O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi turon zarmed universiteti
Download 57.02 Kb.
|
Buyuk ipak yo\'li afsonalari. Xo\'jalik tarmoqlari sohasidagi munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: ____________________________________ Tekshirdi: ________________________________ Buxoro shaxar 2023
- Buyuk ipak yo`liniing paydo bo`lishi va rivojlanishi Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari. Buyuk ipak yo`lining tarixiy axamiyati.
- Adabiyotlar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TURON ZARMED UNIVERSITETI «BUYUK IPAK YO’LI VA JAHON SIVILIZATSIYALAR TARIXI» FANIDAN MAVZU: Buyuk ipak yo'li afsonalari. Xo'jalik tarmoqlari sohasidagi munosabatlar Bajardi: ____________________________________ Tekshirdi: ________________________________ Buxoro shaxar 2023 Buyuk ipak yo'li afsonalari. Xo'jalik tarmoqlari sohasidagi munosabatlar Reja: Kirish Asosiy qism Buyuk ipak yo`liniing paydo bo`lishi va rivojlanishi Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari. Buyuk ipak yo`lining tarixiy axamiyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Mil. av. 3000 yillikka kelib O`rta Osiyoning ko`pgina xududlari qadimgi axoli tomonidan o`zlashtirib bo`lingan edi. Ammo, cho`l va dasht xududlarida o`zlashtirilmagan, xududlar xam mavjud edi. Bu xududlardagi chorvador axoli voxalaridagi o`troq axoli bilan o`zaro aloqalarini bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlaridan ma’lum bo`lishicha buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan ancha ilgariroq qadimgi sharq va o`rta Osiyo xududlarida o`zaro almashinuv yo`llari mavjud edi. Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishda savdo va transsik yo`llarining amxamiyati nixoyatda kattadir. Shunday yo`llardan biri sharq bilan g`arbni bog`lovchi Buyuk Ipak yo`li. Bizning maqsadimiz ushbu yo`lning shakllanish, rivojlanish jarayonlarini, tarmaoqlarini va axamiyatni to`liq yoritib berishdir. 5-mavzudagi bilimlarning egallanganlik darajasini aniqlash uchun tayanch tushunchalar: “lojuvard yo`li”, “shox yo`li”, “Buyuk Ipak yo`li”, jaxondagi geografik kashfiyotlar, YUNESKO dasturi, ipak yo`lining tarmoqlari, karvon savdosi. 1-savol. Bronza davridagi (mil. av. III - II ming yilliklar) ana shunday yo`llardan biri “lojuvard yo`li” deb atalib, uning bir tarmog`i Badaxshon, Bakteriya va Marg`iyona xududlarini Xorazm, Sug`diyona Markaziy Qozog`iston va Ural bilan bog`lagan yana bir tarmog`i esa Baktriya va Marg`iyonani Mesopotamiya bilan bog`langan. Bu yo`l Pomir tog`laridan boshlanib Eron, Old Osiyo, Misr orqali o`tgan. Badaxshon lojuvardining Xind vodisi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaxo toshning qadimgi sharqda nixoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi. Qadimgi yo`llardan yana biri Eron axmoniylarining yo`li bo`lib bu yo`lning bir tarmog`i mil.av. VI-IV- asrlarda kichik Osiyo shaxarlarini xamda O`rta Yer dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaxarlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog`lagan bo`lsa, yana bir tarmog`i Eron, Baqtriya orqali Sug`diyona, Toshkent axolisi va Qozog`iston xududlaridan o`tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlardan bu yo`l “Shox yo`li” deb ataladi. Mil. av. 138-yilda Xitoy imperatori U-Di Chjan Szyanning Osiyo yerlariga jo`natadi. Elchi Chjan Szyan (mil. av. 138-126-yillarida) Xitoyning xumlariga qarshi kurashi uchun itifoqchi izlab kelgan edi. Mil. av. II-I asrlarga kelib Chjan Siyan yurgan yo`llari Xitoyni O`rta va G`arbiy Osiyo bilan bog`laydigan karvon yo`li bo`ladi. Bu yo`l Buyuk Ipak yo`l i deb atalib umumiy uzunligi 12 ming killometrdan iborat edi. Ilk o`rta asrlarga kelib Ipak yo`lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O`z davrida nixoyat katta axamiyatga ega bo`lgan bu yo`lning dastlabki tarmog`i Xitoyning Sian shaxridan boshlashib Sharqiy Turkiston O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Yer denigizigacha cho`zilgan. Buyuk Ipak yo`li –Xitoy, O`rta Osiyo va YAqin Sharq mamlakatlari o`rtasidagi qadimgi savdo yo`li. Bu yo`l orqali qadimgi Xitoydan, Xindiston, O`rta Osiyo va Kichik Osiyoga asosan ipak eksport qilinganligi sababli tarixda u “Ipak yo`li” nomi bilan shuxrat topgan. Buyuk ipak yo`li mil. av. I ming yillikning 2- yarmidan to millodiy 15-asrgacha, ya’ni suv yo`llari qaror topguncha sharqni g`arb bilan bog`lagan asosiy savdo yo`li bo`lib, u Xitoy, Xindiston, O`rta Osiyo, yaqin Sharq xamda O`rta dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishida muxim rol o`ynagan. Buyuk Ipak yo`li Xitoydagi Xuan Xe daryosining o`rta oqimida joylashgan Sian shaxridan boshlanib Lanch jou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda u ikkiga ajralib biri-shimoli – g`arbga, ikkinchisi janubiy–g`arbga yo`nalgan. Shimoliy yo`l Turfon orqali. Tarim voxasiga va bu yerdan Qashqar Davon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi bo`lgan Samarqand va Marg`iyona (Marv)ga yo`nallgan. Janubiy yo`l Xo`tan, Yorkent va Pomir –tizma tog`lari orqali o`tib, Baqtriyaning poytaxti Zariaspa (Balx)ga borgan. Balxda janubiy yo`l ikkiga ajralib biri Xindistonga, ikkinchisi g`arbga yo`nalgan va Marvda shimoliy yo`l bilan tutashgan. Marvda Buyuk Ipak yo`li Parfiyaning poytaxti Niso, Eronning Gekatompil, Apaliya vaEkbatana (Xammadon shaxarlari) orqali Mesopotamiyaga borgan. U yerda Ktesifon va Bog`dod shaxarlaridan o`tib Dajla (Tigr) daryosining o`ng qirg`og`i bo`ylab shimolga yo`nnalagan va Nisbin xamda Antioxiya (Antokiya) shaxarlari orqali Damashqqa borgan. Damashqqdan Tira shaxri bilan Quddusga va Misrga yo`nnalgan. Buyuk Ipak yo`li orqali Xitoydan tashqi savdo uchun ipak, Xitoyga esa xar xir gazlama gilam va paloslar, oyna, metall, zeb zinat buyumlari, qimmatbaxo tosh va dorivlorlar Baqteriya va Dovondan ot va tuyalar olib borilgan. Buyuk Ipak yo`li tufayli Xitoyning O`rta Osiyo YAqin Sharq mamlakatlari bilan savdo va elchilik aloqalari birinchi ikkinchi asrlardayoq kengayib borgan. Xitoydan xar yili katta savdo karvonlari elchichlar bilan g`arb mamlakatariga jo`nadilar va g`arbdan turli tuman mollar, ortilan karvonlar bilan elchilar kelar edi. Garchi Xitoy sayyoxi Gai In 97 yili Fors qo`ltig`iga yetib borgan bo`lsa, Makidoniyalik Gay Titsian 100 yili Lanch - monagacha yetib kelgan. Lekin Buyuk Ipak yo`lining uzoqligi va sermashaqatligi sababli Xitoy G`arb davlatlari bilan bevosita aloqa olib borishi mumkin bo`lmagan. Shuning uchun xam Buyuk Ipak yo`li orqali olib borilgan savdo elchilik aloqalarida osiyoliklar ayniqsa so`g`dlar, baqteriyaliklar va eronliklar vositachilik rolini o`ynaganlar. III-IV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li Xitoydan Xidistonga borib ziyorat qiluvchi budda monaxlari uchun xizmat qildi. X asrlarda Xitoy bilan arab xalifaligi va Vizantiya o`rtasida savdo va elchilik munosabatlarining kengayishi natijasida Buyuk Ipak yo`lining xalqaro axamiyaiti yanada kuchaydi. XIII-XIV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li mo`g`illar imperiyasining chekka o`lkalarini Mo`g`iliston bilan bog`lashda katta rol o`ynadi. XV asrdan boshlab (Buyuk geografik kashfiyotlar) Italiyalik Xristofor Kolumb, Florensiyalik Amerigo Vespuchchi, Portugaliyalik Vasko Da Gama kabi sayohlarning sayohatlari va shuningdek, dengiz orqali suv yo`llarining kengayishi va unda savdo-sotiqning keng yo`lga qo`yilishi natijasida Buyuk ipak yo`lining ahamiyati sekin pasaytirdi. O`tmishga bir nazar tashlasak: Yer yuzasining kattagina qismini egallangan-na siyosiy, na davlat chegaralarini bilmaydigan, qadimda bobolar solgan yo`l Buyuk ipak yo`li va bu yo`lning chinakam buyukligini va mahobatini ko`z o`ngimizda gavdalantirib turadigan va o`z ko`rki-jamolini saqlab kelayotgan qo`rg`onlar, karvonsaroylar, shaharlar namoyondir. O`rta Osiyo Buyuk ipak yo`li chorrahalarida joylashgan bo`lganligi uchun ham bu yo`lning ta’siri va ahamiyati juda katta bo`lgan. Buyuk ipak yo`li orqali dunyo madaniyatining beshigi bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi jug`rofiy va milliy to`siqlardan ustun turadigan chinakam xalqaro muloqotlarga yo`l ochilgan. Bugun jahon madaniyati erishgan cho`qqidan sezayotganligini guvohi bo`lamiz. Demak, shunday ekan yana mavzuning uchi O`rta Osiyo o`tmishiga borib taqaladi. O`rta Osiyo, uning Ko`hna Urganch, Xiva, Buxoro va shu kabi qadimgi shaharlar tuprog`i afsonalar mamlakati ekaniga, go`zal me’moriy obidalari jahon madaniy merosining ajralmas qismi ekaniga amin bu tarixiy shaharlar Buyuk ipak yo`lidagi ko`rki-tarovati, boy o`tmishi bilan benihoyat katta e’tiborni talab etadi. Buyuk ipak yo`li faqat savdo-tijorat yo`ligina bo`lib qolmay, turli xalqlar qatorida O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlarning o`zaro bir-birini boyitishiga kuchli ta’sir ko`rsatgan, shaharlar va shaharsozlikning vujudga kelishiga, xunarmandchilik va madaniy qatlamlarning shakllanishiga bebaho hissa qo`shgan, ijtimoiy jarayonlarni harakatga keltirgan. Masalan: Xitoy chinnisi va ipagining dovrug`i ham shu yo`llar orqali yoyilgan edi (Chinni IV-VI asrda Xitoyda vujudga kelgan va ayniqsa VII-XIII asrlarda chinnisozlik san’ati yuksak darajaga ko`tarilgan). Beruniy Eronda g`oyat mashhur bo`lgan uch xil Xitoy chinnisi haqida ma’lumot bergan. O`rta Osiyodagi oyna tayyorlash texnologiyasi esa 424 yili Xitoyga olib o`tilib, bu o`lkaning turli viloyatlarida oynasozlikning keng taraqqiy etishiga turtki bergan. Xitoydagi nafis qog`oz tayyorlash usullari (qog`oz birinchi martda II asrda Xitoyda Say Dun tomonidan o`simlik tolalarining suvli suspenziyasini sim to`rdan o`tkazib hosil qilingan) Turkistonga ko`chib, bu sohaning Samarqandda ravnaq topishga sabab bo`lgan. Shuningdek, karvon yo`lida joylashgan qadimgi shaharlarda hozirgi kunga qadar saqlanib kelgan tarixiy obidalaryuvropada, Lotin Amerikasida taraqqiyot yo`li uyg`onmagan, hatto inklar madaniyati ham bo`lmagan (inklar II-XIII asrlarda Peruning kechua tillari gruppasiga kiruvchi indeyets qabilalari) ming yillar burun bu yerda madaniyat gullab-yashnaganligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham hanuzgacha bu Buyuk ipak yo`lidagi yodgorliklar jahon jamoatchiligining diqqatini o`ziga jalb qilmoqda. 3 savol. O`rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo`li bilan uzviy bog`liqdir. Xususan, mil.av. II asrdan boshlab Xitoy va O`rta Osiyo viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Farg`ona, So`g`d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo`li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib O`rta Osiyo orqali o`tuvchi ipak yo`li tarmoqlari nazoratini mahalliy so`g`diy aholi qo`lga oldilar. Qo`shni davlatlar xam Ipak yo`lidan manfaatdor bo`lganligi sababli ilk o`rta asrlardan Eron va Vizantiya xukmdorlari so`g`diylar bilan qonli kurashlar olib bordilar. Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg`or madaniyatli davlatlari, asosan to`rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bo`linar edi. G`arbda Britan orollaridan sharqda Tinch okean sohillarigacha cho`zilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi bo`lib “Buyuk ipak yo`li” deb nomlanuvchi yo`l bilan bog`landilar. Ipak yo`li rivojlanib borgan sari podsholarning o`zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg`alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Savdo-sotiq misli ko`rilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan G`arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi ko`plab madaniy o`xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi. Buyuk ipak yo`li bo`ylab ko`plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yo`ldan borayotgan savdogarlar ko`pincha yo`lining oxirigacha bormas edilar. O`rta Osiyo viloyatlari bu yo`lning o`rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda o`z mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarini xarid qilar edilar. O`rta asrlar O`rta Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan ko`plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yo`li ustidagi ko`hna shaharlar va manzilgohlarda arxeologik qazilmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir. Mil. av. II asrda paydo bo`lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat ko`rsatgan Buyuk ipak yo`li shu davr ichida Sharq va G`arb xalqlarining keng miqyosdagi o`zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yo`l orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning o`zaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatlarining boyib borishi tinch va taraqqiyot uchun asos bo`lib, xizmat qildi. O`zbekiston xududlari bu yo`lning chorrahasida joylashgan bo`lib, bu yerga turli malakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va me’morlar tashrif buyurganlar. YUNESKO tomonidan “Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining ishlab chiqilishi Yevroosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy-madaniy faoliyatiga o`rganish uchun yo`nalish bo`ldi. Respublikamiz hududlarida ham bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko`pgina tarixiy-madaniy obidalar o`rganildi, qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o`rganildi. Juda ko`pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan “Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G`arb xalqlari o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo`lni xalqlarning birodarlik, o`zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo`liga aylantirishdan iboratdir. Jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar karvonsaroylar tarixini ipidan-ignasigacha qizg`in muhokama qilishib, bu manzilgohlar Buyuk ipak yo`lining islomga qadar karvonsaroy, so`ng esa rabot deb atalgan shoh bekatlari ekanligini ta’kidlashdi. Ekspeditsiya a’zolari hayratga soluvchi tarixiy obidalarning qadimiyligi, go`zalligi haqida so`z yuritishib, lekin ularning ko`pchiligi ta’mirlashga, yordamga muhtojligiga to`xtalib, mas’uliyatli vazifalar haqida bosh qotirishdi. Buxoro, Xiva va boshqa shaharlardagi tarixiy yodgorliklarni asrab qolish yo`llarini izlash uchun jahonning ilmiy kuchlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, ota-bobolaridan shunday mahobatli obidalar, mo`jizaviy go`zalliklar meros bo`lib qolgan xalq ham ularni gard yuqtirmasdan saqlash uchun jon kuydirishi zarur ekanligini ta’kidlashdi. Jumladan, ekspeditsiyaning ilmiy kotibi Axmad Xasan Doni Oqsaroy haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Jahonda yodgorliklar ko`p. Biroq mening nazarimda ulug`vor Oqsaroy – Muxammad Temur saroyi mahobatini xech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi. U betakror ijod mahsulidir. Bu obidaning hozirgi holati uning ulug`vorligi va ahamiyati aslo kam emas. Men uni hayrat bilan tomosha qilib shunday fikrga keldimki, mutaxassislar Shaxrisabzda yashovchi butun aholi bu yodgorlikka nihoyatda katta e’tibor qaratmoqlari lozim... Agar bu ishlar amalga oshirilsa, butun dunyoda juda ko`plab sayyohlar faqat Oqsaroynigina emas, shaharning san’at va madaniyat tarixiga doir ko`plab monumental yodgorliklarni ham hayratlanib tomosha qilgan bo`lardilar... Shu shahar ahliga, o`zidan keyin mana shunday ulug`vor va muhtasham me’moriy yodgorliklar qoldirgan buyuk insonga ulug` davlat arbobiga va lashkarboshiga ta’zim bajo, ehtiromimni bildiraman”. Xullas, buyuk ipak yo`li va uning karvonsaroylari, tarixi yildan-yilga chuqur izlanishlar natijasida yangi-yangi qirralarini ko`rsatib, kelajak avlodlari uchun ham qimmatli tarixiy yodgorlik bo`lib qoladi. Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo’llarni o’zaro bog’lab bergan buyuk yo’lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o’rtalarida, deb hisoblaydilar, o’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G’arb o’lkalari – Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi. Shuni aytib o’tish lozimki, bu yo’l hech qachon yagona bir yo’l bo’lmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga o’xshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yo’nalishlarni o’z ichiga olgan edi . Masalan, Osiyoni sharqdan g’arbga qarab kesib o’tuvchi asosiy yo’llardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli -g’arbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti bo’ylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali o’tgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib o’tgan karvonlarinng bir qismi Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasi orqali So’g’diyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir q ismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan o’tib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib o’tib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi. Yo’lning yana bir yo’nalishi Tarim shahridan chi qib, TaklaMakon sahrosini janub tarafidan aylanib o’tib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afg’oniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali o’tib, O’rta Yer dengizi bo’yiga yetib kelar edi, mahsulotl arning bir qismi dengiz yo’li bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi. Nomidan ham ma’lum bo’lishicha, karvon yo’llaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho bo’lgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, o’rta asrlarning dastlabki davrida i pak eng qadrli hisob -kitob birligi bo’lib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, So’g’diyonada bir otning narxi o’nta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun to’lov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun to’lash mumkin edi. Ushbu karvon yo’llarini birinchi bo’lib venetsiyalik savdogar Marko Polo «ipak yo’li» deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi bo’lib Xitoy imperiyasinin g chegaralariga yetgan. «Buyuk Ipak yo’li» atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877 yilda o’zining «Xitoy» nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qit’alararo yo’l orqali tashib o’tiladigan asosiy mol bo’lsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol -yarog’lar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun - mo’ynalar, gilamlar-u ipgazlama matolar, zar tikilgan matolar, o’ziga xos antiqa mevalar – tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qo’ylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz -upalarni, choy va guruchni ol ib kelishar edi. Savdogarlarning yo’l to’rvalarida turli -ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va ko’pgina boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak yo’li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma’naviy qadriyatlari, diniy g’oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo’lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo’l harbiy navkarlari VII asrda islom ta’limotini olib kelganlar. Savdogarlar va targ’ibotchilarning o’tkazgan yo’llari bo’ylab mo’g’ula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek o’tgan. Buyuk Ipak yo’lining qoq yuragi bo’lgan Samarqand shahridan o’rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur o’z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo’llaridan asrlar bo’yi allomal ar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi – savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo’lda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo’li bo’ylab yotgan mamlakatlardayashagan xalqlarning tarixini, ularning urf -odatlari va an’analarini bilib oldik. Sharq va G’arbni o’zaro bog’lagan bu beqiyos buyuk yo’lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O’zbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo’lib, ularning me’morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo’lining ko’p asrlik tarixini o’zida mujassam etadi. Jonajon ona- vatanimiz – O’zbekistonda istiqlolning hayotbaxsh shabbodasi esmoqda. Istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimiz tiklanib, urf odatlarimiz hayotga tadbiq etilmoqda.Ollohga beadad shukurlar bo’lsinki, yashab o’tgan ulug’ allomalarimizning hayotlari, ularning asarlari chuqur o’rganilmoqda. Shunday mo’tabar olimlarimizdan mashhurlari Shayhul -islom Burhonuddin Marg’inoniydirlar. Moziydan so’ zlamoq odatimizdir, Tarixni o’ rganmoq xayrli bo’ lur. Insoniy fazilat - azaliy udum, Avlodni avlodga bog’ lagay muqum. Mashvarat yeg’ildi, savobi mo’ldur, Ustozlar ruhini etajakmiz shod. Hazrat Burhonuddun Marg’inoniydur, Sohibi Hidoya dilaga bo’lsin yor. Islom dunyosiga mashhur va ma’lum mutafakkir olim, ulug’ olim Shahul ul-Islom Burhoniddin Marg’iloniyning asl ismi Ali Abul Hasan ibn Abdujalil al-Marg’iloniy al-Farg’oniy hazratlaridurlar. Ma’lumoylarga ko’ra BuBurhoniddin Marg’iloniy XII asrning 551 hijriy sanasida 12 rajab oyida ya’ni 1133 yilda Roshidan qishlog’ida tavallud topgan. Biz ushbu maqolani yozishga kirishishdan oldin tariximizni chuqur o’rganish, olimlar, din arboblari bilan suhbatlar o’tkazishga sayi- harakatlar qildik. Bu borada bizga Toshkent huquqshunoslik oligohi olimlari yosh, kelajagi porloq tadqiqotchilari har tomonlama ko’maklarini ayamaydilar. Zero, bu oligohda ulug’ bobo kalomimiz asrlari chuqur o’rganilib, 12 ta mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yosh olim Abrorjon Berdiyevning ma’lumot nomasida shunday mazmun bor; Shayh Al- Lahnaviy o’zining mashhur asarlaridan birida quydagi fikrlarni bayon etgan; Al-Marg’inoniy mashhur Fiqh, muhandis mufassir ilmu fanning turli sohalari bo’yicha yirik olim va shu bilan birga shoir, adib hamda mukarram axloq sohibi edi. Oila a’zolari ham ilmu fan bilan shug’ullanib mashhur bo’lganlar. Ul mukarram zodning farzandlar Jaloliddin va Abdujalil o’z padari buzrukvorlat ishlarini davom ettirganlar. Nabiralaridan Islomiddin Ibn Abdumalik ilmidagi zo’r salohiyati bilan Sohibqiron Amir Temur iltifotiga sazovor bo’lgan. Mirzo Ulug’bekka sadoqat bilan hizmat qilib, Shayhul Islom nomiga musharraf bo’lgan. Yana bir mambada aytilishicha, mashhur tarixchi Alavuddun ota Malik Juvayniy o’zining “Taixi -jahon quyoshi” ( Jahongir Chingizxon tarixi) asarida marg’ilonlik vazir Bahouddin Marg’inoniy Farg’ona Shayhul Islomning o’g’li bo’lib, ona tomonidan Qoraxoniylarga borib taqaladi. Bahouddin Marg ’inoniy avlodlari Farg’onadan yuksak e’tiborli kishilardan bo’lganlar. Bahouddin mashhur islom fiqhralaridan bir “ Fidoya Fil – Furu” (shariat sohalariga qo’llanma) asari muallifi Shayh Xo’ja Burhoniddin Marg’inoniy avlodi bo’lsa ajab emas. Chunki Xo’ja B urhoniddin Marg’inoniy avlodlariga har bir hukumdor saroyida juda katta hurmat va e’tibor bilan qaralgan edi. Shuning uchun ham ular bilan qarindosh va hamkor bo’lishni saltanat sohiblari o’zlari uchun sharaf deb bilaganlar. Ysun Munke ham shularni nazard a tutib. Bahouddin Marg’inoniy vazirlik mansabiga tayinlangan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Xitoy uzoq yillar davomida xunlarning hujumidan aziyat chekib kelganlar. Buning yaqqol misoli tariqasida TSin SHi Xundi tomonidan Buyuk Xitoy devorini barpo etilishini ko`rishimiz mumkin. Asirga olingan xunlarni so`roq qilish natijasida , ular tomonidan yueji qabilalarini engilganligini eshitgan, imperator Vu Di ular bilan aloqa bog’lash va ittifoq tuzib xunlarga qarshi kurashishda foydalanmoqsi bo`ladi. Ularga elchi sifatida o`g’li CHjan TSzyanni jo`natadi. Ketayotib yo`lda asirga tushgan elchi 10 yildan so`ng qochishga va Kushon podsholari xuzuriga etib borishga musharraf biladi. Biroq qaytishda u yana xunlarga asir tushadi va 13 yil davomida tutqunlikda kun kechiradi. Oxir oqibat u yana asirlikdan qochishga musharraf bo`ladi va otasi saroyiga borib ko`rganlarini hikoya qilib qilib beradi. Imperatorni ko`proq samoviy otlar qiziqtirib qoladi. Farg’ona vodiysining samoviy otlari tabiiy ravishda Xitoy imperatorini o`zga jalb qiladi. Xitoyliklarni ot sotib olish niyati amalga oshmagach imperator Vu Di katta qo`shin bilan yo`lga chiqadi. Qo`qon shahrini qamal qilib, otlarni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgach, o`z davlati xududini yanada kengaytirishga xarakat qiladi. Uning harbiy xarakatlarining samarasi o`laroq ipak yo`lining asosiy xo`jayinlaridan biriga aylandi. CHunki, buyuk ipak yo`li nafaqat ipak shu bilan bir qatorda qurol sotish orqali ham katta daromad keltirardi. Bu yo`lga e`tiborning katta bo`lganligini shundan ko`rish mumkinki, Xitoydan boshlanadigan ikki tarmoqqa ham komendantlar tayinlanib, ular doimo qo`ni mamlakatlardagi ahvol haqida imperatorni habardor qilib turishgan. Buyuk ipak yo`li orqali savdo aloqalari I-II asrlarda ya`ni imperator Vu Di va Parfiya shohi o`rtasidagi do`stona munosabatlar natijasida rivojlandi. Parfiyaliklar Xitoy ipagini katta miqdorda olishar va uni Evropaga sotish orqali katta foyda ko`rishardi. Aynan rimliklar ham Xitoy ipagini parfiyaliklardan bilishgan. Bu voqiea ya`ni ipak bilan tanishuv rimliklarga juda qimmatga tushgan, bir so`z bilan aytganda Mark Krassning mag’lubiyatga uchrashiga olib kelgan omillardan biri bo`lgan. 6 Xitoylik budda monaxlarining Xindistonga va qayta Xitoyga safarlaoi III-IV asrlarda bu yo`lni “ziyoratchilar” yo`liga aylantirdi. Aynan shu davrlarda Buyuk ipak yo`li xalqaro tranzit savdo yo`liga aylandi. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra mil.av. IV-III asrlarda savdo yo`lari bo`ylarida so`g’diylarning manzilgohlari paydo bo`la boshlaydi. Ularning manzilgoxlari asosan SHarqiy Turkiston, Ettisuv va Mo`g’iliston xududlarida joylashgan edi. Bu manzilgohlarda yirik savdo operatsiyalari amalga oshirilgan bo`lib, uning gullab yashnagan davri VI-IX asrlarga to`g’ri keladi. Bu manzilgohlar mustaqil bo`lib, mustahkam qo`rg’on va qurollangan harbiy guruhlariga ega bo`lganlar. Bu xolatni ular tomonidan zarb etilgan kumush tangalar ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari Buyuk Ipak yo`lining ikki asosiy tarmog’i ham so`g’d erlaridan o`tganligi ularning savdo aloqalarida muhim o`rin tutishlariga imkoniyat yaratib bergan. Buyuk Ipak yo`lining tarmoqlari va undagi faol savdo tarixiy vaziyatga qarab o`zgarib turgan. Aleksandr Makedonskiy tomonidan O`rta Osiyoni bosib olinishi xalqaro savdoni o`sishiga xizmat qilgan. To`g’ri bu paytda hali Buyuk Ipak yo`li xali faoliyat ko`rsatmas edi. Lekin g’arb bilan savdoning Salavkiylar davrida rivojlanishi keyinchalik qayta tiklanishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Savdoning rivojlanishida suv yo`li sifatida Sirdaryo va Amudaryodan ham keng foydalanilgan. Savdoning taraqqiy etishi o`z navbatida yangi va boy shaharlarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bunday shaharlar sirasiga Poykend, Varaxsha, Ramish kabilarni kiritib o`tish mumkin. Sug’diyona orqali karvon yo`laridagi savdo Parfiya podsholigi davrida ancha taraqqiy etadi. eronda Sosoniylar xukmronligining boshlanishi va ularning savdo yo`larini nazorat qilishga intilishlari, ya`ni, o`zlari xoxlagan karvonni mamlakatga kiritishlari yoki kiritmaslikka intilishlari natijasida bu davlat hududini aylanib o`tuvchi yangi yangi tarmoqlarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Aksari savdogarlar butun karvon yo`lini bosib o`tishni istamaganlar shu boisdan ular yirik shaharlarda asosan, CHoch, Samarqand, Buxoroda mol ayriboshlashni amlga oshirishni ma`qul ko`rganlar. Bu xolat bilan asosan Xitoy savdogarlari shug’ullanishgan. Ular yuqorida nomlari eslatib o`tilgan shaharlarda o`z mahsulotlarini ayriboshlab o`zlari uchun kerakli bo`lgan mahsulotlarni olib yurtlariga qaytishgan. Xitoy savdogarlari O`rta Osiyoning boshqa ichki shaharlariga borishmagan. Ular uchun o`rtakashlik vazifasini erlik savdogarlar bajarishgan. Mil.av. I asrda har yo’lida bir marotaba savdogarlar uchrashuvi bo`lib o`tgan. Bundan maqsad, Parfiya hukmdorlari imkon darajasida katta daromad keladigan savdoni o`z nazoratlari ostida ushlab turishga xarakat qilishgan, ya`ni, chet ellik savdogarlarni iloji boricha mamlakat ichkarisiga kiritmaslikka urinishgan. CHunki, savdo yo`lini nazorat ostida ushlab turish hukmdorlarga doimiy daromad manbai bo`lib xizmat qilgan. Buyuk ipak yo`li nafaqat ijtimoiy hayotgagina emas joy nomlariga ham o`z tasirini ko`rsatgan. M: Xozirda ham Hindistonda rus tilida so`zlashuvchi savdo shahobchalari faoliyat ko`rsatadi. Moskadagi Arbat ko`chasi rabot ya`ni, sharqdan kelgan sadogarlarining manzilgohi nomidan kelib chiqqan. XULOSA: Buyuk ipak yo`li tug`risida fikr yuritar ekanmiz, bu qadimiy yo`lning necha asrlar davomida ne-ne mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga bog`lash, aloqalarini mustah-kamlashdagi mislsiz xizmatini aloxida ta`kidlab o`tish joiz bo`ladi. Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g`arbga tomon minglarcha kilometr masofaga cho`zilgan ( 12 ming km.), Sharq bilan g`arbni tutashtirgan. Bu noyob savdo yo`li ulug` ajdodlarimiz sa`y-harakatlari samarasi o`laroq umumbashariyat tarixiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Ayniqsa, bu yo`lning Vatanimiz sarhadlaridan o`tganligi uning tarixiy taqdirida, iqtisodiy-madaniy yuksalishida hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va xamjihatlikda katta ijobiy rol o`ynagan. Adabiyotlar. 1.Karmov I.A. Savdo yo`lidan ipak yo`lini tiklash sari. Asarlar, 2. Jild, T.”O`zbekiston”, 1996 yil 2. Sulaymonova F. Sharq va G`arb. T.”O`zbekiston”, 1997 yil. 3.Ratkevich V.A. Velikiy, Shedkoviy put. M.M. 1990 yil. 4.Ipak yo`li afsonalari . T. “Fan” 1993 yil. 5.Formirovaniye i razvitiy trass Velikogo Shelkovogo Puti v sentrlnoy Azii v Dvernosti i srednevekov. Tezisы dokladov Samarqand, 1990 yil. 6. Buyuk ipak yo`lidagi Markaziy Osiyo shaxarlari. Ma’ruzalar bayoni. Samarqand 1994 yil. Download 57.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling