiya tezroq rivoj topdi va, ayni paytda sanoat tarmoq tuzilishining takomillashuviga katta etibor berildi. Biroq, shunga qaramasdan Navoiy viloyatida asosan bazaviy sohalar-elektr energetika, qurilish materiallari va tog’-kon sanoati etakchilik qiladi. Shu bilan birga, respublikamizning ko’pchilik viloyatlariga xos ananaviy tarmoqlar –engil va oziq-ovqat sanoatiga bu erda nisbatan sust rivojlangan.
Samarqand viloyati. Viloyat aholisi soni bo’yicha O’zbekistonda eng oldinda turadi. O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida aholi sonining o’rtacha yillik ko’payishi 2,20 foizga teng bo’ldi. Aholi soni bo’yicha Urgut tumani yetakchi, uning aholisi Kattaqo’rg’on tumanini viloyatga bo’ysunuvchi shu nomli shahar bilan qo’shib hisoblaganda ham ko’proq (431,1 ming kishi). Samarqand tumanida 220,0, Pastdarg’omda 307,5 ming kishi va h.k. Ushbu tumanlar respublikamizda demografik salohiyati eng yuksak qishloq tumanlari sirasiga kiradi (Jumladan, Urgut tumani bu borada yetakchi). Eng kam aholi soni esa asosan cho’l va tog’liklardan iborat Qo’shrabot (112 ming kishi) va Nurobod (130 ming kishi) qayd etiladi. Aholi zichligi o’rtacha 1 km2 maydonga 203 kishi; eng katta ko’rsatkich Toyloq qishloq tumani (617), Samarqanda (459), Narpay (415) va Oqdaryoda (375 kishi). Samarqand va Tayloq tumanlarining ko’rsatkichi Farg’ona vodiysi qishloq tumanlariga o’xshab ketadi.

Download 86.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling