2.
|
Texnologik qism
|
|
2.1.
|
Payvand konstruksiyani yig’ish va payvandlash texnologik jarayonni tuzish……………………………………………………
|
|
2.2.
|
Payvandlash materiallarini tanlash va asoslash…………………...
|
|
2.3.
|
Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash………………………
|
|
2.4.
|
Payvandlash rejimlarini hisoblash...................................................
|
|
2.5.
|
Payvand konstruksiyani sifat nazorati.............................................
|
|
2.6.
|
Payvandlash ishlarini me`yorlash………………………………...
|
|
3.
|
Konstruktorlik qismi
|
|
3.1.
|
Konstuksiyani yig’ish va payvandlash moslamasini loyihalash….
|
|
3.2.
|
Konstruksiyani yig’ish va payvandlash uchastkasini loyihalash….
|
|
4.
|
Iqtisodiy qism……………………………………………………..
|
|
5.
|
Xayot faoliyati xavfsizligi………………………………………………
|
|
5.1.
|
Loyixalash jarayonida mavjud bo’lgan xavfli va zararli ishlab-chiqarish omillari………………………………………………….
|
|
5.1.2.
|
Bino bosh rejasi…………………………………………………
|
|
5.2.2
|
Korxonada texnika xavfsizligi…………………………………...
|
|
5.2.3.
|
Ishchilarning shaxsiy himoya vositalari. Ulardan foydalanish tartiblari………………………………………………………….
|
|
5.2.4.
|
Ishlab-chiqarishda xar xil yuk tashuvchi vagonlarni ta’mirlayotganda xosil bo’lgan xavfli va zararli omillar, hamda ruxsat etilgan xavfli va zararli omillarning me’yorlari………….
|
|
5.2.5
|
Yongin xavfsizligi……………………………………………….
|
|
5.3.
|
Atrof muhofazasi…………………………………………………
|
|
5.4.
|
Hisob qismi………………………………………………………
|
|
|
Xulosa ……………………………………………………………
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..
|
|
Kirish
Bozor iqtisodiyotining bugungi kundagi rivojlanish davrida ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mashina va mexanizmlarning samaradorligini oshirishda yeyilgan detallarni qayta tiklash muhim o‘rin tutadi. Xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qatnashayotgan mashina va mexanizmlarni turi va sonining ko‘payib borishi oqibatida ularni ta’mirlash, ayniqsa ehtiyot qismlar bilan ta’minlash muammosi shunchalik ortib boraveradi.
Mashinasozlikning ko‘pgina tarmoqlarida mashina ishlab chiqarishga ketadigan umumiy metall miqdorining 50% ga yaqini ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga sarflanadi. Ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi ham shunga mos ravishda ancha yuqori bo‘ladi.
Ishqalanish sharoitida ishlovchi detallarning ko‘plari ishchi yuzasining juda kichik miqdordagi yeyilishi hisobiga ishga yaroqsiz holga keladi. Ishga yaroqsiz holga kelgan detallarning yeyilish miqdori odatda 0,3 mm dan, detal massasining yo‘qotilishi esa 1% dan ortmaydi. Bundan tashqari, detallarning hamma qismi yeyilmasdan, uning ko‘p yuklanish qabul qilib eng noqulay sharoitda ishlovchi kichik bir qismigina yeyiladi holos. Shu sababli yeyilgan detallarni qayta tiklash yangisini tayyorlashga qaraganda ancha arzon bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘pgina hollarda yeyilgan detallarni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda detal tayyorlashda unga sarflangan mehnat va metall zahirasidan to‘laroq foydalanishga erishiladi. Shu bilan birga detallarni qayta tiklash metall olish uchun kerak bo‘ladigan tabiiy va hom-ashyo zahirasini tejashga yordam beradi.
Yeyilgan detallarni qayta tiklashning yana bir afzalligi bo‘lib qayta tiklash vaqtida ularning yeyilishga chidamliligini oshirish mumkinligi hisoblanadi. Ma’lumki, yeyilgan detallarni qayta tiklash, qoida bo‘yicha, yeyilish miqdorini qoplash maqsadida detal yuzasiga turli qatlamni qoplash bilan bog‘liq.
|
|
|
|
|
|
|
Bet
|
|
|
|
|
|
1
|
|
Varoq
|
№ hujjat
|
Imzo
|
Sana
|
Detal yuzasini qatlam bilan qoplashda, bu ish majburiy bo‘lganligi uchun, qatlam materiali sifatida qattiq qotishma va shunga o‘xshash yuqori yeyilishga chidamli xossalarga ega bo‘lgan kompozitsion materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda material va mexanik ishlov berish tannarxi bir oz ortgani bilan, u bu harajatni detalning ishlash muddati ortishi xisobiga bir necha barobar qoplaydi.
Butun dunyoda yeyilgan detallarni qayta tiklashning 30 dan ortiq usullari mavjud. Yeyilgan detallarni qayta tiklashda u yoki bu usulni tanlashda quyidagilar asosiy mezon bo‘lib xisoblanadi: yeyilish miqdori, detalning o‘lchamlari, qizish chegarasi, yeyilgan qismning o‘lchamlari, shakli, chidamlilikning kerakli ortish darajasi, ishlash sharoiti, birikmaning xususiyatlari, korxonaning texnik imkoniyatlari va boshqalar.
Yeyilishga chidamli materiallar bilan qoplama qoplab yangi detallar tayyorlash asosiy metall sifatida ancha arzon po`lat markalaridan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Yeyilgan detallarni geometrik o`lchamlarini qoplama qoplab tiklash tez yeyiladigan detallarni yangilarini tayyorlashga bo`lgan extiyojni qisqartiradi.
Detallarni qayta tiklash usullari ichida flyus ostida avtomatik ravishda qoplama qoplash eng keng tarqalgan usuli bo`lib, bir qator xususiyatlarga ega. Bu usulda ishni uzliksiz va sifatli amalga oshirish mumkin.
Mashinasozlikda yangi va zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. Bularning tannarxi ham shunga yarasha. Kuchli zarb va ishqalanishda ishlaydigan detallar materiali qimmat hisoblanadi. Ular yemirilganda qayta qoplash orqali ishlash muddatini oshirish ancha samarali hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar mavjud mahalliy xomashyo bazasi asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mamlakatimizning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlay olishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
|
|
|
|
|
|
|
Bet
|
|
|
|
|
|
1
|
|
Varoq
|
№ hujjat
|
Imzo
|
Sana
|
Do'stlaringiz bilan baham: |