O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Ishlab chiqarish korxonalarida shamollatish tizimining o‘rni
Download 171.71 Kb.
|
kurs loyiha (7) (2)
1.2. Ishlab chiqarish korxonalarida shamollatish tizimining o‘rni.
Ishlab chiqarish binolarini normadagi ob-havo va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlashda, ish jarayonida zararli va zaharli moddalar miqdorining chegaralangan darajada bo‘lishida, mehnat unumdorligi va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish muhim ahamiyatga ega. Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan o‘ta qizigan, yoki sovigan havo toza, sovutilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan to‘xtovsiz almashtiriladi. Ishlab chiqarish binolarida havo toza bo‘lishi uchun, avvalo, ishlayotgan apparat-uskunalar germetik bo‘lishi, yopiq holdagi jihozlardan foydalanish, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqargan joylari berk bo‘lishi, shuningdek, changli materiallarni namlash va boshqa choralarni qo‘llash talab etiladi. 1-jadval Ishlab chiqarish muhitidagi zaharli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD)
Binolarni shamollatish 2 usulda: tabiiy va sun’iy (mexanik) amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatish tashqaridagi va bino ichidagi havo haroratining farqiga qarab sodir bo‘ladi. Sun’iy shamollatish mexanik qurilmalar - shamollatgichlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalari havo oqimining yo‘nalishiga qarab uzatuvchi yoki so‘ruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Uzatuvchi shamollatishda toza havo tashqaridan binoning butun qismiga uzatilib taqsimlanadi, ifloslangan havo esa eshik, deraza va boshqa joylardan siqib chiqariladi. So‘ruvchi shamollatishda moslama bino ichidagi ifloslangan yoki o ‘ta qizigan havoni so‘rib, eshik, deraza va boshqa joylardan toza havo kiritilishiga asoslangan. Xonalarni shamollatish GOST 12.026- 84 talablariga asosan amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatishda tartibli va tartibsiz havo almashinishi sodir bo‘ladi. Bunda tartibsiz havo almashinishi binodagi issiq havo bilan tashqaridagi sovuq havoning solishtirma og‘irligi farqiga va havosining bosimiga asosan amalga oshiriladi. Tartibli va boshqariladigan tabiiy shamollatish - aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo‘lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qoilaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari orqali yo‘qotiladi. Tartibli havo almashtirishning foydali tomoni shundaki, ko‘p hajmdagi havo past bosimda binoga shamollatgich va qurilmalardan mustasno uzatiladi. Bunday usulda shamollatishning kamchiligi uzatiladigan havo tozalanmasdan, qizdirilmasdan binoga uzatiladi, ifloslangan havo ham tozalanmaydi, natijada tashqi atmosfera havosini yanada ifloslantiradi. Binodagi havo almashinishi ma’lum miqdorda bo‘lishi uchun devor, deraza, yoyma darchalar ko‘p yoki kamroq ochilib, shamol yo‘nalishiga qarab boshqariladi. Shamol bosimidan foydalanish va issiqlik bosimini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. Qish vaqtida binodagi va tashqi havo haroratidagi farq katta bo‘lganligidan, binodagi havoni almashtirish kamroq talab qilinadi. Shuning uchun havo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 m balandlikda o‘rnatiladi. Yoz faslida esa havo oqimi 1,5-2 m balandlikdan yuborilsa, yetarli hisoblanadi. Aeratsiya usuli qish vaqtida faqat ko‘proq issiqlik ajralib chiqaradigan ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladi. Bunda ortiqcha issiqlik miqdori xonaning isitilishi talab qiladigan issiqlik miqdoridan 4-5 marta ko‘p bo‘lgan sexlarda ishlatilishi mumkin. Odatda, aeratsiya usullaridan mexanik shamollatish bilan birgalikda foydalaniladi. Sun’iy shamollatish mahalliy va umumiy shamollatish turlariga bo‘linadi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli mahsulot ajralib chiqadigan joyning o‘zidan yo‘qotilib, moddalarning bino ichidagi taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahalliy shamollatishga laboratoriya shkaflari, havo dushlari, yonlama suruvchilar va boshqalar ishlatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida qizdirish jarayonlari bo‘lmaganda zaharli moddalaming yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) 100 mg/ mi va undan ortiq bo‘lganda so‘rish tezligi 0,3-0,7 m/sek talab etiladi. Zararli va zaharli moddalaming YQOD 100 mg/mi dan kam va qizdirish jarayonlari mavjud bo‘lganda, havoning so‘rish tezligini 0,7-1,5 m/sek dan 3-5 m/sek gacha oshirish mumkin. Havo dushi 15-25°C gacha qizdirilgan va issiqlik ko‘p ajralib chiqadigan joyiarda ishlayotganlarga 2-4 m/sek tezlik bilan yuboriladigan havo oqimi yuboriladi. Mahalliy shamollatish yordamida ajralib chiqayotgan zararli moddalar yo‘qotilgach, normal sanitariya sharoitlariga umumiy shamollatish yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun ifloslangan toza havo bilan almashtiriladi va aralashtiriladi. Sanitariya normalariga asosan issiqlik, bug‘, gaz ajralib chiqmaydigan binolarda har bir ishlovchiga havo almashtirish 20 mi/sek, deraza va darchalari bo‘lmagan binolarda esa 40 mi/sek dan kam bo‘lmasligi kerak. Almashtirilishi zarur bo‘lgan havo miqdori binodagi ajralib chiqayotgan issiqlikka, namlikka, zararli moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Download 171.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling