O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


Nominal yakorga ega bo‘lmagan rejim


Download 255.02 Kb.
bet6/13
Sana11.05.2023
Hajmi255.02 Kb.
#1450796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
aaaaaaaa

Nominal yakorga ega bo‘lmagan rejim
Pul-kredit siyosatining nominal mo‘ljalsiz rejimida markaziy banklar tomonidan aniq bir maqsadli nominal ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha majburiyat olinmaydi. Bunda uzoq muddatli maqsadlar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’ati, yuqori bandlik va inflyatsiyaning past darajasi kabi maqsadlar belgilanib, oraliq mo‘ljallar esa keng jamoatchilikka oshkor etilmaydi.3
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlariga erishishda markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining turli miqdoriy mo‘ljallaridan foydalaniladi.Inflyatsiya darajasi past va kam o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lgan hamda pul-kredit siyosati choralarining natijasi uzoq muddat talab qiladigan mamlakatlarda mazkur rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inflyatsion targetlash rejimi
Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi.
MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan. Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan izohlanadi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning shakllanishiga xizmat qiladi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda makroiqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlariga tezkor moslashuvchanlik imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi.
Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, ushbu rejimga o‘tish va uni samarali amalga oshirish mamlakatda muhim tashkiliy-huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab qiladi. Xususan, past va barqaror inflyatsiya darajasiga erishish vazifasi markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda ham bosh maqsadi bo‘lishi kerak.
Markaziy bank oraliq mo‘ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi o‘zgarishlar prognozi asosida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish yuzasidan majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy o‘sish, pul massasi, ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‘yicha maqsadli mo‘ljallar rasmiy ravishda qabul qilinmaydi.
Inflyatsion targetlash rejimida markaziy bankning foiz stavkasi pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti bo‘lganligi uchun mazkur rejimning natijadorligi mamlakatdagi moliya institutlari va bozorlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Bunda, markaziy bank pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi va dinamikasiga likvidlikni taqdim etish yoki likvidlikni qaytarib olish operatsiyalari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur holatda, markaziy bank tomonidan belgilanadigan inflyatsiya o‘zgarishining oraliq intervali amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy bank tomonidan asosiy e’tibor maqsadli ko‘rsatkichlarning mazkur interval doirasida bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Ushbu parametrlar bajarilmagan holatlarda markaziy bank tomoni dantafovutlarning sabablariga tushuntirish berilishi va keyingi davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar xususida aniq pozitsiya shakllantirilishi lozim.Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanilishining tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator muammoli holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga egaligi hamda ularning markaziy bank nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit siyosati instrumentlarini qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi. Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida aks ettiruvchi narxlar indeksining tanlanishi ham inflyatsion targetlash rejimini qo‘llashning yana bir muhim talablaridan hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI) o‘rniga jahon bozorlaridagi narxlar o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar, mavsumiylik kabi qator omillarni istisno etuvchi indekslardan foydalaniladi. O‘zgartirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy IBI yoki YaIM deflyatori bilan tafovutlarning kelib chiqishi xatarlarini oshiradi.
Inflyatsion targetlash rejimining joriy qilinishi iqtisodiy siyosatni keng ko‘lamda takomillashtirishni talab etadi. Misol uchun, Lotin Amerikasida inflyatsion targetlashning qo‘llanilishi soliq-byudjet siyosatining ham qayta ko‘rib chiqilishini taqozo qilgan. Shuningdek, inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy qilgan mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sifatining yaxshilanishi, markaziy bankning texnik hamda tahliliy-prognozlashtirish imkoniyatlarining oshishi kuzatiladi.4
Inflyatsion targetlashning natijadorligi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosati foiz kanali samaradorligiga bog‘liqligini inobatga olib, xorijiy mamlakatlarda asosiy e’tibor moliya tizimini rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashga qaratilmoqda.


  1. Download 255.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling